Sayyidqosimov Sayyidjabbor Sayyidqosim ug‘lining 
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Polimetalli konlarni er osti usulida qazib olishdagi tog‘ jinslari massivida sodir bo‘ladigan geomexanik jarayonlarni marksheyderlik moritoringini kon-geometrik asoslari», 04.00.09 – Marksheyderiya, 04.00.17 – Konchilikda fizik jarayonlar (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.DSc/T368.
Ilmiy maslahatchi: Raimjanov Baxodirjan, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti «MISiS»ning Olmaliq shahridagi filiali huzuridagi DSc.22/30.12.2019.T.98.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Nurpeisova Marjan Baysanovna, texnika fanlari doktori, professor; Gusev Vladimir Nikolaevich, texnika fanlari doktori, professor; Tal`gamer Boris Leonidovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat konchilik instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: xilma-xil kon-texnik sharoitlarda tog‘ jinslari massivining holati va xossalarini ko‘p faktorli geometrizatsiyalash negizida geomexanik jarayonlarni marksheyderlik monitoringini nazariy asoslash va amaliy joriy etish yo‘li bilan polimetall konlarni er osti usulida qazib olishni samaradorligi va xavfsizligini oshirish usullarini ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
polimetall konlarning rudali maydonlari har tomonlama siqilish natijasida shakllangan bo‘lib, xilma-xil darajali (II-IV) blokli tuzilmalardan iborat va 3000 ShG‘ va 1200 JSh yo‘nalishlarda tektonik kuchlar ta’sirida, 10 MPa dan 30 MPa gacha bo‘lgan maksimal gorizontal kuchlanishga ega ekanligi asoslangan; 
polimetalli konlarning rudali va tog‘ jinsli massivlarida uchta intensiv tektonik darzliklar tizimi mavjud bo‘lib, ular kon massivi tuzilmasida xilma xillikni avvaldan tashkil etishi va tog‘ jinslari xossalarining anizatropiyasini belgilab berishi asoslangan;
polimetall konlar tog‘ jinslarining mustahkamlik va deformatsion xossalari o‘zgaruvchan tavsifga ega bo‘lib, ularda yastanish yo‘nalishi bo‘ylab mo‘rtlik ko‘proq uchrashi va siqilish ta’siridan ko‘ra uzilib qulashi oson kechishi isbotlangan;
er ka’ridagi foydali qazilma koni shakli, xolati va xossalarining fazoviy joylashuv konuniyatini tasvirlash yo‘li bilan tog‘ jinslari massivida sodir bo‘ladigan geomexanik jarayonlarni geometrizatsiyalash va kon to‘g‘risidagi ishonchli informatsiya negizida konchilik korxonalarining faoliyatini raqamlashtirish mumkinligi aniqlangan;
tog‘ jinslari massivi geomexanik ko‘rsatkichlarining ma’lumotlar bazasini yaratish va ularni boshqarishning prinsipial yangi tizimi ishlab chiqilgan bo‘lib, u o‘lchash natijalari, kuzatishlar, analitik hisoblar, umumlashtirilgan matematik ishlab chiqish, raqamlashtirish, tasvirlash va foydalanish jarayonlarini geoinformatsion tizimlar (GAT) prinsipida avtomatlashtirish orqali yig‘ish va baholashni jadallashtirish ishlab chiqilgan;
istiqbolda «aqlli» konchilik korxonalarini yaratishga xizmat qiladigan instrument sifatidagi marksheyderlik monitoringi usul 
va modellarini rivojiga xizmat qiladigan polimetall konlarini er osti usulida qazib olishdagi tog‘ jinslari massivida sodir bo‘ladigan geomexanik jarayonlarni tizimli dinamik modellashtirish negizida tayyorlash, qazib olish lahimlari va kondagi kameralarda qoldirilgan rudali seliklarni qazib chiqarishdagi tog‘ jinslari ustuvorligini prognozlashning avtomatlashtiririlgan yangi mexanizmi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Polimetalli konlarni er osti usulida qazib olishdagi tog‘ jinslari massivida sodir bo‘ladigan geomexanik jarayonlarni marksheyderlik monitoringining kon-geometrik asoslari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ishlab chiqilgan metodik ko‘rsatmalar, me’yoriy hujjatlar va tavsiyalar «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» DK Zarmitan oltin rudali konlar zonasidagi qator rudniklarda konchilik ishlarini bexatar olib borishni joriy va istiqbolli rejalashtirish, polimetall konlarni o‘zlashtirish, konchilik korxonalarini loyihalash, qurish, rekonsruksiya qilishda joriy etilgan («Navoiy kon-metallurgiya kombinati» DKning 2020 yil 13 oktyabrdagi 02-05-05/10732-son ma’lumotnomasi). Natijada, konchilik ishlarini loyihalashning informatsion ta’minoti yaxshilandi va loyihaviy echimlarning ta’minlash imkonini bergan;
oltin rudali konlar zonasidagi er osti rudniklarida konchilik ishlarini samarali rejalashtirish va bexatar olib borish hamda ularni marksheydrlik ta’minlash usullari «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» DK Zarmitan konida amaliyotga joriy etilgan («Navoiy kon-metallurgiya kombinati» DKning 2020 yil 13 oktyabrdagi 02-05-05/10732-son ma’lumotnomasi). Natijada, konchilik ishlarini rejalashtirish sharoitlari yaxshilandi va ularni bexatar olib borish ta’minlandi, marksheyderlik xizmati takomillashtirish imkonini bergan;
geoaxborot tizimlarni  qo‘llash bo‘yicha tizimli yondashishga oid ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalar «Marksheyderiyada geoinformatsion tizimlar» nomli darsligi (6.10.2020 y., 522-222-son guvohnomasi), marksheyderlik planlar va marksheyderlik tasvirga olish ishlari haqida tushunchalarga ega bo‘lish, ularda ishlatiladigan asboblar to‘g‘risida umumiy ma’lumotlar «Kon geometriyasi» o‘quv qo‘llanmasi (6.10.2020 y., 522-218-son guvohnomasi) mazmunida singdirilgan. Natijada konchilik sohasida marksheyderlik ishida geoaxborot tizimlarni  qo‘llay oladigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish