Eshonxodjaev Otabek Djuraevichning
doktorlik dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Traxeyaning chandiqli torayishi bilan bemorlarning jarrohlik davolash va reabilitatsiyasiga mul`timodal yondashuv», 14.00.27 – Xirurgiya (tibbiyot fanlari).
Talabgorning ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat olib borishga layoqati bo‘yicha test sinovidan o‘tgani haqida ma’lumot: /tibbiyot fanlari nomzodi/.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 30.09.2014/B2014.3-4.Tib277.
Ilmiy maslahatchi: Nazirov Feruz Gafurovich tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya markazi va Toshkent tibbiyot akademiyasi, 14.07.2016.Tib.20.01.
Rasmiy opponentlar: Parshin Vladimir Dmitrievich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Akilov Xabibulla Ataullaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Xakimov Murad Shavkatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: N.I.Pirogov nomidagi milliy tibbiy xirurgiya markazi (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi.
Kompleks xirurgik davolash va reabilitatsiyasiga differensial yondashish orqali traxeya chandiqli stenozi (TChS) bilan org‘igan bemorlarni davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Dissertatsiyaning ilmiy yangiligi.
stenoz lokalizatsiyasi va ko‘lami bemorning yoshi, stenozning shakllanish muddati hamda patologiya rivojlanishining etiopatogenetik omillariga bog‘liqligi aniqlangan;
bo‘shliq ichi va ochiq xirurgik jarayonlarda yuqori texnologiyali zamonaviy usullar yordamida davolashning bevosita va uzoq muddatli natijalari o‘rganilgan;
traxeyaga stent qo‘yish operatsiyasi jarayonini engillashtirish, operatsiyaning shikastliligi va operatsiyadan keyingi asoratlar yuzaga kelish xavfini minimal darajagacha kamaytirish maqsadida universal uskuna ishlab chiqilgan;
traxeya-hiqildoq stenozi, mul`tifokal va keng ko‘lamli TChSni davolashda T-simon endoprotezda bo‘shliq hosil qiluvchi ikki bosqichli traxeya plastikasi amaliyotining samaradorligi aniqlangan;
laringotraxeostomiyadan keyin yuzaga keluvchi traxeya va bo‘yin yumshoq to‘qimasining turg‘un hamda katta o‘lchamli nuqsonlarini bartaraf etishning plastik usullari takomillashtirilgan;
keng ko‘lamli TChSni xirurgik davolashda yondosh patologiyasi bo‘lmagan bemorlarni davolashning birlamchi bosqichi hamda avvallari davolangan, ammo traxeyaning torayishi qaytalangan bemorlarda keng o‘lchamli rezeksiya bajarish imkoniyati aniqlangan;
TChS bilan og‘rigan bemorlarni xirurgik davolash va reabilitatsiya jarayonida differensiatsiyalangan va mul`tidissiplinar yondashuvni qo‘llash ilmiy asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tadqiqot bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida «TChSni tashxislash va davolash algoritmi va kompleks xirurgik taktikasi» uslubiy tavsiyalari umumamaliyot shifokorlari, torakal xirurglar, endoskopistlar va otolaringologlar uchun ishlab chiqilgan va amaliy ishiga tadbiq etilgan. «Traxeyaga stent o‘rnatish o‘chun moslama» operatsiya o‘tkazish jarayonida shikastlanish darajasini pasaytiradigan va operatsiyadan keyin asoratlar xavfini kamaytiradigan universal uskuna ishlab chiqilgan va sog‘liqni saqlash tizimi amaliyotiga, jumladan, Akademik Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya markazi, Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazining endoskopik va torakal xirurgiya bo‘limlari hamda Toshkent tibbiyot akademiyasining 3-klinikasi qoshidagi LOR kasalliklari bo‘limi klinik faoliyatiga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2016 yil 5 maydagi 8n-d/33-son xulosasi). Tadqiqot natijalariga ko‘ra uzoq muddatli davolash jarayonida 83,7% bemorda yaxshi natijalarga erishildi, murrakab va radikal xirurgik usullarni keng qo‘llash orqali 60% bemorlarda rekonstruktiv amaliyotlar amalga oshirildi va natijada hayotga xavf soluvchi asoratlar soni, traxeokanyulyarlar dekanyulyasiya hamda nogirolik darajasi kamayishi kuzatilgan.