Sapaev Frunza Adomboevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «p-holatida o‘rinbosarlari bo‘lgan benzoy kislota natriyli tuzlarini xlorsirka kislota hosilalari bilan reaksiyalari», 02.00.03 – Organik kimyo (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.PhD/K116.
Ilmiy rahbar: Tojimuhamedov Habibulla Sayfullaevich, kimyo fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.K.01.03.
Rasmiy opponentlar: Maxsumov Abdulhamid Gofurovich, kimyo fanlari doktori, professor; Matchanov Alimchon Davletboevich, kimyo fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent farmatsevtika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: benzoy va p-almashgan benzoy kislotalar natriyli tuzlarining xlorsirka kislota efirlari va amidi bilan reaksiyalari hamda olingan birikmalarning fizik-kimyoviy xossalarini va tuzilishini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor benzoy, p-amino-, p-brom- va p-nitrobenzoy kislotalar natriyli tuzlarining xlorsirka kislotasi efirlari bilan reaksiyalari amalga oshirilgan hamda jarayonning borishiga ta’sir etuvchi omillar aniqlangan;
ilk bor benzoy, p-amino-, p-brom- va p-nitrobenzoy kislotalar natriyli tuzlarining xlorsirka kislotasining amidi bilan reaksiyasi natijasida tarkibida murakkab efir va amid guruhi tutgan birikmalar hosil bo‘lishi aniqlangan;
benzoy, p-amino-, p-brom va p-nitrobenzoy kislotalar natriyli tuzlarining xlorsirka kislotalari hosilalari bilan reaksiyaga kirishishining bir-biridan farq qilishi aniqlangan;
xlorsirka kislotasining efirlari va amidining reaksion qobiliyatlari solishtirilgan va ularning reaksiyaga kirishish qobiliyati bo‘yicha ketma ketlik aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Turli funksional guruhlar tutgan aromatik karbon kislotalar efirlarining sintezi jarayonida olingan ilmiy natijalar asosida:
olingan yangi birikmalardan 2-amino-2-oksietil 4-brombenzoat, 2-amino-2-oksietil 4-nitrobenzoat va 2-amino-2-oksietil 4-aminobenzoatlarning rentgen tuzilish tahlil natijalari Kembrij markaziy kristallografik ma’lumotlar bazasiga kiritilgan (Crystallography Open Database, https:/www.crystallography.net, CCDC 2041177, 2041176, 2041174,). Natijada, bazaga kiritilgan yangi o‘xshash moddalarni sintez qilishda foydalanish imkonini bergan;
p-aminobenzoy kislotasining natriyli tuzi asosida sintez qilingan 2-butoksi-2-oksietil-4-aminobenzoat va 2-benziloksi-2-oksietil-4-aminobenzoatlar “Muborak gazni qayta ishlash zavodi”da metall konstrusiya va qurilmalarda korroziya jarayoniga qarshi ingibitor sifatida joriy etilgan (“Muborak gazni qayta ishlash zavodi”ning 2020 yil 30 iyundagi 821/GK-06-son ma’lumotnomasi). Natijada, metall korroziyasini keltirib chiqaruvchi bakteriyalarning rivojlanishini kamaytirishda foydalaniladigan ingibitorlar ishlab chiqarish imkonini bergan;
almashingan aromatik karbon kislotalar murakkab efirlarining sintez usullaridan FZ-2017102476 raqamli “Izomer aminofenollarning xloratsetillash reaksiyalarini o‘rganish va xloratsetil mahsulotlar asosida biologik faol moddalar sintez qilish” mavzusidagi loyihada almashingan benzoy kislotalar va almashingan sirka kislota hosilalarining murakkab efirlari sintezi jarayonida foydalanilgan ( Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi 2020 yil 29 iyundagi 89-03-8319-son ma’lumotnomasi). Natijada, grammusbat va grammanfiy bakteriyalarga qarshi yuqori bakterisidlik xossaga ega bo‘lgan murakkab efirlarni olish imkonini bergan.