Irisov Ortiqali To‘laevichning
doktorlik dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «O‘pka operatsiyalaridan keyingi erta plevra ichi asoratlarini tashxislash, xirurgik davolash taktikasi va oldini olishning zamonaviy aspektlari», 14.00.27 – Xirurgiya (tibbiyot fanlari).
Talabgorning ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat olib borishga layoqati bo‘yicha test sinovidan o‘tgani haqida ma’lumot: /tibbiyot fanlari nomzodi/.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 30.09.2014/B2014.5.Tib475.
Ilmiy maslahatchi: Nazirov Feruz Gafurovich tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya markazi va Toshkent tibbiyot akademiyasi, 14.07.2016.Tib.20.01.
Rasmiy opponentlar:Levchenko Evgeniy Vladimirovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Xodjibekov Marat Xudaykulovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Xashimov Shuxrat Xurshidovich tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: I.M.Sechenov nomidagi Birinchi Moskva davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi.
o‘pka va ko‘ks oralig‘i a’zolaridagi operatsiyalardan keyingi erta plevra ichi asoratlarining diagnostikasi va xirurgik davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Dissertatsiyaning ilmiy yangiligi.
o‘pka va ko‘ks oralig‘i a’zolarida bajarilgan operatsiyalardan keyingi plevra ichi asoratlari oldini olish va davolashning turli usullarining samaradorligi aniqlangan;
ilk marotaba plevra ichi asoratlariga olib keluvchi omillarning kasallik etiologiyasi va o‘tkazilgan operatsiyaga bog‘liq holda davolash-profilaktik va xirurgik taktika uslublarini takomillashtirish imkonini berishi isbotlangan;
davolash profilaktika chora-tadbirlar majmuasida intraoperatsion qon to‘xtatuvchi va respirator davolashning zamonaviy texnologiyalarini qo‘llash, shuningdek, operatsiyadan keyingi reabilitatsiyaning individual dasturiga amal qilish operatsiyadan keyingi gemorragik va yiringli septik asoratlarni uchrashini kamaytirishi (P<0,001) aniqlangan;
plevra ichi asoratlari kelib chiqqanda aktiv xirurgik taktika va zamonaviy kam invaziv endovizual texnologiyalarni qo‘llash maqsadga muvofiqligi isbotlangan;
ilk bora eksperimental va morfologik tekshiruv natijalari asosida ko‘krak qafasi xirurgiyasida parenximatoz qon ketishini to‘xtatuvchi vosita sifatida O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan yangi kollagen plenka – «Glilagin»ning samaradorligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘tkazilgan tadqikotlar asosida operatsiyadan keyingi erta plevra ichiga qon ketish yoki qon ivib qotib qolishida xirurgik davolash taktikasini tanlash algoritmi, operatsiyadan keyingi o‘tkir plevra empiemasini xirurgik davolash taktikasini tanlash algoritmi va operatsiyadan keyingi xilotoraksni tashxislash va davolash taktikasini tanlash dasturi ishlab chikilgan. Taklif qilingan uslublar amaliy sog‘liqni saqlash tizimiga, shu qatorda «Akademik V.Voxidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xururgiya markazi» aksiyadorlar jamiyati faoliyatiga, Andijon va Namangan viloyatlari ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlari klinik faoliyatiga tadbiq etilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 7 aprel` 2016 yilgi №8n-d/23 ma’lumotnomasi). Olingan natijalar plevra ichi asoratlarini diagnostika va xirurgik davolash natijalarini 54,8% dan 76,9% gacha yaxshilash, operatsiyadan keyingi asoratlar uchrashini va o‘lim darajasini 17,7% dan 11,5% gacha pasaytirish imkonini berdi.