Saidov Akbar Ahadovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bolalarda chakka-pastki jag‘ bo‘g‘imi patologiyalari rivojlanishida metalloproteinazalar va biriktiruvchi to‘qima markyorlarining ahamiyati», 14.00.21 – Stomatologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam B2019.2. DSc/Tib254.
Ilmiy maslaxatchi: G‘afforov Sunnatullo Amrulloevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti va Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutida bajarilgan.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc/PhD.04/30.12.2019.Tib.93.01.
Rasmiy opponentlar: Murtazaev Saidmurodxon Saidaloevich, tibbiyot fanlari doktori, Bulicheva Elena Anatol`evna tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qozog‘iston milliy tibbiyot universiteti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Tish-jag‘ anomaliya va deformatsiyalari bo‘lgan bolalarda tashxislash va davolashga kompleks yondashish prinsiplarini asoslash va ularni korreksiyalashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
6-18 yoshli bolalarda tish-jag‘ anomaliya va deformatsiyalari, ular oqibatida chakka-pastki jag‘ bo‘g‘imi kasalliklari shakllanishining patogenetik mexanizmlari aniqlangan;
bolalarda tish-jag‘ anomaliya va deformatsiyalarining epidemiologiyasi, shakllanishdagi xavf omillari holida tish-jag‘ anomaliyalarini axamiyati aniqlangan;
bolalarda okklyuziya tizimi patologiyasi asosida konstitusional-anatomik, morfologik va ularga bog‘liq bo‘lgan biriktiruvchi to‘qimaning displaziya shaklida buzilishlarning funksional-bioximik belgilari ko‘rsatib berilgan;
chakka-pastki jag‘ bo‘g‘imi patologik o‘zgarishlar bo‘lgan bolalar qon zardoblarida matrisali metalloproteinazalar (MMP-1, MMP-3, MMP-9) faolligi o‘zgarishi shuningdek, metabolik buzilishlarga ishora qiluvchi biriktiruvchi to‘qimaning remodellanishidan darak berishi asoslangan;
patologik tishlov oqibatida chakka-pastki jag‘ bo‘g‘imidagi funksional deformatsiyalar yuzaga kelgan bemorlarni tekshirish uchun diagnostika algoritimi ishlab chiqilgan;
tish-jag‘ anomaliya va deformatsiyalarini yuzaga kelish xafi bo‘lgan bolalar orasida kasallikning oldindan bashoratlash mavjudligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tish-jag‘ tizimi anomaliya va deformatsiyalari natijasida chakka-pastki jag‘ bo‘g‘imi disfunksiyasi kuzatilgan bolalarda davo-profilaktika samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Sovershenstvovanie obsledovaniya detey s patologiey visochno-nijnechelyustnogo sustava vsledstvie anomalii prikusa» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan. Uslubiy tavsiyanoma patologik tishlov mavjud bolalarda chakka-pastki jag‘ bo‘g‘imi kasalliklarini tekshirish usullarini mukammallashgan algoritmi ishlab chiqilgan;
«Algoritm lecheniya i profilaktiki zabolevaniy visochno-nijnechelyustnogo sustava, vizvannix anomaliyami zubov u detey» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan. Uslubiy tavsiyanoma tish-jag‘ tizimi anomaliyalari natijasida shakllangan chakka-pastki jag‘ bo‘g‘imi disfunksiyalarini mukammallashgan davolash imkonini bergan.
Bolalarda tish-jag‘ anomaliya va deformatsiyalari natijasida shakllangan chakka-pastki jag‘ bo‘g‘imi disfunksiyasini davolash-profilaktika samaradorligini baholash bo‘yicha olingan natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan ishlab chiqilgan usul va dasturlar Buxoro, Vobkent, Olot tumanlarining tibbiyot birlashmalari Navoiy viloyat Qiziltepa tuman tibbiyot birlashmasi, Xorazm viloyat stomatologik poliklinikasi, Jizzax viloyat bolalar stomatologiya poliklinikasi amaliyotiga tadbiq qilingan.
Tadqiqot davomida bollalarda tish-jag‘ tizimi anomaliya va deformatsiyalari natijasida shakllangan chakka-pastki jag‘ bo‘g‘imi disfunksiya kasalliklari klinik ko‘rinishlarini funksional va biokimyoviy tadqiqotlar yordamida aniqlash orqali erta davolash, profilaktika qilish va chakka-pastki jag‘ bo‘g‘imi kasalliklarini oldindan bashoratlash imkonini yaratilgan.