Xaydarova Gavxar Saidaxmatovnaning

doktorlik dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Sensonevral eshitish zaifligi bo‘lgan bolalarda qiyosiy tashxislash mezonlari va reabilitatsiya usullarini ishlab chiqish», 14.00.04–Otorinolaringologiya (tibbiyot fanlari).

Talabgorning ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat olib borishga layoqati bo‘yicha test sinovidan o‘tgani haqida ma’lumot: /tibbiyot fanlari nomzodi/.

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 30.09.2014/B2014.3-4.Tib178.

Ilmiy maslahatchi: Matkuliev Xayitboy Matkulievich, tibbiyot fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, 14.07.2016.Tib.17.01.

Rasmiy opponentlar: Min Hyun Park, tibbiyot fanlari doktori, professor; Diab Xassan Moxamad Ali, tibbiyot fanlari doktori; Arifov Sayfiddin Saidazimovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: Vena tibbiyot universiteti (Avstriya).

Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: turli genezli sensonevral eshitish zaifligi mavjud bolalarda klinik-audiologik xususiyatlarni aniqlash hamda bemorni yuritish taktikasi va reabilitatsiya usullarini takomillashtirishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 

vaqtidan oldin tug‘ilgan bolalarda tug‘ilish paytiga kelib eshitish tizimining periferik qismi etilmaganligi, shuningdek ko‘p sonli patologik omillarning bir vaqtning o‘zida ta’sir ko‘rsatishi asoslangan;

eshitish neyropatiyasi mavjud bolalarda eshitish funksiyasining ajralib turuvchi o‘ziga xos xususiyatlari eshitish bo‘sag‘alarining 4 dan 2-darajagacha pasayishi va 10–18 oylik bolalarda tovushlarga nisbatan xulq-atvor reaksiyalarining yaxshilanishidan iboratligi aniqlangan;

markaziy asab tizimining postgipoksik shikastlanishi mavjud bolalarda eshitish qobiliyati buzilishlarining klinik belgilari gipoksiyaning og‘irlik darajasiga bog‘liqligi isbotlangan;

qisqa latent eshitish potensiallari tarkibiy qismlarining buzilishlari bolalar miya falaji etiologik omillariga bog‘liq emasligi aniqlangan;

eshitish neyropatiyasi, bolalar miya falaji va markaziy asab tizimi   gipoksiyasidan keyingi jarohatlanishda differensial-tashxis ko‘rsatkichlar aniqlangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:

Uslubiy qo‘llanma asosida bolalarda eshitish qobiliyati buzilishini erta aniqlash algoritmi va davolash taktikasi, shuningdek eshitish va nutqiy buzilishlarga ega bolalar uchun tuzatish-rivojlantirish dasturlari ishlab chiqilgan va Toshkent tibbiyot akademiyasi 2-klinikasi, 102 va 106-Qulog‘i yaxshi eshitmaydigan bolalar uchun ixtisoslashgan maktab-internatining amaliy faoliyatiga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2016 yil 30 maydagi 8H-g/42-son ma’lumotnomasi). Olingan ilmiy natijalar eshitish qobiliyati buzilgan bolalarda xavfli omillarni aniqlashga yo‘naltirilgan va bolalarda eshitish qobiliyati buzilishini erta aniqlash imkoniyatini yaratgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish