Kamilova Saodat Ergashevnaning
doktorlik dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «XX asr oxiri – XXI asr boshlari rus va o‘zbek adabiyotida hikoya janri poetikasining rivoji», 10.00.06–Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo‘yicha (filologiya fanlari).
Talabgorning ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat olib borishga layoqati bo‘yicha test sinovidan o‘tgani haqida ma’lumot: /filologiya fanlari nomzodi/.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 31.03.2016/B2016. Fil 92.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat sharqshunoslik instituti, 14.07.2016. Fil.09.01.
Rasmiy opponentlar: Pardaeva Zulfiya Juraevna, filologiya fanlari doktori; Ermolin Evgeniy Anatol`evich, pedagogika fanlari doktori, professor (YaGPU, Rossiya); Karimov Baxodir Nurmetovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: XX asr oxiri – XXI asr boshi rus va o‘zbek adabiyotida janr poetikasining mazmun va shakliy jihatlarida hikoya taraqqiyotining yaxlit ko‘rinishini asoslash hamda hikoya fenomenini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
«muallif-roviy-qahramon» uchligi prizmasida zamonaviy rus va o‘zbek hikoyasi poetikasi tizimga solinganligi XX asr oxiri – XXI asr boshi hikoyalarini hozirgi adabiy jarayondagi estetik fenomen sifatida ekanligi isbotlangan;
sub’ektiv-ochiq pozisiya haqiqiy voqelikka nisbatan zamonaviy o‘zbek va rus hikoyasining yaxlitligini ta’minlovchi yetakchi prinsipga aylanib borishi isbotlangan;
zamonaviy hikoyada mualliflik da’vosining u yoki bu xususiyatiga muvofiq tarzda «men»i turlari asoslangan;
zamonaviy hikoya janrining o‘zgarish fenomeni tipologik jihatdan aniqlangan, shuningdek «muallif-roviy-qahramon» uchligi xususiyati va hozirgi adabiy jarayonning muammo-mavzuiy sohasi prizmasida zamonaviy hikoyalar tizimidagi funksional-semantik belgi asosida detal` tipologiyasi aniqlangan;
zamonaviy o‘zbek va rus hikoyasi milliy va umuman dunyo adabiyoti adabiy jarayoni rivoji xususiyatlari bilan belgilanadigan o‘ziga xos hodisa ekanligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
XX–XXI asrlar rus va o‘zbek adabiyotlarida hikoya janri poetikasi taraqqiyoti tahlilida ishlab chiqilgan metodik va amaliy takliflari asosida:
o‘quvchilarda filologik, estetik tafakkurni rivojlantirishning adabiy xususiyatlari va omillari, zamonaviy o‘zbek adabiyotini tushunish madaniyatini tarkib toptirish mexanizmlari va axboriy-didaktik ta’minoti hamda qiyosiy-adabiy yondashuv asosida hozirgi o‘zbek adabiyotini o‘rganishning amaliy-texnologik jihatlari lisey va kollej talabalari (rus guruhlari uchun) uchun yaratilgan «Uzbekskaya literatura» (№220-3, 2012) darsligiga singdirilgan. Bu esa ijtimoiy-gumanitar, estetik va ma’naviy-axloqiy tarbiya turlarini tashkil etishning qiyosiy-adabiy yondashuvi orqali bo‘lajak o‘quvchilarni filologik tayyorlash samaradorligini oshirish imkonini bergan;
5A120101 – Adabiyotshunoslik (rus adabiyoti) magistratura mutaxassisligi Davlat ta’lim standarti («O‘zstandart» davlat agentligida 2014 yil 7 avgustda O‘zDSt 36.12.12:2014 №4810-soni bilan ro‘yxatga olingan) mazmuniga tatbiq etilgan. Tatbiq etilgan materiallar janrni adabiyotshunoslik kategoriyasi, XXI asr boshlarida janriy dispozisiya sifatida aniqlash; zamonaviy rus adabiyotida yangi janrlar, muallif «men»i turlari mavjudligini tasdiqlash; zamonaviy adabiy komparativistikaning xususiyatlarini aniqlashga xizmat qilgan;
5120100 – Filologiya va tillarni o‘qitish (rus tili) bakalavriat yo‘nalishi Davlat ta’lim standarti («O‘zstandart» davlat agentligida 2014 yil 10 oktyabrda O‘zDSt 36.15.50:2014 №5172-soni bilan ro‘yxatga olingan) mazmuniga tatbiq etilgan. Tatbiq etilgan materiallar zamonaviy asarlarni adabiy tahlil qilishga o‘rgatish; zamonaviy hikoyada janrlar transformatsiyasini aniqlash; zamonaviy badiiy asarlarni qiyosiy-tipologik tahlil uchun tanlash muammosini hal qilish; zamonaviy adabiyotda epik janrlar tavsifi muammosini hal qilishga yordam bergan;
adabiy metod va usullar tizimi O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan OT-F8-151 – «Adabiyot ensiklopediyasi» fundamental loyihasida hikoya janrining nazariy tamoyillarini yoritish, shuningdek hikoya janrini milliy adabiyotlardagi adabiyotshunoslik kategoriyasi sifatida ta’riflash qismlariga joriy qilindi (Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasining FTK-03-13/662-son dalolatnomasi). Natijada komparativistik metod zamonaviy rus va o‘zbek adabiyotini jahon adabiy jarayoni taraqqiyoti kontekstida samarali tadqiq etish mumkinligini ko‘rsatgan.