Siddiqova Marg‘uba Ilxomjon qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Xitoy Xalq Respublikasi geosiyosiy manfaatlari tizimida ommaviy axborot vositalari”, 23.00.04 – Xalqaro munosabatlar, jahon va mintaqa taraqqiyotining siyosiy muammolari (siyosiy fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Siyos36.
Ilmiy rahbar: Xodjaev Ablat, tarix fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, DSc.11/30.12.2019.Tar/Yu/I/S/24.01.
Rasmiy opponentlar: Abdullaev Ilxom Zoirovich, siyosiy fanlar doktori; Xaydarov Abdusamad Axadovich, siyosiy fanlar doktori.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Xitoyning geosiyosiy manfaatlarini himoyalash va ilgari surishda qo‘llanayotgan ommaviy axborot vositalari va ulardan qanday foydalanilayotganini, Xitoyning geosiyosiy potensialiga ta’sir etuvchi kuchlardan axborot ta’siri orqali himoyalanishini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
jahondagi zamonaviy geosiyosiy raqobatda Xitoy Xalq Respublikasi manfaatlari asosan ommaviy axborot vositalari (Xitoyning CCTV telekanali), davriy matbuot va internet nashrlari orqali himoya qilish borasida amaliy ishlar olib borilganligi ilmiy asoslangan;
XXRning hududiy yaxlitligini ta’minlashdagi muammolarni bartaraf etishda onlayn ommaviy axborot vositalari asosiy minbar va muhokamalar maydoni vazifasini bajarishi rasmiy hukumat idoralarining veb-sahifalari misolida isbotlangan;
Xitoy ommaviy axborot vositalari orqali mamlakatning xalqaro imijini shakllantirish asosan xitoy madaniyati (moddiy va nomoddiy), san’ati orqali amalga oshirilayotganligi va bu jarayonda “tinchlikparvarlik” (“求和”), “bag‘rikenglik” (“包容”), “insonparvarlik” (“以人为本) g‘oyalari keng targ‘ib qilinishi aniqlangan;
jahon axborot makonida XXR va AQSh o‘rtasidagi geosiyosiy raqobat yil sayin kuchayib borayotgan paytda Xitoy ommaviy axborot vositalari yanada faollashayotganligi, bu jarayonda Pekinning texnikaviy imkoniyatlari yuksalayoganligi birlamchi manbalar va davriy nashrlardagi aniq ma’lumotlar asosida isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Xitoy Xalq Respublikasi geosiyosiy manfaatlari tizimida ommaviy axborot vositalarini tadqiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
jahondagi geosiyosiy raqobatda XXR o‘z manfaatlarini axborot ta’siri orqali qanday himoya qilayotgani, o‘zining xalqaro imijini shakllantirishi, iqtisodiy manfaatlarini olg‘a surishda OAVni ishga solish usullari, axborot xavfsizligi, hozirgi kunda onlayn ommaviy axborot vositalarining siyosiy faolligi va ahamiyati masalalari bo‘yicha olingan natijalardan O‘zbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondining 2018-2019 yillarda OAV xodimlarining kasbiy malakasini oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondining 2020 yil 18 avgustdagi 1/70-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy natijalar OAV faoliyatini rivojlantirish hamda jurnalistlarning siyosiy salohiyati va malakasini oshirish bo‘yicha o‘tkazilgan tadbirlar samaradorligining yanada oshishiga xizmat qilgan;
onlayn ommaviy axborot vositalarining siyosiy ahamiyati, OAV tomonidan internetda ko‘tarilgan nozik siyosiy va iqtisodiy masalalar yuzasidan xalqqa o‘z vaqtida, tezkor javob berish, ko‘chmas mulk narx-navolarining qimmatlashuviga vaqtida izoh berish bo‘yicha bildirilgan takliflardan hamda Xitoyning xalqaro imijini shakllantirish masalalari bo‘yicha olingan natijalardan O‘zbekiston milliy axborot agentligining veb-saytida xitoy tilidagi sahifaga (http://www.uza.uz/cn) materiallarni ommaviy axborot vositalari orqali uzatishda sharhlovchi-jurnalistlar tomonidan muntazam foydalanilgan (O‘zbekiston milliy axborot agentligining 2017 yil 30 avgustdagi 30.08.2017-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflar veb-sayt sharhlovchilarining axborot taqdim etishdagi faoliyatini takomillashtirishga xizmat qilgan;
Xitoyning xalqaro imijini shakllantirish va xorijga axborot uzatish tajribasini o‘rganish orqali olingan natijalarga asoslanib, O‘zbekiston milliy axborot agentligining xitoy auditoriyasiga mo‘ljallangan veb-saytida (http://www.uza.uz/cn) taqdim etilgan materiallar asosida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining 5120700-JS, 5240100-YU, 5231100-JIXIM ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun darslik yaratilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 205 yil 21 avgustdagi 303-buyrug‘i, 303-009 raqamli guvohnoma). Mazkur darslik JIDU talabalari O‘zbekistonning xalqaro imijini oshirishga mo‘ljallangan materiallarni xitoy tilida taqdim etishni o‘rganishlari uchun xizmat qilgan.