Soatov Utkir Rajabovichning
doktorlik dissertatsiyasihimoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Shvis zotli qoramollarning mahsuldorlik xususiyatlarini ota-onalarining tana tuzilishi bo‘yicha juftlash usullarida takomillashtirish», 06.02.01–Qishloq xo‘jaligi hayvonlarini urchitish, ko‘paytirish, seleksiyasi va genetikasi. Ipakchilik, Qorako‘lchilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Talabgorning ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat olib borishga layoqati bo‘yicha test sinovidan o‘tgani haqida ma’lumot: /LA 0000539/.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 30.09.2014/B2014.5.Qx144.
Ilmiy maslahatchi: Ashirov Murod Eshonqulovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Chorvachilik, parrandachilik va baliqchilik ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand qishloq xo‘jalik instituti va Chorvachilik, parrandachilik va baliqchilik ilmiy-tadqiqot instituti, 14.07.2016.Qx/V.25.01.
Rasmiy opponentlar: Yusupov Suratbek Yunusovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Qaxarov Abdusattor Qaxarovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Yakubov Axmadjon Bakievich, biologiya fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: turli tana tuzilishiga ega qoramollarni juftlash usullari va ular avlodlarining mahsuldorlik xususiyatlariga ta’siri, mahalliy hamda chetdan keltirilgan shvis zotli turli laktatsiyalardagi sigirlarning sut mahsuldorligini tirik vazniga, birinchi tug‘ishidagi yoshiga, servis-davri davomiyligiga ta’sirini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
turli tana tuzilishiga ega shvis zotli qoramollarni juftlash usullarining, ulardan olinib etishtirilgan sigirlarning mahsuldorlik, pushtdorlik, elin xususiyatlariga ta’siri aniqlangan;
sigirlarning sut mahsuldorlik xususiyatlari turli ishlab chiqarish tiplariga bog‘liqlikda takomillashtirilgan;
shvis zotli sigirlarning sut mahsuldorlik darajasi bilan birinchi tug‘ishdagi yoshi va tirik vaznining, servis-davri davomiyligining o‘zaro bog‘liqligi aniqlangan;
chet eldan keltirilgan shvis zotli sigirlarning issiq iqlim sharoitida sut mahsuldorligi bo‘yicha turli omillarga bog‘liqlikda irsiy salohiyatini yuzaga chiqarish imkoniyatlari aniqlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Shvis zotli qoramollarning mahsuldorlik xususiyatlarini oshirish bo‘yicha olib borilgan ilmiy-tadqiqotlar asosida:
chorvachilik-naslchilik fermer xo‘jaliklari uchun «Shvis zotli yaxshilovchi nasl toifasiga ega buqalar avlodlarini sut mahsuldorligini oshirish bo‘yicha tavsiyanoma» ishlab chiqilgan (Chorvachilikda naslchilik ishlari bosh Davlat inspeksiyasining 14.11.2016 yildagi 51/01-154-son ma’lumotnomasi).
Shvis zotli sut ishlab chiqarish tipidagi turli laktatsiyalardagi 55 bosh sigir Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanidagi «Shamshir Al-Akbar» naslchilik fermer xo‘jaligining qoramolchilik fermasida ishlab chiqarishga joriy etilgan (Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 18.11.2016 yildagi 02/12-1252-son ma’lumotnomasi). Bunda shvis zotli qoramollar podasida sut tipiga mansub bo‘lgan sigirlarning sut mahsuldorligi 4232,2 kg ga ta’minlanishi bu ko‘rsatkichlar sut-go‘sht va go‘sht-sut tipidagi sigirlarnikidan 458,1 va 983,5 kg ga yuqori bo‘lgan hamda ularning ekster`er, elin, pushtdorlik, ozuqani sut bilan qoplash xususiyatlari yaxshilangan hamda iqtisodiy samara 199 780,3 va 447 567,8 so‘mni tashkil etgan.