Mirzaeva Sayyora Rustamovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Talaba valeologik ongi rivojlanishining pedagogik-psixologik xususiyatlari”, 19.00.06 – Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusiro‘yhatgaolinganraqam: B2019.3.PhD/P129.
Ilmiy rahbar:Ro‘zieva Dilnoz Isomjonovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Abdurasulov Rustam Abduraimovichpsixologiya fanlari doktori, dotsent;Avlaev Orif Umirovich, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxorodavlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi talaba valeologik ongi rivojlanishining pedagogik-psixologik xususiyatlarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarning ziddiyatli vaziyatlarda o‘z sog‘lig‘iga munosabati o‘rganilib “Xayollarga berilish” va “Ijtimoiy aloqalar” yetakchiligi aniqlangan hamda “Tanaga” va “Faoliyatga yo‘nalganlik” jihatlari “Nizolarning to‘rt sohasi”ni muvofiqlashtiruvchi psixodiagnostikalar asosida takomillashtirilgan;
talaba shaxsi himoya mexanizmlari psixodiagnostikasida (“Proeksiya”, “O‘rin almashtirish”, “Regressiya”, “Kompensatsiya”, “Intellektuallashtirish”, “Rad etish”, “Reaktiv shakllanish”) sababiy omillari valeologik ong rivojlanishining determinanti sifatida aniqlangan;
“Talaba shaxsida valeologik ong rivojining tizimli modeli” ruhiy, jismoniy, ijtimoiy salomatlik to‘g‘risidagi tasavvurlarga ijobiy munosabatlarini shakllantiruvchi “Sog‘lom talabaning psixologik timsoli” uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirilgan;
talabalar valeologik ongini rivojlantiruvchi – yosh, ta’lim, turmush, oila va jinsiy hayotga oid psixologik treninglar shaxsning ijtimoiy va individual psixologik xususiyatlari (ehtiros, shaxsiy fazilat, o‘z-o‘zini boshqarish) bilan integratsiyalash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Talaba valeologik ongining rivojlanishini o‘rganishga doir olib borilgan ilmiy tadqiqot ishlari natijalari asosida:
talaba-yoshlar ma’lum psixologik salomatlikka ega, ammo ta’lim jarayonida ziddiyatlar, stressli muhit bo‘lganligi sababli talabalarning ziddiyatli vaziyatlarga nisbatan munosabati o‘rganilib, “Hayollarga berilish” va “Ijtimoiy aloqalar” sohasida ustuvorlik yetakchiligi aniqlangan hamda “Tanaga” va “Faoliyatga yo‘nalgan” sohasini kuchaytiruvchi valeologik omillar asosidagi taklifi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2020 yil 25 martdagi 3-sonli buyrug‘i bilan “Konsul`tativ psixologiya. Psixokorreksiya” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2020 yil 25 martdagi P-M-3b-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak psixolog kadrlarning valeologik ongni rivojlantirish borasidagi amaliy ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida “Psixologik xizmat. Psixologik korreksiya” o‘quv fani doirasidagi mavzular mazmuniga valeologik g‘oyalar singdirildi va o‘quv fan dasturi takomillashtirilgan;
talaba shaxsi himoya mexanizmlari psixodiagnostikasida (“Proeksiya”, “O‘rin almashtirish”, “Regressiya”, “Kompensatsiya”, “Intellektuallashtirish”, “Rad etish”, “Reaktiv shakllanish”) sababiy omillari valeologik ong rivojlanishining determinanti sifatida aniqlangan bu talabalarda valeologik ong rivojlanishining pedagogik-psixologik xususiyatlari (kognitiv, xulqiy va emotsional jabhalarda namoyon bo‘luvchi) keng qamrovli fenomen ekanligi haqidagi taklifi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2020 yil 25 martdagi 3-sonli buyrug‘ibilan “Psixogigiena” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2020 yil 25 martdagi P-M-3b-son ma’lumotnomasi). Natijada, shaxsning sog‘lom turmush tarzini shakllantirishdagi ilmiy-metodik tavsiyalar kuchaytirilgan;
talaba o‘z salomatligiga munosabatini muvofiqlashtiruvchi ruhiy, jismoniy, ijtimoiy salomatlik to‘g‘risidagi tasavvurlar va ijobiy munosabatlarini shakllantiruvchi “Sog‘lom talabaning psixologik timsoli” Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2020 yil 25 martdagi 3-sonli buyrug‘i bilan “Ontogenez psixologiyasi va differensial psixologiya” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2020 yil 25 martdagi P-M-3b-son ma’lumotnomasi).Natijada, ta’lim sohasi uchun tayyorlanadigan psixologlarning kasbiy ahamiyatli tayanch kompetensiyalarni shakllantirish hamda kasbiy tayyorgarlik darajasini oshirish sohasida sifat jihatdan o‘sishga erishilgan;
talabalar valeologik ongini rivojlantiruvchi – yosh, ta’lim, turmush, oila va jinsiy hayotga oid psixologik treninglar shaxsning ijtimoiy va individual psixologik xususiyatlari bilan integratsiyalash asosidagi ijtimoiy va kasbiy tajriba to‘planishi jarayonida takomillashishiga doir taklifi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2020 yil 25 martdagi 3-sonli buyrug‘i bilan “Kasb psixologiyasi” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2020 yil 25 martdagi P-M-3b-son ma’lumotnomasi). Natijada, amaliyotchi psixologlarning “valeologik ong”i rivojlanish dinamikasiga oid kasbiy kompetensiyalarini shakllantirish samaradorligini oshirishga erishilgan.