Toliboeva Nodira Odiljonovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekiston xotin-qizlarining ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishdagi faoliyati (1991-2019 yy.)”,  O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3. RhD/Tar486. 
Ilmiy rahbar: Djuraeva Nilufar Dalibaevna, tarix fanlari nomzodi, dotsent. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti,  DSc.03/30.12.2019.Tar.01.04.
Rasmiy opponentlar: Ergasheva Yulduz Alimovna, tarix fanlari doktori, professor; Abdullaeva Yaxshibeka Atamuratovna, tarix fanlari doktori. 
Yetakchi tashkilot Toshkent davlat texnika universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mustaqillik davrida xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishdagi faoliyatini tarixiy taraqqiyot bosqichi bilan uzviy bog‘liq ravishda ochib berishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
sovet davrida ayollarning jismoniy imkoniyati, ijtimoiy himoyasi, maishiy turmush tarzi e’tiborga olinmasdan, ular xalq xo‘jaligida ishchilar safini to‘ldirishning asosiy manbai hisoblanib, oiladagi faoliyati qadrlanmagani natijasida bozor iqtisodiyotiga o‘tish qiyinchiliklarining keskin ta’siriga uchraganligi, bu esa mustaqillikning ilk yillarida jamiyatdagi o‘tkir ijtimoiy muammolarning vujudga kelishiga olib kelganligi isbotlangan; 
davlat va jamiyat boshqaruvida xotin-qizlar ishtirokini kengaytirishga qaratilgan islohotlar strategiyasiga muvofiq, farzand tarbiyasini ijtimoiy faoliyat bilan mutanosib holda olib borishga intilishiga qaramasdan davr talabiga xos ijtimoiy-huquqiy kafolatlarning etishmasligi ayollarning haqiqiy siyosat sub’ekti bo‘lishi va siyosiy faolligiga to‘siq bo‘lib kelganligi asoslangan; 
xotin-qizlarning bozor sharoiti va raqobat muhitidagi faoliyati ularning xususiy sektorda o‘sish dinamikasiga ta’sir etib, mulkdorlar safidagi faollashuvi yangi ish o‘rinlarining yaratilishiga, respublika bozorini iste’mol tovarlari va xizmatlar bilan boyitishga, ayollar bandligining yangi shakl va turlari shakllanishiga hamda oilaviy daromadning ortishiga xizmat qilganligi isbotlangan;
so‘nggi yillarda ayollarning jamiyat va oiladagi ahvolini tubdan o‘zgartirishga qaratilgan ijtimoiy muhofaza tizimidagi sifat va miqdor ko‘rsatkichlarining natijadorligiga asoslanishi oila mustahkamligini ta’minlashga ta’sirini o‘tkazgan holda ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy sohalarda dolzarb va echimini kutayotgan muammolarni bartaraf etishga yordam berib, xotin-qizlarga munosabatda ham o‘zgarishlarga sabab bo‘lganligi ko‘rsatib dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
“O‘zbekiston xotin-qizlarining ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishdagi faoliyati (1991-2019 yy.)” mavzusi bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy xulosalar va takliflar asosida: 
xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, iqtisodiy islohotlardagi ishtiroki, oila mustahkamligiga erishish va ijtimoiy muhofazalashga doir amalga oshirilgan ishlar bilan bog‘liq ma’lumotlar, ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan tashkil etilgan ilmiy-amaliy anjumanlarda, mahallalarda tashkil etilgan uchrashuvlar, ma’ruza va seminar-treninglarda keng foydalanilgan (O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasining 2019 yil 20 iyuldagi 05/1454-19-son ma’lumotnomasi). Mazkur materiallar asosida ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar ayollar muammolarining o‘ziga xos jihatlarini o‘rganish va monitoring qilishga xizmat qilgan;
tarixiy o‘zgarishlar jarayonida ayollar masalasi va mavjud ijtimoiy muammolarga doir ishlab chiqilgan so‘rovnomalardan Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotlarda foydalanilgan (Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil institutining 2019 yil 27 sentyabrdagi №10/148-son ma’lumotnomasi). Natijada, xotin-qizlarning ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy jarayonlardagi ishtiroki, ularni ijtimoiy himoyalash va mehnat faoliyatini qo‘llab-quvvatlashda jamoatchilik fikrini o‘rganish imkoni yaratilgan; 
xotin-qizlar o‘rtasida tadbirkorlik va fermerlik harakatini rivojlantirish omillari bo‘yicha to‘plangan ma’lumotlar, ilmiy xulosa va tavsiyalardan O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi “Ayollarning siyosiy faolligini, jamiyatdagi o‘rni va mavqeini oshirish” bo‘limining “Davlat boshqaruvini demokratlashtirish va mamlakatni modernizatsiyalashda O‘zLiDeP roli”, “Tadbirkorlikka keng yo‘l”, “Fermer ayollarning iqtisodiy islohotlardagi o‘rni” mavzularidagi o‘quv seminarlarida foydalanilgan (O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasining 2019 yil 22 may 04/20-5-son ma’lumotnomasi). Tadqiqotda umumlashtirilgan tahlillar xotin-qizlarning ijtimoiy-iqtisodiy faolligini oshirishga, kichik va o‘rta biznesni rivojlantirishda ularning o‘rni va rolini yanada kuchaytirishga qaratilgan samarali yondashuvlarni ishlab chiqishga xizmat qilgan;
O‘zbekiston xotin-qizlarining ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishdagi faoliyati bo‘yicha tadqiqot natijalari, muammolar echimiga doir takliflardan 2019 yil 13 sentyabr` kuni O‘zbekiston tarixi telekanalining “Tarixiy savol” tok-shousi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston tarixi” teleradiokanalining 2019 yil 9 yanvardagi 13-70-son ma’lumotnomasi). Taqdim etilgan materiallar xotin-qizlarning tarixda tutgan o‘rni, oila va jamiyatdagi mavqei, davlat boshqaruvi va qarorlar qabul qilishdagi ishtiroki, ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlardagi faoliyati haqida keng ma’lumotlarga ega bo‘lishlariga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish