Djurabaev Otabek Djurabaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):«Asalarichilik xo‘jaliklarini boshqarishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlari», 08.00.13 – Menejment va 08.00.04 – Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:B2020.3.PhD/Iqt815.
Ilmiy rahbar: Yusupov Erkin Djuraevich, iqtisodiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Murtazoev Olim, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.Sattarov Sayidmurod Abdusharipovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchitashkilot:Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda asalarichilikni boshqarish samaradorligini oshirishning tashkiliy-iqtisodiy jihatlari bo‘yicha ilmiy va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
asosiy ishlab chiqarish jarayonlarini amalga oshirish ketma-ketligi hamda oraliq vaqt muddatlarini tartibga solish orqali asalarichilik xo‘jaliklarini boshqarishning jarayonli yondashuvi takomillashtirilgan;
ishlab chiqarish samaradorligini boshqarishda daromadlarni baholash usuli asalarichilik xo‘jaligining o‘simlikchilik tarmog‘iga ijobiy ta’siri orqalihosil qilingan qo‘shimcha daromadni hisobga olish asosida takomillashtirilgan;
mayda tovar xo‘jaliklari ishlab chiqarishiniintegratsiyalash, mahsulot sotishning muqobil kanallarini yo‘lga qo‘yish asosida asalarichilik xo‘jaliklarini boshqarishning optimal namunaviy shaklitaklif etilgan;
O‘zbekistonda asalarichilik xo‘jaliklarining amaldagi ishlab chiqarish quvvati hamda uni rivojlantirish asosiy omillarini hisobga olgan holda 2025 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekistonda asalarichilikni boshqarish samaradorligini oshirishning tashkiliy-iqtisodiy jihatlari bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy va amaliy tavsiyalar asosida:
asalarichilik xo‘jaliklarida ishlab chiqarishning asosiy jarayonlarini alohida boshqaruv ob’ekti sifatida ajratilib, ularning har biriga maxsus boshqaruv usullarini qo‘llashga asoslangan yondashuv Ohangaron davlat o‘rmon xo‘jaligi va Bo‘stonliq tumani asalarichilik xo‘jaliklari faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va choravachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2020 yil 11 yanvardagi 02/23-54-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida Ohangaron davlat o‘rmon xo‘jaligida asalarichilik mahsulotlari ishlab chiqarish 2019 yilda 2018 yilga nisbatan o‘rtacha 19,3 foizga, Bo‘stonliq tumanida o‘rtacha 18,2 foizga oshirish imkoniyatini yaratgan;
asalarichilik xo‘jaliklaridagi qishloq xo‘jaligi ekinlarini o‘zaro changlatishdan olingan qo‘shimcha daromad ko‘rsatkichini kiritish asosida takomillashtirilgan ishlab chiqarish rentabelligini hisoblash taklifi Ohangaron davlat o‘rmon xo‘jaligi va Bo‘stonliq tumani asalarichilik xo‘jaliklari faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va choravachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2020 yil 11 yanvardagi 02/23-54-son ma’lumotnomasi). Natijada asalarichilik xo‘jaliklari rentabellik darajasi Ohangaron davlat o‘rmon xo‘jaligida o‘rtacha 20,3%ga, Bo‘stonliq tumani asalarichilik xo‘jaliklarida 19,4 %ga ortishiga erishilgan;
asalarichilik mahsulotlarining tovar-xomashyo birjalari va boshqa muqobil kanallar orqali sotishni yo‘lga qo‘yish maqsadida mayda tovar xo‘jaliklarini kooperatsiya asosida birlashtirish taklifi Ohangaron davlat o‘rmon xo‘jaligi va Bo‘stonliq tumani asalarichilik xo‘jaliklari faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va choravachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2020 yil 11 yanvardagi 02/23-54-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida Ohangaron davlat o‘rmon xo‘jaligi va Bo‘stonliq tumani asalarichilik xo‘jaliklarida boshqaruv jarayonini unifikatsiya qilish imkoni yaratilgan;
O‘zbekistonda asalarichilik xo‘jaliklarining amaldagi ishlab chiqarish quvvati hamda uni rivojlantirish asosiy omillarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan 2025 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlaridan O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va choravachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan istiqboldagi faoliyatni belgilashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va choravachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2020 yil 11 yanvardagi 02/23-54-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida respublikadagi asalarichilik xo‘jaliklarini faoliyatini rivojlantirish borasida aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqish imkoni yaratilgan.