Selimanova Svetlana Mixaylovnaning
doktorlik dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «O‘zbekiston Respublikasida lisenziyalashtirish tizimini takomillashtirishning ma’muriy-huquqiy jihatlari».12.00.02–Konstitusiyaviy huquq. Ma’muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi. (yuridik fanlar).
Talabgorning ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat olib borishga layoqati bo‘yicha test sinovidan o‘tgani haqida ma’lumot: /yuridik fanlar nomzodi/.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 30.09.2014/B2014.3-4.Yu32.
Ilmiy maslahatchi: [Kasimov Baxodir Ergashevich], yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, 14.07.2016.Yu.30.01.
Rasmiy opponentlar: Ismoilov Isomiddin, yuridik fanlar doktori, professor; Kutibaeva Elizaveta Duysenbaevna, yuridik fanlar doktori, professor; To‘laganov Abdumannop Abdujabbarovich, yuridik fanlar doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat yuridik universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: lisenziyalashtirish tizimining ma’muriy-huquqiy jihatlarini kompleks ravishda tadqiq etish, uni takomillashtirishning nazariy, huquqiy va amaliy istiqbollarini belgilash hamda ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tadbirkorlik faoliyati turini lisenziyalashtiriladigan sohaga o‘tkazish mezonlari takomillashtirilgan hamda mezonlar asosida lisenziyalashtiriladigan faoliyat turlari tasnifi ishlab chiqilgan;
faoliyat turlarini lisenziyalashtirish jarayonini huquqiy tartibga solinishini takomillashtirish yuzasidan xususiy mulk huquqini buzishga oid javobgarlikni belgilash asoslangan;
tadbirkorlik sub’ektlarining moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirish va taftish qilish tartibini buzishga oid norma asoslab berilgan;
tadbirkorlik sub’ektlarining faoliyatini va (yoki) ularning bank hisob-raqamlari bo‘yicha operatsiyalarni noqonuniy to‘xtatib turishga oid norma ishlab chiqilgan;
lisenziyalashtirish to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi normalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Lisenziyalashtirish tizimini takomillashtirishning ma’muriy-huquqiy jihatlari bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga 2411-modda «Xususiy mulk huquqini buzish», 2412-modda «Tadbirkorlik sub’ektlarining faoliyatini tekshirish va moliya-xo‘jalik faoliyatini taftish qilish tartibini buzish», 2413-modda «Tadbirkorlik sub’ektlarining faoliyatini va (yoki) ularning banklardagi hisob varaqlari bo‘yicha operatsiyalarni qonunga xilof ravishda to‘xtatib turish» uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi norma kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasining 2016 yil 12 maydagi 06/1-05/728vx-son ma’lumotnomasi). Bu xususiy mulkning daxlsizligini ta’minlash, tadbirkorlik sub’ektlarining faoliyatini noqonuniy va asossiz tekshirishlarni kamaytirish, ularning moliya-xo‘jalik faoliyati, banklardagi hisob-varaqlari bo‘yicha operatsiyalarni amalga oshirish erkinligini kafolatlashga xizmat qiladi;
O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga 2415-modda «Lisenziyalash to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini va ruxsat berish tartib-taomillari to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish» uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi norma kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasining 2016 yil 12 maydagi 06/1-05/728vx-son ma’lumotnomasi). Bu lisenziyalash to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining va ruxsat berish tartib-taomillari to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining ijrosini ta’minlash darajasini oshirishga xizmat qiladi;
Lisenziya-ruxsat berish tizimi natijalari oliy ta’lim muassasalari bakalavriat talabalari, tinglovchilar va kursantlarga mo‘ljallangan «Ma’muriy huquq» darsligiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2015 yil 28 maydagi №2/135-95-son ma’lumotnomasi). Bu tinglovchi va kursantlar bilim, o‘quv va ko‘nikmalarini shakllantirishga va rivojlantirishga xizmat qiladi.