Mirakulov Miravzal Mirodilovichning

doktorlik dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining konstitusiyaviy-huquqiy maqomi  (qiyosiy-huquqiy tahlil)», 12.00.02–Konstitusiyaviy huquq. Ma’muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi (yuridik fanlar).

Talabgorning ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat olib borishga layoqati bo‘yicha test sinovidan o‘tgani haqida ma’lumot: /yuridik fanlari nomzodi/.

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 30.09.2014/B2014.3-4.Yu30.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, 14.07.2016.Yu.30.01.

Ilmiy maslahatchi: Muxamedov O‘tkirbek Xazratqulovich, yuridik fanlar doktori.

Rasmiy opponentlar: Ruzmetov Xayrullo Ibodullaevich, yuridik fanlar doktori; Rahimov Fahri Xaydarovich, yuridik fanlar doktori, professor; Muxamedjanov Omonulla Zakirovich, yuridik fanlar doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazi.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining konstitusiyaviy-huquqiy maqomini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Oliy Majlisga murojaat qilish huquqi»ni takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan;

davlat boshlig‘ining ijro etuvchi hokimiyat bilan bog‘liq vakolatlarni amalga oshirishda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Bosh vazirining rolini ta’minlashga oid takliflar ishlab chiqilgan;

davlat boshlig‘i vakolatini amalga oshirishning tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini ta’minlash maqsadida prokuratura organlarining vazifalarini belgilash bo‘yicha taklif asoslangan;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida fuqarolarning saylov huquqlari kafolatlarini ta’minlash, ko‘ppartiyaviylik va partiyalararo raqobatni kuchaytirish, saylov jarayonlarini yanada demokratlashtirishga oid takliflar asoslab berilgan;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakolatlarini amalga oshirish mexanizmlarini yanada oydinlashtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga Bosh vazir nomzodini siyosiy partiyaning qaysi organi tomonidan qancha muddatda taklif etilishi qonunan belgilab qo‘yilishiga oid taklif asoslangan;

parlament nazorati ob’ektida davlat hokimiyati va boshqaruvi organining mansabdor shaxslari belgilanishi, parlament nazorati sub’ektlari o‘z vakolatlari doirasida parlament nazorati natijalari bo‘yicha hukumat a’zosini iste’foga chiqarish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti ko‘rib chiqishi uchun taklif kiritishiga oid normani «Parlament nazorati to‘g‘risida»gi Qonunda mustahkamlash isbotlangan;

«Ichki ishlar vazirligini bevosita O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga bo‘ysunishi» va undan kelib chiqib, ichki ishlar organlarining  tashkiliy-shtat tuzilishi va shtat soni hamda bir qator hujjatlarning Prezident tomonidan tasdiqlanishiga oid takliflari asoslab berilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining konstitusiyaviy-huquqiy maqomini takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar asosida:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining parlamentga murojaat etish,  ijro etuvchi hokimiyat bilan bog‘liq vakolatlarni amalga oshirishda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Bosh vaziri bilan hamkorlik qilishga oid vakolatlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflari Konstitusiyaning 93-moddasi 7-, 8-,15-bandlarida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2016 yil 20 oktyabrdagi №06/1-05/1016-son dalolatnomasi). Mazkur takliflar Respublika Prezidentining davlat hokimiyati organlarining kelishilgan holda faoliyat yuritishini hamda hamkorligini ta’minlash funksiyasini yanada takomillashtirishga xizmat qiladi;

Konstitusiyaning 93-modda 1 va 16-bandlaridagi davlat boshlig‘i vakolatini amalga oshirishning tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini ta’minlash maqsadida prokuratura organlarining vazifalarini belgilash bo‘yicha taklif «Prokuratura to‘g‘risida»gi Qonunning 14-moddasida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2016 yil 20 oktyabrdagi №06/1-05/1016-son dalolatnomasi). Mazkur taklif davlat boshlig‘ining fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga, O‘zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi va qonunlariga rioya etilishiga kafillik funksiyasini yanada samarali ta’minlashga xizmat qilgan;

Prezident saylovida fuqarolarning saylov huquqlari kafolatlarini ta’minlash maqsadida saylov uchastkalari tuzilishi mumkin bo‘lgan ob’ektlar sirasiga qamoqda saqlash joylarini ham kiritishga oid taklif «O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida»gi Qonunning 10-,11-, 23-, 30-moddalarida, ro‘yxat tuzilayotgan vaqtda muayyan saylov uchastkasi hududida vaqtincha istiqomat qilgan O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari ham saylovchilar ro‘yxatiga kiritilishi lozimligi bo‘yicha taklif mazkur Qonunning 21-moddasida, fuqarolarning saylovchilar ro‘yxati bo‘yicha arizalarini uchastka saylov komissiyasi «kechi bilan yigirma to‘rt soat ichida» ko‘rib chiqishi bo‘yicha taklifi mazkur Qonunning 23-moddasida, saylov qonunchiligini liberallashtirish maqsadida siyosiy partiya tomonidan taqdim etiladigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga ko‘rsatilgan nomzodni qo‘llab-quvvatlovchi saylovchilarning imzolari sonini kamaytirishga oid taklifi mazkur Qonunning 24-2-moddasida, saylovoldi tashviqoti tushunchasi, uni olib borish turlari, shakllari va usullarini mustahkamlash bo‘yicha taklifi mazkur Qonunning 28-moddasida, muddatidan oldin ovoz berish tartibini belgilash bo‘yicha taklifi ushbu Qonunning 31-moddasida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2016 yil 12 yanvardagi 02/2-42-son va 2016 yil 20 oktyabrdagi №06/1-05/1016-son dalolatnomalari). Mazkur takliflar vakolatni saylovda bevosita xalqdan oladigan Prezidentning sayloviga oid qonunlarni yanada takomillashtirishga xizmat qilgan;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga Bosh vazir nomzodini siyosiy partiyaning qaysi organi tomonidan qancha muddatda taklif etilishi qonunan belgilab qo‘yilishiga oid taklifi «Davlat boshqaruvini yangilash va yanada demokratlashtirish hamda mamlakatni modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasining Konstitusiyaviy Qonun 4-moddasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2016 yil 12 yanvardagi 02/2-42-son va 2016 yil 20 oktyabrdagi №06/1-05/1016-son dalolatnomalari). Mazkur takliflar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakolatlarini amalga oshirish mexanizmlarini yanada oydinlashtirishga xizmat qilgan;

parlament nazorati ob’ektida davlat hokimiyati va boshqaruvi organining mansabdor shaxslari belgilanishi, parlament nazorati sub’ektlari o‘z vakolatlari doirasida parlament nazorati natijalari bo‘yicha hukumat a’zosini iste’foga chiqarish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti ko‘rib chiqishi uchun taklif kiritishiga oid taklifi «Parlament nazorati to‘g‘risida»gi Qonunning 4-, 21-moddalarida foyda-lanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2016 yil  1 iyundagi 05/01-11-96-son, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2016 yil  7 iyundagi 06-20/388-son dalolatnomalari). Mazkur takliflar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va parlamentning o‘zaro munosabatlarining huquqiy asoslarini takomillashtirishga xizmat qilgan;

«Ichki ishlar vazirligini bevosita O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga bo‘ysunishi», «ichki ishlar organlarining  tashkiliy-shtat tuzilishi va shtat sonining eng yuqori chegarasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanishi», «ichki ishlar organlari qurollantiriladigan o‘qotar qurol va uning o‘q-dorilari turlarining ro‘yxati Prezident tomonidan tasdiqlanishi», «ichki ishlar organlarida xizmatni o‘tash tartibi hamda formali kiyim-bosh namunalari Prezident tomonidan belgilanishi», «maxsus unvonlarni berish va ulardan mahrum etish tartibi Prezident tomonidan belgilanishi», «ichki ishlar organlari xodimlariga pul ta’minotining turlari va miqdori Prezident tomonidan tasdiqlanishi», «ichki ishlar organlarining intizom ustavi Prezident tomonidan tasdiqlanishi» oid takliflari  «Ichki ishlar organlari to‘g‘risida»gi Qonunning 13-, 24-, 28-, 29-, 37-, 46-moddalarida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2016 yil 18 oktyabrdagi №06/2-06/1006-son dalolatnomasi). Mazkur takliflar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat boshlig‘i va ayni vaqtda Qurolli Kuchlarning Oliy Bosh qo‘mondoni ekanligi hamda respublika suvereniteti, xavfsizligini muhofaza etish konstitusiyaviy vakolatlarini ta’minlashning tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini ishlab chiqishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish