Abdugapparov Farxod Sultonaxmadovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Amigdalin va o-, m- , p-ferrotsenilbenzoy kislotalari ayrim hosilalari sintezi hamda ularni sinflash», 02.00.09 – Tovarlar kimyosi (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/K319. 
Ilmiy rahbar: Asqarov Ibrohim Rahmonovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.K.05.01.
Rasmiy opponentlar: Madixonov Ne’matxon, kimyo fanlar doktori, professor; Umarov Abdumutalibjon, kimyo fanlar nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: amigdalinni tabiiy manbalardan ajratib olishni takomillashtirish, amigdalin va ferrotsenilbenzoy kislotalari asosida yangi biologik faol birikmalar sintez qilish, ularni biostimulyatorlik xossalarini aniqlash, ushbu birikmalar uchun kimyoviy tarkibi asosida halqaro kod raqamlari ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
achchiq bodom tarkibidan amigdalin ajratib olishda dietil efiri o‘rniga arzon, xavfsiz va ekologik toza erituvchidan foydalanish taklif etish hisobiga usul takomillashtirilgan;
amigdalin va o-, m-, p- ferrotsenilbenzoy kislotalari hamda ularning hosilalari asosida yangi biologik faol birikmalar sintez qilingan;
tarkibida amigdalin va ferrotsenilbenzoy kislotalari hosilalari saqlovchi biologik faol moddalarni kimyoviy tarkibi hamda fizikaviy xossalari aniqlangan;
sintez qilingan  yangi birikmalarning biologik faolligi chigitning unib chiqishi, g‘o‘zaning o‘sishi va rivojlanishi hamda hosildorligiga samarali ta’siri isbotlangan; 
amigdalin va ferrotsenbenzoy kislotalari asosida sintez qilingan biologik faol birikmalarni kimyoviy tarkibi asosida TIF TN bo‘yicha yangi kod raqami ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Amigdalin va ferrotsenilbenzoy kislotalari negizida sintez qilingan biologik faol moddalarni tadqiq qilish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
amigdalin va ferrotsenilbenzoy kislotalari asosida sintez qilingan «AsXA-1» biostimulyatorini qo‘llash texnologiyasi Andijon viloyatidagi (2019–2020 yy.) 50 gektar g‘o‘za maydonlariga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 17 noyabrdagi 05/032-3839-son ma’lumotnomasi). Natijada, biostimulyator bilan ishlov berilgan g‘o‘za maydonlaridan gektaridan qo‘shimcha 3,8–3,9 s hosil olish imkonini bergan;
tashqi iqtisodiy faoliyat tovarlar nomenklaturasi bo‘yicha amigdalin va o-, m- va p-ferrotsenilbenzoy kislotalari bilan sintez kilingan murakkab efirlari uchun 2938 90 900 1 xalkaro kod rakami ishlab chiqilgan va davlat bojxona amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2020 yil 20 avgustdagi 1/16-281-son ma’lumotnomasi). Natijada, tarkibida amigdalin va ferrotsenilbenzoy kislotasi asosida olingan murakkab efirlarni kimyoviy tarkibi bo‘yicha sinflash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish