Yadigarov Eldor Maxmadiyorovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Yuqori aniqlikdagi magnit o‘lchash usulini ma’danli zonalarni aniqlashda qo‘llash (Shimoliy Nurota hududi misolida)», 04.00.06 – Geofizika. Foydali qazilmalarni qidirishning geofizik usullari (geologiya-mineralogiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/GM53.
Ilmiy rahbar: Maksudov Sabitjan Xamidovich, fizika-matematika fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Seysmologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Seysmologiya instituti, DSc.02/30.12.2019.GM/FM.97.01.
Rasmiy opponentlar: Radjabov Shuxrat Sayfullaevich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori; Nurtaev Baxtiyor Sayfullaevich, fizika-matematika fanlari fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: qalin bo‘lmagan cho‘kindi tog‘ jinslari ostida joylashgan foydali qazilma konlari va ma’danli maydonlar hududlarida yuqori aniqlikdagi magnit qidiruv usulini qo‘llash bo‘yicha geologik-qidiruv ishlarini optimallashtirishga doir takliflarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Temirkon, Chimqo‘rg‘on konlari va Egerbelitov, Omondara ma’danli hududlarida magnit maydonning batafsil anomaliyalari talqin qilinib aniqlangan hamda tavsiya etilgan joylarda burg‘u quduqlari ma’dan tanalarini kesib o‘tgani asoslangan;
Temirkon, Chimqo‘rg‘on, Egerbelitov, va Omondara hududlaridagi 28 ta profillarda ajartilgan magnit anomaliyalarining talqinidan ma’dan tanasigacha bo‘lgan chuqurlik, ma’dan tanasining kengligi, uzunligi, qatlamlarning yotish burchaklari va magnitlanganlik darajalari aniqlangan;
magnit maydoni anomaliyalarining shakli va qiymatlari bir xil bo‘lsada Chimqo‘rg‘on, Egerbelitov va Omondara temir ma’danli tanalar janubga, Temirkonda shimol tomonga og‘igan xolatda yotgani aniqlangan;
magnit maydonning sutkalik variatsiyalarini batafsil tahlillab hududning anomal elektr o‘tkazuvchanlik xususiyatiga ega ekanligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Shimoliy Nurotaning temir ma’danli konlari hududlarida yuqori aniqlikdagi magnit o‘lchash usulini qo‘llash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
Temirkon, Chimqo‘rg‘on konlari va Egerbelitov ma’danli hududlarida aniqlangan magnit maydon anomaliyalari «Regionalgeologiya» DUK faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasining 2020 yil 23 oktyabrdagi 06/10-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu hududlarda burg‘ilash ishlarini samarali tashkil etish imkonini bergan;
Omondara va Ustaxon hududlarida anomaliyalarning temir ma’danli qatlamlari bilan bog‘liqligi «Regionalgeologiya» DUK faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasining 2020 yil 23 oktyabrdagi 06/10-son ma’lumotnomasi). Natijada, Shimoliy Nurota hududida temirga boy madanli maydonlarni aniqlashga yo‘naltirilgan geologik qidiruv ishlarini samarali rejalashtirishga xizmat qilgan;
Chimqo‘rg‘on, Egerbelitov, Temirkon va Omondara hududlarida burg‘ilash uchun belgilangan nuqtalar «Regionalgeologiya» DUK faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasining 2020 yil 23 oktyabrdagi 06/10-son ma’lumotnomasi). Natijada 6 ta burg‘ilash quduqlarida ma’dan tanasini aniqlash imkonini bergan.