Abdukayumov Abdumannap Abdumadjidovichning
doktorlik dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Surunkali glomerulonefritli bemorlarda burun va burun yondosh bo‘shliqlarining surunkali yallig‘lanish kasalliklarini kompleks baholash va davolash», 14.00.04–Otorinolaringologiya (tibbiyot fanlari).
Talabgorning ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat olib borishga layoqati bo‘yicha test sinovidan o‘tgani haqida ma’lumot: /tibbiyot fanlari nomzodi/.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 14.07.2016/B2016.4.Tib343.
Ilmiy maslahatchi: Amonov Shavkat Ergashevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, 14.07.2016.Tib.17.01.
Rasmiy opponentlar: Milan Profant, tibbiyot fanlari doktori, professor; Vladislav Evgen`evich Kuzovkov, tibbiyot fanlari doktori, professor; Xasanov Ulugbek Saidakromovich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Vena shahri va Vena tibbiyot universiteti Rudol`fshtiftung klinikasi (Avstriya).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: surunkali glomerulonefritli bemorlarda burun va burun yondosh bo‘shliqlari surunkali kasalliklarining klinik, morfologik, immunologik va patokimyoviy kechish xususiyatlarini aniqlash hamda davolash taktikasini ishlab chiqish va uning samaradorligini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
surunkali rinosinusitning nafaqat polipli, balki poliplarsiz shakllarida ham burun yondosh bo‘shliqlaridagi surunkali patologik jarayon o‘chog‘ini radikal bartaraf etishning zarurligi isbotlangan;
immunreaktivlik va gemostaz buzilishlar tufayli yuqori xirurgik xatar guruhiga kiruvchi surunkali glomerulonefrit bilan kechuvchi surunkali rinosinusitli bemorlarda kaminvaziv sinusxirurgiyani o‘tkazish imkoniyati va samaradorligi isbotlangan;
ilk bor tajribada nefritning burun shilliq pardasi holatiga epiteliy regeneratsiyasining buzilishlari, kiprikchali epiteliyning giper-plaziya va metaplaziyaga beriluvchanlik ko‘rinishida ta’sir ko‘rsatishi isbotlangan;
SRS+SGNli bemorlarda burun shilliq pardasida atrofik va distrofik o‘zgarishlar, shilliq parda epitelial qoplamida hujayraviy tarkibning doimiy emasligi aniqlangan;
surunkali glomerulonefritdagi surunkali rinosinusitning kechishida oksidlanish stressi, endotelial disfunksiya va giperkoagulyasion sindromning qo‘shadigan hissasi asoslangan;
surunkali rinosinusitli bemorlarda topik steroidlarni qo‘llab o‘tkaziluvchi kompleks operativ-konservativ davolashning qondagi AOTning tiklanishiga, yallig‘lanishning pasayishiga, endotelial disfunksiya va OSga, shuningdek mahalliy immunitetning tiklanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
BYoB kasalliklarini tashxislash va davolash buyicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Surunkali glomerulonefritda nazal poliplari bo‘lmagan surunkali rinosinusitli bemorlarni parvarishlash tamoyillari» uslubiy tavsiyalari umumamaliyot shifokorlari, nefrologlar va otolaringologlar uchun ishlab chiqildi va tatbiq etildi (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2016 yil 16 iyundagi 8N-3/45-son ma’lumotnomasi);
BYoB kasalliklarini tashxislash va davolash hamda prognozi bo‘yicha ishlab chiqilgan mezoni sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi LOR klinikasi hamda Sog‘liqni saqlash vazirligi qoshidagi tibbiyot-sanitariya birlashmasining 2-Markaziy klinik shifoxonasi LOR bo‘limining amaliyotiga tatbiq qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2016 yil 16 iyundagi 8N-3/45-son ma’lumotnomasi);
SGN bemorlarni statsionarda bo‘lish muddati, dori-darmonlarga talabi, nogironlik nafaqasi to‘lovi va reabilitatsiya muddati qisqarishi bilan samara berdi.