Sulaymanov Odiljon Rabbimovichning
 fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sud hokimiyati mustaqilligiga oid xalqaro-huquqiy standartlarni implementatsiya qilishning tashkiliy-huquqiy masalalari”, 12.00.10 – Xalqaro huquq (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.DSc/Yu120.
Ilmiymaslahatchi: Saidov Akmal Xolmatovich, yuridikfanlardoktori, professor, akademik.
Dissertatsiya bajarilganmuassasanomi: O‘zbekiston Respublikasi Sud`yalar oliy kengashi huzuridagi Sud`yalar oliy maktabi.
IK faoliyatko‘rsatayotganmuassasanomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazi, DSc.07/27.02.20.
Rasmiy opponentlar: Mamatov Xudoyor Teshaevich, yuridik fanlar doktori, professor; Umaraxunov Irkin Mirzaxidovich, yuridik fanlar doktori; Ismailova Gulnoza Saydiganixodjaevna, yuridik fanlar doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi:nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi sud hokimiyati mustaqilligiga oid xalqaro standartlarni O‘zbekiston milliy qonunchiligiga implementatsiya qilishning nazariy metodologik jihatlarini kompleks tadqiq etish orqali, sud hokimiyati mustaqilligi prinsipini ta’minlashning xalqaro va milliy mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy asoslantirilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sud hokimiyati mustaqilligi va inson huquqlari bo‘yicha boshqa tegishli xalqaro standartlarga muvofiq BMT doirasida sud organlari hisobdorligi prinsipini aniqlash va qo‘llashni tartibga soluvchi xalqaro shartnomani qabul qilish zarurati asoslantirilgan;
sud hokimiyati mustaqilligiga oid xalqaro standartlar ishning mustaqil va xolis sudlar tomonidan adolatli ko‘rib chiqilishi huquqini ko‘zda tutadi. Ularga muvofiq, ishning mustaqil va xolis sud tomonidan ko‘rib chiqilishiga bo‘lgan huquq mutlaq hisoblanib, hech qanday istisnolarsiz ta’minlanishi, odil sudlovga erishish barcha uchun ochiq va oson bo‘lishi hamda adolatli sud muhokamasining ta’minlanishi kafolatlangan bo‘lishi kerakligi asoslantirilgan;
odil sudlovning axloqiy-etik jihatlari sud hokimiyati mustaqilligini ta’minlashning muhim ko‘rsatkichi hisoblanadi. Sud`ya, odil sudlovni amalga oshirish bilan bog‘liq kasbiy faoliyatida va xizmatdan tashqari vaqtda namunali hayot etik normalariga rioya qilishi, namunali hayot tarziga ega bo‘lishi kerak. Aynan ushbu jihatlar odil sudlov samaradorligini belgilovchi muhim omillar hisoblanishi asoslantirilgan;
sud mustaqilligini ta’minlashda sud`yalar korpusini shakllantirish faqatgina xolis mezonlar: qobiliyati, axloqiy fazilatlari katta ish va hayotiy tajribaga ega ekanligi inobatga olinishi asosida amalga oshirilishi va bu jarayon har qanday siyosiy ta’sirdan xoli, shaffof va ochiq bo‘lishi hamda bu boradagi qaror sud hokimiyatining mustaqil kengashi tomonidan qabul qilinishi lozimligi asoslantirilgan;
xalqaro standartlarga muvofiq sud raislarining vakolati vakillik va ma’muriy funksiyalar bilan cheklanishi kerakligi, ular sud`yalarni tanlash hamda sud`yalarga nisbatan intizomiy javobgarlik ishlari muhokamasida ishtirok etmasliklari lozimligi asoslantirilgan;
sud hokimiyatini hokimiyatning boshqa tarmoqlaridan mustaqil deb hisoblash uchun sud hokimiyatining institusional mustaqilligi: sud funksiyasini to‘g‘ridan-to‘g‘ri amalga oshirishga oid ma’muriy masalalarda ijro etuvchi va qonun chiqaruvchi hokimiyatlardan mustaqilligi; moliyaviy ta’minoti: moliyaviy masalalarda ijro hokimiyatidan mustaqil va o‘z funksiyalarini samarali amalga oshirish uchun etarli mablag‘ga ega bo‘lishi; sud`yalik lavozimini egallash muddati: sud`yalarning uzoq kafolatlangan muddatga lavozimga tayinlanmasligi, asossiz bosim ostida qolishiga va faoliyatiga aralashishlarga olib kelishi mumkinligi asoslantirilgan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Sud hokimiyati mustaqilligiga oid xalqaro-huquqiy standartlarni implementatsiya qilishning tashkiliy-huquqiy masalalari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
sud ta’qibini amalga oshiradigan shaxslarning mustaqil va xolis faoliyat yuritishi uchun imkoniyatlar va huquqiy kafolatlarni ta’minlashga yo‘naltirilgan taklifi BMT Inson huquqlari bo‘yicha Kengashining 2020 yil 14 iyuldagi 44/L7-son “Sud hokimiyati, xalq maslahatchilari, asessorlar hamda advokatlarning mustaqilligi va xolisligi to‘g‘risida”gi Rezolyusiyaning 8-bandida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasining Jeneva shahridagi BMT bo‘linmasi va boshqa xalqaro tashkilotlar huzuridagi Doimiy vakolatxonasining 2020 yil 28 avgustdagi UZ/UN/20-218-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflar sud ta’qibini amalga oshiruvchi shaxslarning mustaqil va xolis faoliyat yuritishi uchun huquqiy kafolatlarni ta’minlashga xizmat qilgan;
sud`yalar, sud ta’qibini amalga oshiradigan shaxslar va advokatlarga nisbatan ishning taraflaridan har qanday sababga ko‘ra sodir etiladigan kuch ishlatish, qo‘rqitish yoki qasos olish harakatlarining oldini olishga hamda o‘z vazifalarini bajarishlari natijasida ularning, oila a’zolarining va yordamchilarining davlat organlari yoki nodavlat sub’ektlar tomonidan kuch ishlatish, qasos olish, qo‘rqitish, siquvga olishning barcha shakllaridan daxlsizligini ta’minlash, shuningdek, bunday harakatlarni qoralash va aybdorlarni javobgarlikka tortishga qaratilgan taklifi BMT Inson huquqlari bo‘yicha Kengashining 2020 yil 14 iyuldagi 44/L7-son “Sud hokimiyati, xalq maslahatchilari, asessorlar hamda advokatlarning mustaqilligi va xolisligi to‘g‘risida”gi Rezolyusiyaning 9-bandida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasining Jeneva shahridagi BMT bo‘linmasi va boshqa xalqaro tashkilotlar huzuridagi Doimiy vakolatxonasining 2020 yil 28 avgustdagi UZ/UN/20-218-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflar sud`yalar, sud ta’qibini amalga oshiradigan shaxslar va advokatlar daxlsizligini ta’minlash hamda aybdorlarni javobgarlikka tortishni ta’minlashga xizmat qilgan;
sud`yalar, advokatlar, sud ta’qibini amalgan oshiruvchi barcha shaxslar uchun inson huquqlari bo‘yicha maxsus va fanlararo tayyorgarlikni ta’minlash orqali odil sudlovni amalga oshirishda kamsitilishga qarshi kurashish bo‘yicha, shu jumladan, irqchilikka qarshi, madaniy, gender, bola huquqlariga oid choralarni qabul qilishga qaratilgan taklifi BMT Inson huquqlari bo‘yicha Kengashining 2020 yil 14 iyuldagi 44/L7-son “Sud hokimiyati, xalq maslahatchilari, asessorlar hamda advokatlarning mustaqilligi va xolisligi to‘g‘risida”gi Rezolyusiyaning 12-bandida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasining Jeneva shahridagi BMT bo‘linmasi va boshqa xalqaro tashkilotlar huzuridagi Doimiy vakolatxonasining 2020 yil 28 avgustdagi UZ/UN/20-218-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflar sud`yalar, advokatlar, sud ta’qibini amalgan oshiruvchi barcha shaxslar uchun inson huquqlari bo‘yicha maxsus va fanlararo tayyorgarlikdan o‘tishini ta’minlashga xizmat qilgan;
favqulodda holatlarda, shu jumladan, COVID-19 pandemiyasi va boshqa inqirozli holatlarda adolatli sud muhokamasiga va boshqa asosiy huquq va erkinliklarga muvofiq odil sudlovga samarali erishish, shu jumladan, sud faoliyatining belgilangan huquqiy tartibotini va uzluksizligini ta’minlash, funksionallik, hisobdorlik, shaffoflik va xolislikni saqlab qolish uchun sud organlarini zarur resurslar va imkoniyatlar bilan ta’minlash. Shu bilan birga, ishning mustaqil va xolis sud tomonidan ko‘rib chiqilishi huquqi hech qanday istisnolarsiz ta’minlanishi lozimligi to‘g‘risidagi taklifi BMT Inson huquqlari bo‘yicha Kengashining 2020 yil 14 iyuldagi 44/L7-son “Sud hokimiyati, xalq maslahatchilari, asessorlar hamda advokatlarning mustaqilligi va xolisligi to‘g‘risida”gi Rezolyusiyaning 17-bandida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasining Jeneva shahridagi BMT bo‘linmasi va boshqa xalqaro tashkilotlar huzuridagi Doimiy vakolatxonasining 2020 yil 28 avgustdagi UZ/UN/20-218-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflar favqulodda holatlarda, shu jumladan, COVID-19 pandemiyasi davrida adolatli sud muhokamasiga va boshqa asosiy huquq va erkinliklarga muvofiq odil sudlovga samarali erishish va ishning mustaqil va xolis sud tomonidan ko‘rib chiqilishi huquqi hech qanday istisnolarsiz ta’minlanishiga xizmat qilgan;
sudlarning mustaqilligini va xolisligini ta’minlash maqsadida sud`yalar hamjamiyati organlari faoliyatining huquqiy asoslarini shakllantirish hamda “Xabeas korpus” institutini yanada takomillashtirish yo‘li bilan inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlashda sud hokimiyatining rolini oshirish to‘g‘risidagi taklif “Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining Milliy strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 22 iyundagi PF-6012-son Farmoni bilan tasdiqlangan Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining Milliy strategiyasi IV-Milliy strategiyani amalga oshirishning asosiy yo‘nalishlari 1-bandi to‘rtinchi xatboshisida foydalanilgan (Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi milliy markazining 2020 yil 7 avgustdagi 01/684-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy strategiyasining shaxsiy va siyosiy huquqlarni himoya qilish sohasidagi ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida xizmat qilgan;
sudlarda ishlar sud`yalarning ish hajmi va ixtisoslashuvi hisobga olingan holda, sud`yalar o‘rtasida ishlarni taqsimlashga sud muhokamasi natijasidan manfaatdor bo‘lgan shaxslarning ta’sir ko‘rsatishi istisno etiladigan tartibda, avtomatlashtirilgan axborot tizimidan foydalangan holda taqsimlanishi to‘g‘risidagi taklif “Sud ishlarini yuritish tartibi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 2020 yil 10 martda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga asosan O‘zbekiston Respublikasining “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonuni 691-moddasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2020 yil 25 avgustdagi 06/1-05/2210-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif sudlarda ishlarni xolis, sud raislarining ishlarni taqsimlashdagi rolini bekor qilgan holda va sud muhokamasi natijasidan manfaatdor bo‘lgan shaxslarning ta’sir ko‘rsatishi istisno etiladigan tartibda, avtomatlashtirilgan axborot tizimidan foydalangan holda taqsimlanishiga xizmat qilgan;
Konstitutsiyaviy sud sud`yasining vakolat muddati — birinchi marta saylanganda besh yilni, ikkinchi marta saylanganda o‘n yilni tashkil etadi degan norma “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi Qonuni loyihasining 6-moddasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining 2020 yil 26 avgustdagi 02-09/846-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflar sud`yalarning uzoq kafolatlangan muddatga lavozimga tayinlanishi yoki saylanishi, ularning asossiz bosim ostida qolishiga va turli xil sub’ektlar, ijro hokimiyati, sud tizimi ierarxiyasi va tayinlovchi organ tomonidan ularning faoliyatiga aralashishlardan xoli bo‘lishiga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish