Ibragimov Fazil Axmedovichning

doktorlik dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Onkologik kasalliklarni davolashda soyadan olingan oqsil preparatining biologik faolligi», 02.00.10–Bioorganik kimyo (biologiya fanlari).

Talabgorning ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat olib borishga layoqati bo‘yicha test sinovidan o‘tgani haqida ma’lumot: /biologiya fanlari nomzodi/.

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 30.09.2014/B2014.5.V68.

Ilmiy maslahatchi: Kadirova Dil`bar Abdullaevna, biologiya fanlari doktori.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Bioorganik kimyo instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Bioorganik kimyo instituti, O‘zbekiston Milliy universiteti, 14.07.2016.K/V/T.13.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.

Rasmiy opponentlar: Saitmuratova Ogul`djan Xudaybergenovna, biologiya fanlari doktori, dotsent; Buglanov Anatoliy Ayushevich, biologiya fanlari doktori; Gafur-Axunov Mirza Allayarovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: Immunologiya instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: soyadan oqsil kompleksi ajratish, uning fizik-kimyoviy, farmako-toksikologik tavsiflari, saratonga qarshi faolligini o‘smaning har xil turlarida in vivo, biopsiya materialida ko‘krak bezi, endometriya va yo‘g‘on ichak saratonini in vitro aniqlashdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

soyadan oqsil kompleksi ajratib olingan va uning fizik-kimyoviy, farmakologik hamda toksikologik xossalari aniqlangan;

oqsil 12,7-79,0 kDa molekulyar massaga ega polipeptidlar kompleksidan tarkib topganligi,
pI -4,1; 4,2; 4,5 va 4,7 lardagi izoelektrik nuqtaga egaligi isbotlangan;

mass-spektrometriya usuli bilan oqsil kompleksida proteazalar Kunits ingibitori aniqlangan;

oqsil kompleksining in vitro va in vivo sharoitlarida xafvli o‘smaga, shamollashga qarshi faolligi hamda immunmodullovchi va antikanserogen xossalari aniqlangan,

soya dukkaklaridan olingan polipeptidlar kompleksi asosida «Biokor-0,2g» preparati yaratilgan va uning tabletka ko‘rinishidagi dori shakli ishlab chiqilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:

Mahalliy o‘simlik xomashyosi asosida saratonga qarshi dori vositalarini yaratish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

soya kunjarasidan saratonga qarshi faollikka ega oqsil va uni ajratish usuliga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan (IAP 04501, 2012). Ilmiy tadqiqot natijasida onkologik kasalliklarni davolash uchun «Biokor-0,2g» tabletka dori shakli ishlab chiqish imkonini berdi;

soyadan ajratilgan o‘smaga qarshi faollikka ega oqsil komleksi bo‘yicha natijalar EMBL p86527 ma’lumotlar bazasida ro‘yxatdan o‘tkazilgan (http://www.ebi.ac.uk). «Biokor-0,2g» preparati AKATOL, AKATON, melanoma V-16 va Sarkoma 180 kabi payvandlangan o‘sma shtammlarida o‘smaga qarshi faollik namoyon qilgan va saraton to‘qimasining o‘sishini sekinlashtirgan. «Biokor-0,2g» preparati 5-ftoruratsil berilgan o‘sma-tashuvchi hayvonlar immun tizimining qayta tiklanishiga yordam berishi, o‘smaga qarshi preparatlarning davolovchi ta’sirini yaxshilashi va o‘sma-tashuvchi hayvonlar immunitetini oshirishi tasdiqlangan. Tadqiqot natijalari o‘simlik oqsillari asosida onkologik  kasalliklarni  davolashda yangi yo‘nalishga va samarali  dorivor vositalar yaratish imkonini beradi. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish