Tajenova Gulbaxor Esbosinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksportini moliyalashtirish amaliyotini takomillashtirish», 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/Iqt665.
Ilmiy rahbar: Isakov Janabay Yakipbaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universitetining Nukus filiali.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Abdullaeva Sharbat Zulpikarovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Xaydarov Nizamiddin Xamraevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksportini moliyalashtirish amaliyotini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tijorat banklari tomonidan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksporti bo‘yicha ochiladigan hujjatlashtirilgan akkreditivlar hajmini oshirish yo‘li bilan moliyalashtirish ko‘lamini kengaytirish asoslangan;
kreditlar foizini davlat tomonidan subsidiyalash yo‘li bilan qishloq xo‘jalik mahsulotlari eksportini moliyalashtirish amaliyoti takomillashtirilgan;
qishloq xo‘jalik mahsulotlari eksportini kreditlash imkoniyatini banklarning joriy likvidliligini oshirish orqali kengaytirish asoslangan;
xorijiy banklardan jalb qilinadigan va qat’iy belgilangan stavkaga ega bo‘lgan xalqaro kreditlar hajmini oshirish yo‘li bilan qishloq xo‘jalik mahsulotlari eksportini moliyalashtirish qamrovini kengaytirish taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksportini moliyalashtirish amaliyotini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tijorat banklari tomonidan qishloq xo‘jalik mahsulotlari eksporti bo‘yicha ochiladigan hujjatlashtirilgan akkreditivlar hajmini oshirish yo‘li bilan moliyalashtirish ko‘lamini kengaytirish taklifi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 5-son buyrug‘ida o‘z aksini topgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 27 martdagi 03/010-737-son ma’lumotnomasi). Taklifni qo‘llash natijasida Qoraqalpog‘iston Respublikasida qishloq xo‘jalik mahsulotlarini eksport qiluvchi sub’ektlarning eksporti bo‘yicha banklar tomonidan ochilgan hujjatlashtirilgan akkreditivlar summasi 11,4 foizga oshishi ta’minlangan;
kreditlarning foizini davlat tomonidan subsidiyalash yo‘li bilan qishloq xo‘jalik mahsulotlari eksportini moliyalashtirish amaliyotini takomillashtirish taklifi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 5-son buyrug‘ida o‘z aksini topgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 27 martdagi 03/010-737-son ma’lumotnomasi). Taklifni qo‘llash natijasida uzum, qovun va tarvuzlar eksporti hajmini 56,3 foizga oshishi ta’minlangan;
qishloq xo‘jalik mahsulotlari eksportini kreditlash imkoniyatini banklar joriy likvidliligini oshirish orqali kengaytirish taklifi Aksiyadorlik-tijorat “Agrobank”ning keredit siyosatida o‘z aksini topgan (AT “Agrobank”ning 2020 yil 28 apreldagi 04-24/223-son ma’lumotnomasi). Taklifni qo‘llash natijasida muddati o‘tgan kreditlar va ehtimoliy yo‘qotishlar zaxirasining me’yoriy darajasini ta’minlash orqali Agrobankda joriy likvidlilik koeffisientining 0,36 punktga oshishiga erishilgan;
xorijiy banklardan jalb qilinadigan va qat’iy belgilangan stavkaga ega bo‘lgan xalqaro kreditlar hajmini oshirish yo‘li bilan qishloq xo‘jalik mahsulotlari eksportini moliyalashtirish qamrovini kengaytirish taklifi Aksiyadorlik-tijorat “Agrobank”ning keredit siyosatida o‘z aksini topgan (AT “Agrobank”ning 2020 yil 28 apreldagi 04-24/223-son ma’lumotnomasi). Taklifni qo‘llash natijasida xorijiy banklardan jalb qilingan uzoq muddatli kreditlar miqdorining bank majburiyatlari umumiy hajmidagi ulushi 1,1 foizga oshishi ta’minlangan.