Baxadirxanov Muxamedzarif Muxamed Kabirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Uretraning bul`bar-membranoz qismi obliteratsiyasini endoskopik davolash», 14.00.31 – «Urologiya» (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Tib1002.
Ilmiy raxbar: Nasirov Furkat Raufovich, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi DSc.04/30.12.2019.Tib.49.01.
Rasmiy opponentlar: Gaybullaev Asilbek Asadovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Yuldashev Fayzulla Yuldashevich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Qirg‘iziston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Milliy gospital` huzuridagi Respublika urologiya milliy markazi
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: rentgenoskopik nazorat ostida amalga oshiriluvchi, uretraning endoskopik rekanalizatsiyasi usulidan foydalanish yo‘li bilan uretraning bul`bar-membranoz qismi obliteratsiyasi bo‘lgan bemorlarni davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
strikturalarning eng ko‘p uchrovchi joylashuvi uretraning bul`bar qismida bo‘lishi, bu esa spongioz tana nisbatan zich bo‘lgan parauretral bezlarning ko‘p to‘planishi bilan bog‘liqligi aniqlangan;
yosh erkaklarda strikturalar rivojlanishining asosiy sabablari uretra shikastlanishi bilan kechuvchi oraliq va chanoq suyaklari jaroxatlari ekanligi, yoshi katta va keksa bemorlar guruxida esa avval transuretral va siydik pufagi orqali o‘tkazilgan amaliyotlar ustunlik qilishi ko‘rsatilgan;
erkaklarda rentgenoskopik nazorat ostida uretra rekanalizatsiyasi va obliteratsiya sohasidagi chandiqli to‘qimaning elektrorezeksiyasidan iborat bo‘lgan uretraning bul`bar-membranoz qismi obliteratsiyasini endoskopik davolash usuli ishlab chiqilgan;
rentgenoskopik nazorat ostida bajariladigan, uretraning endoskopik rekanalizatsiyasini qo‘llash imkoniyatlari mezonlari sifatida, uretraning bul`bar-membranoz qismi obliteratsiyasining uzunligi, uretra oxirlarining siljishi va uretral siydik oqmalarining mavjud bo‘lmasligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Uretra obliteratsiyasi bo‘lgan bemorlarni endoskopik davolashni yaxshilash bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijalariga ko‘ra:
«Uretraning bul`bar-membranoz qismi obliteratsiyasini endoskopik davolash usuli» ishlab chiqilgan (O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining 2017 yil 13 apreldagi IAP 05389-sonli ixtiro uchun patenti). Uretraning bul`bar-membranoz qismi obliteratsiyasi bo‘lgan bemorlarni endoskopik davolashda taklif etilgan usulni qo‘llash, davolash samaradorligi oshirish, ilgari doimiy drenaj bilan yurishga majbur bo‘lgan bemorlarda mustaqil siydik ajratishni tiklash imkonini bergan;
uretraning bul`bar-membranoz qismi obliteratsiyasi bo‘lgan bemorlarni davolash samaradorligini yaxshilash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar amaliy sog‘liqni saqlash faoliyatiga, xususan, Respublika ixtisoslashtirilgan urologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Xorazm filiali va U.Xalmuratov nomidagi Qoraqalpog‘iston Respublikasining Respublika ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining urologiya bo‘limlariga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 9 dekabrdagi 8n-z/181-son ma’lumotnomasi). Tadqiqotning taklif etilgan natijalari asosida uretraning bul`bar-membranoz qismi obliteratsiyasi bo‘lgan bemorlarga ixtisoslashtirilgan yuqori texnologiyali tibbiy yordam ko‘rsatish xajmi kengaytirildi, bu esa tashrixdan keyingi erta va kechki asoratlar rivojlanish xavfini kamaytirish, kasallikning erta va kechki muddatlardagi qaytalanishlarini qisqartirish xamda davolash va reabilitatsiya muddatini kamaytirish imkonini bergan.