Aytjanov Baxitjan Uzaqbaevichning

doktorlik dissertatsiyasihimoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qurg‘oqchilikka bardoshli bo‘lgan g‘o‘za va kungaboqarning murakkab duragaylash asosidagi seleksiyasi», 06.01.05–Seleksiya va urug‘chilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).

Talabgorning ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat olib borishga layoqati bo‘yicha test sinovidan o‘tgani haqida ma’lumot: /qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi/.

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 30.06.2015/B2015.2.Qx195.

 Ilmiy maslahatchi: Ibragimov Paridun Shukurovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpog‘iston dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti va Andijon qishloq xo‘jalik instituti, 14.07.2016.Qx.22.01.

Rasmiy opponentlar: Narimanov Abdujalil Abdusamatovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori; Ergashev Ibragim Tashkentovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Axmedov Djamalxan Xodjaxanovich, biologiya fanlari doktori.

Yetakchi tashkilot: Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: g‘o‘zada murakkab duragaylash uslublari orqali suv tanqisligiga bardoshli, tola sifati yuqori IV va V tipga xos bo‘lgan va kungaboqarda serhosil, yuqori moydor belgilarining tezpisharlik bilan jipslashishini aniqlagan holda yangi navlarini yaratishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

ilk bor Qoraqalpog‘iston tuproq iqlim sharoitida modellashtirilgan qurg‘oqchilik sharoitlarida g‘o‘zada G.hirsutum L. va kungaboqarda esa Helianthus annuus L. turlariga mansub yangi navlarda hamda ularning oddiy va murakkab duragaylarida fiziologik hamda qimmatli xo‘jalik belgilari bo‘yicha genotipik polimorfizmi aniqlangan;

suv tanqisligi sharoitida ushbu belgilarning stressga fiziologik moslashuvchanligining o‘zgarishi, bu o‘zgaruvchanlik belgilarning poligen xususiyati va genotip muhitga o‘zaro ta’siri isbotlangan;

kungaboqar va g‘o‘zada qurg‘oqchilikka chidamlilikning seleksiyasi, murakkabligi, genotipning yuqoriligi, olingan duragay avlod oilalaridan suv tanqisligiga chidamli bo‘lgan biotiplarni ajratib olinishi aniqlangan;

oddiy va murakkab duragaylash uslublari orqali yaratilgan duragaylarda qimmatli xo‘jalik belgilarning irsiylanishi, o‘zgaruvchanligi va shakllanishiga qiyosiy baho berish asosida asosiy qimmatli xo‘jalik belgilarning genetik tabiati hamda belgilarning yangi genetik o‘zgaruvchanligiga ega yuqori avlod duragaylarini ajratib olishdagi samaradorligi aniqlangan;

tur ichida oddiy va murakkab duragaylashning uslublari orqali qurg‘oqchilikka bardoshli ba’zi salbiy korrelativ bog‘liklarini uzish, g‘o‘zada yuqori tezpisharlik va mahsuldorlik, tola chiqimi va sifati va boshqa belgilarning, kungaboqarda esa tezpishar, serhosil, yuqori moydor, mag‘iz chiqimi va boshqa belgilarning yuqori majmuasiga ega rekombinantlar ajratib olish mumkinligi aniqlangan;

ajratib olingan asosiy xo‘jalik belgilari mujassamlashgan oila va tizmalardan amaliy seleksiyada qurg‘oqchilikka bardoshli kungaboqarda yuqori moydor va mahsuldor, g‘o‘zada tola sifati yuqori bo‘lgan serhosil, qimmatli manba sifatida foydalanib, yangi navlar yaratilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:

Qurg‘oqchilikka bardoshli g‘o‘za va kungaboqar navlarini yaratish bo‘yicha olib borilgan ilmiy izlanishlar asosida:

murakkab va oddiy tur ichida duragaylash uslublarini qo‘llash orqali yaratilgan g‘o‘zaning KK-3543 naviga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining patenti olingan (UZ NAP 00131. 30.06.2016);

murakkab va oddiy tur ichida duragaylash uslublarini qo‘llash orqali yaratilgan g‘o‘zaning KK-3506 naviga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining patenti olingan (UZ NAP 00138. 31.08.2016);

kungaboqarning KK-60 navi oddiy navlar aro duragaylash va tanlash orqali yaratilgan va ekish uchun qishloq xo‘jalik ekinlarining Davlat reestriga kiritilgan (Qishloq xo‘jalik ekinlarini nav sinash Davlat komissiyasining 03.06.2016 yildagi 53/4-208-son ma’lumotnomasi). Bunda kungaboqar KK-60 navining don hosildorligi andoza navga nisbatan gektariga 2,6 sentnerga, 1000 dona vazni 1,0 grammga yuqori bo‘lgani aniqlangan.

oddiy va murakkab ikkita uzoq tur ichi navlar va duruagaylar ora chatishtirish va tanlash orqali yaratilgan KK-3543 va KK-3506 g‘o‘za navlari Ellikqa’la, Jizzax va Piskent nav sinash uchastkalarida joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 14.10.2016 yildagi 01/04-1253-son ma’lumotnomasi). Bunda mazkur navlardan andoza S-4727 naviga nisbatan gektariga 3,6–4,0 qo‘shimcha paxta hosili olingan, tola chiqimi 0,8 foizga yuqori bo‘lgan va ko‘saklarning ochilishi tezlashishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish