Ahmedova Xilolaxon Avazovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Neftgaz konlarining ishlash tizimlarini yo‘ldosh neft` gazini chiqarib olish darajasiga ta’siri», 11.00.05 – Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/T1254.
Ilmiy rahbar: Musaev Ma’ruf Nabievich, texnika fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti huzuridagi DSc.03/05.06.2020.T.03.06 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Murodov Shuxrat Odilovich, texnika fanlari doktori, professor; Xudaybergenova Al`fiya Anvarovna, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: yo‘ldosh neft` gazidan foydalanish samaradorligini oshirish va uglevodorod konlarini ishlashda er yuzasining cho‘kishini baholash uchun matematik modelini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
neftgazkondensat konlarini ishlashda atmosferaga eng kam zararli moddalarni chiruvchi neft` va gazni bir vaqtda olish tizimi asoslangan;
neft` gazidan foydalanish hajmini baholash imkonini beruvchi quduq usti bosimi va gaz omili kattaligi, quduqni neft` bo‘yicha debiti va gaz omili kattaligi orasidagi bog‘liqliklari aniqlangan;
uglevodorod konlarini ishlash jarayonida er sathining cho‘kish kattaligiga ta’sir etuvchi geologik ko‘rsatkichlar va ularning ta’sir darajasi asoslangan;
uglevodorod konlarini ishlash jarayonida er yuzasining cho‘kishini tezkor baholash uchun matematik model` ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Neftgaz onlarining ishlash tizimlarini yo‘ldosh neft` gazini chiqarib olish darajasiga ta’siri bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Ustki bosimi va gaz omili katta quduqlarni neftni gazdan ajratib olish qurilmasiga ulab yo‘ldosh neft` gazini ajratib olish texnologiyasi “Gissarneftgaz” QKning Shakarbuloq neftgazkondensat konida amaliyotga joriy etilgan (“O‘zbekneftgaz” AJning 2020 yil 4 sentyabrdagi 05/25-1-101-son ma’lumotnomasi). Natijada, mash’alalarda yoqib yuborilayotgan yo‘ldosh neft` gazining 86,9 % ajratib olib iste’molchiga etkazish imkonini bergan;
quduq debitini va ustki bosimini gaz omilidan bog‘liqliklariga asoslangan yo‘ldosh neft` gazi hajmini hisoblash usuli “Gissarneftgaz” QKning Shakarbuloq neftgazkondensat konida atmosferaga tashlanayotgan zararli moddalar miqdorini aniqlashda joriy etilgan (“O‘zbekneftgaz” AJning 2020 yil 4 sentyabrdagi 05/25-1-101-son ma’lumotnomasi). Natijada, kunlik atmosferaga tashlanayotgan zararli moddalarni: uglerod ikki oksidini – 0,421 t, metanni – 0,223 t va qurumni – 0,230 t kamaytirilganligini asoslash imkonini bergan.