Qurbanova Nodira Navruzovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Kavergal, geranil va katatsin preparatlarining molekulyar ta’sir mexanizmlarini o‘rganish», 03.00.01 – Biokimyo, 14.00.17 – Farmakologiya va klinik farmakologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/V498. 
Ilmiy rahbarlari: Inoyatova Feruza Hidoyatovna, biologiya fanlari doktori, professor; Xushbaktova Zaynab Abduraxmanovna, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi huzuridagi DSc.04/30.12.2019.Tib.30.03 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Abdullaeva Muborak Muxsinovna, biologiya fanlari doktori, professor; Allaeva Munira Jo‘raqulovna, biologiya fanlari doktori, dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatiga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: kavergal, geranil va katatsinlarning gepatoprotektor ta’sir mexanizmlarini jigarning o‘tkir geliotrinli shikastlanishi modelida solishtirma baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor jigarni o‘tkir toksik shikastlanishida yangi o‘simlik preparatlari katatsin va geranilning gepatoprotektorlik hususiyatlari aniqlangan, ularni qo‘llash sitoliz, xolestaz, mezenximal yallig‘lanish va jigar-hujayra etishmovchiligi ko‘rsatkichlarini bartaraf etishda samaradorligi isbotlangan;
katatsin va geranil gepatoprotektorlik hususiyatlari bo‘yicha standart karsil dori vositasidan qolishmasligi va antigipoksant kavergalga nisbatan ancha yuqoriligi isbotlangan;
o‘tkir toksik gepatitni yangi katatsin va geranil preparatlari bilan eksperimental korreksiyalash etaminal narkozi uyqu davomiyligini ishonarli qisqartirishi va ularni yot moddalar biotransformatsiyasiga ijobiy ta’siridan dalolat berishi, ularning bu xususiyati karsil dorisidan qolishmasligi va kavergaldan ancha ustunligi  baholangan;
o‘tkir geliotlinli gepatit modelida katatsin va geranil antioksidant xususiyatga ega bo‘lib, jigar gomogenatida malon dial`degid miqdorini kamaytirishi, katalaza fermentini faollashtirishi va bu xususiyatlari bo‘yicha karsil va kavergaldan yuqoriligi isbotlangan;
hayvonlarda chaqirilgan o‘tkir toksik gepatitda yallig‘lanishni keltirib chiqaruvchi sitokinlar miqdori keskin oshishi kuzatilib, flavonoidli va proantatsianidinli yangi dori vositalar ular miqdorini kamaytiradi, katatsin va geranilning bunday xususiyati solishtirma preparatlarga nisbatan yuqoriligi tasdiqlangan;
o‘tkir toksik geliotrinli gepatitda immun va, ayniqsa apoptoz yo‘llarini faollashivi aniqlangan, katatsin va geranilning gepatoprotektiv ta’sirini gepatotsitlar apoptozini susayishi bilan bog‘liqligi isbotlangan;
ilk bor yangi dori vositalarni gepatoprotektorlik xususiyati morfologik tasdiqlangan, geranilning ta’siri oqsil sintezini jadallashishi, jigarning immunoregulyator xususiyatini faollashuvi va safro ajratish yo‘llarini tiklanishi bilan bog‘liq bo‘lsa, katatsin va karsilning ta’siri gepatotsitlar strukturasini tiklanishi bilan bog‘liqligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Kavergal, geranil va katatsin dori vositalarining molekulyar ta’sir mexanizmlarini o‘rganish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
«Jigarning toksik zararlanishini mahalliy dori vositalari bilan davolash» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 13 martdagi 8n-d/56-son ma’lumotnomasi). Natijada, turli etiologiyali jigarning toksik zaharlanishida mahalliy dori vositalarning samaradorligini baholash va jigar kasalliklarni kamaytirish imkonini bergan;
Kavergal, geranil va katatsin dori vositalarining molekulyar ta’sir mexanizmlarini baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Toshkent tibbiyot akademiyasi huzuridagi oliy o‘quv yurtlariaro ilmiy tadqiqot laboratoriyasi, Toshkent Davlat stomatologiya instituti qoshidagi stomatologiya va yuz-jag‘ jarrohligi hamda Respublika patologik anatomiya byurosi fundamental tadqiqotlar laboratoriyalari amaliyotiga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 3 avgustdagi 8n-z/93-son ma’lumotnomasi). Natijada, jigarning toksik zararlanishini davolash samaradorligini ortishi, o‘lim darajasi va asoratlar rivojlanishining pasayish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish