Yun Shi Nening 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Globallashuv davrida o‘zbek va koreys xalqlari jamoa institutlari va marosimlaridagi o‘zgarishlar”. 07.00.07 – Etnografiya, etnologiya va antropologiya (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqami: V.2020.4.RhD/Tar67.
Ilmiy rahbar: Adhamjon Azimbaevich Ashirov, tarix fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix instituti, DSc.02/30.12.2019.Tar.56.01.
Rasmiy opponentlar: Doniyorov Alisher Xudoyberdievich, tarix fanlari doktori, professor; Bo‘riev Ochil, tarix fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi globallashuv jarayonida o‘zbek va koreys xalqlari jamoa institutlari va milliy an’analari transformatsiyasini etnologik yo‘nalishda ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
o‘zbek mahallasi va koreys mail institutining ma’muriy-hududiy birlik sifatida shakllanish tarixi, ularning vazifasi (jamoa a’zolarini o‘zaro bir-biriga yordam berish va hamkorlikda faoliyat olib borish), boshqaruv usuli, jamoa yetakchisi – oqsoqolni tayinlash mezonlari (katta hayotiy tajriba, jamoada obro‘-e’tiborli va erkak kishi bo‘lishi) umumiy ekanligi aniqlangan;
o‘zbek va koreys xalqlarining xo‘jalik hayoti va turmush-tarzi bilan bog‘liq an’ana (“hashar” va “Dure (두레)”, “Pumashi (품앗이))larning mazmun-mohiyati, maqsadi va vazifasiga ko‘ra o‘xshash ekanligi tarixiy manbalar hamda etnografik materiallar asosida ochib berilgan; 
har ikki xalq dunëqarashida oila doimo muqaddas hisoblangan va inson haëtining muhim bosqichlari bilan bog‘liq marosim (sunnat va nikoh to‘ylari, Guanre (관례, 冠禮) va Gere (계례, 筓禮))lar mohiyatan oila va jamoa haëtidagi muhim innisiatsion xarakterdagi etnolokal an’analardan tashkil topganligi ko‘rsatib berilgan; 
o‘zbek va koreys xalqlarining oy va quyosh taqvimiga oid arxaik qarashlari, taqvimiy marosimlar (“oblo baraka”, “yaldo kechasi”, “navro‘z”, “gimjang”, “shingjong”, “sol”)dagi umumiy xususiyatlar etnografik materiallar asosida dalillangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
O‘zbek va koreys xalqlarining jamoa institutlari va marosimlari bo‘yicha bajarilgan tadqiqot yuzasidan ishlab chiqilgan ilmiy xulosalar va takliflar asosida: 
o‘zbek va koreys xalqlarida mahalla hamda mail jamoalarining tuzilishi va vazifalariga ko‘ra mohiyatan umumiy ekanligiga oid mulohazalardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasining Koreys milliy markazi faoliyatini takomillashtirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasining 2020 yil 20 noyabrdagi 01-07-1415-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalari polietnik O‘zbekistonda millatlararo munosabatlarning takomillashuvi, turli etnoslarning milliy-madaniy qadriyatlarini keng targ‘ib qilish, yoshlarni milliy an’analarga hurmat va diniy bag‘rikenglik g‘oyalari asosida tarbiyalashga xizmat qilgan; 
o‘zbek mahallasi va koreys jamoalarining vazifasi (jamoa a’zolarini o‘zaro bir-biriga yordam berish va hamkorlikda faoliyat olib borish), boshqaruv usuli bilan bog‘liq ilmiy xulosalardan “Sharq xalqlari etnomadaniyati”, “Koreys va o‘zbek xalqlari etnologiyasi”, “Turkiy xalqlar antropologiyasi” kabi maxsus kurslar tashkil etishda foydalanilgan (Xankuk chet tillari universiteti Markaziy Osiyo instituti (Janubiy Koreya)ning 2020 yil 24 avgustdagi ma’lumotnomasi). Bu esa ikki mamlakatdagi jamoa institutlarining shakllanishi, tarkibiy tuzilishi, koreys va o‘zbek xalqlarining an’analari, oilaviy hamda jamoaviy marosimlarini qiyosiy tahlil qilish imkonini bergan; 
o‘zbek va koreyslarning an’anaviy moddiy madaniyatini qiyosiy tahlil qilish asnosida ikki millat yashaydigan mintaqalarda tarqalgan marosimlarning etnologik tahliliga oid xulosalardan Janubiy Koreyadagi Markaziy Osiyo instituti joriy nashrlarida O‘zbekiston va o‘zbek xalqining tarixi hamda madaniyatini keng targ‘ib etishda manbaviy asos bo‘lib xizmat qilgan (Dongduk ayollar universiteti Evroosiyo turkshunoslik instituti (Janubiy Koreya)ning 2020 yil 30 sentyabrdagi ma’lumotnomasi). Bu xorijda o‘zbek tili, madaniyati va etnologiyasini o‘rganish hamda oilaviy va taqvimiy marosimlarni etnografik materiallar asosida qiyosiy tadqiq etish hamda o‘zbek madaniyatini Koreya Respublikasida keng targ‘ib etishga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish