Nizomov Rustam Axrolovichning
doktorlik dissertatsiyasihimoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Pomidorni urug‘i bilan plyonka ostiga mul`chalab ekib parvarishlash texnologiyasini takomillashtirish», 06.01.06–Cabzavotchilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Talabgorning ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat olib borishga layoqati bo‘yicha test sinovidan o‘tgani haqida ma’lumot: /LA 0001439/.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 30.09.2014/B2014.3-4.Qx82.
Ilmiy maslahatchi: Azimov Botir Jo‘raevich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy- tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti va Andijon qishloq xo‘jalik instituti, 14.07.2016.Qx.22.01.
Rasmiy opponentlar: Ibragimov Maqsud Yuldashevich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Ostonaqulov Toshtemir Eshimovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Dusmurodova Saodat Ismailovna, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘simlikshunoslik ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: shaffof va qora plyonka bilan mul`chalangan maydonlarda pomidor ekinidan mo‘l va sifatli hosil olishning istiqbolli agrotexnologiyalarini ishlab chiqish hamda resurstejamkor texnologiyalarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Davlat reestriga kiritilgan 15 ta mahalliy navlarini qora plyonka ostiga urug‘idan ekib hosilini etishtirish uchun mos navlari tanlangan;
pomidorni urug‘i bilan plyonka ostida mul`chalab ekib hosil etishtirish texnologiyasi ishlab chiqilgan;
pomidor urug‘iga ekishdan oldin ishlov berish, kimyoviy preparatlar bilan ishlov berib ekish, urug‘ ekish chuqurliklari va me’yorlari, ekish tizimi hamda ekish muddati aniqlangan;
pomidorni sug‘orish soni, o‘g‘itlash me’yori, qora plyonka bilan mul`chalangan maydonlarda begona o‘tlarga qarshi gerbisidlarni qo‘llash miqdori ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Pomidorni urug‘i bilan plyonka ostiga mul`chalab ekib parvarishlash texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan ilmiy-tadqiqotlar natijalari asosida:
chet el duragaylaridan tanlov usuli bilan ajratib olingan pomidorning yangi Yulduz navi yaratilgan va 2016 yildan Qishloq xo‘jalik ekinlari navlarini sinash Davlat komissiyasida nav sinovidan o‘tmoqda. Mazkur navning urug‘chiligi yo‘lga qo‘yilgan va 10 gektar maydonga joriy etilgan (Qishloq xo‘jalik ekinlari navlarini sinash Davlat komissiyasining 10.11.2016 yildagi 77-son ma’lumotnomasi). Bunda ertapishar Toshkent tongi naviga nisbatan mevalari 5–7 kun erta pishib etilgan, mevalari qattiq, tashuvchanligi eksportbopligi va hosildorligi 10–15 foizga yuqori bo‘lishiga erishilgan;
pomidorni urug‘i bilan plyonka ostiga mul`chalab ekib parvarishlash texnologiyasi Toshkent, Andijon, Qashqadaryo, Surxondaryo, Samarqand viloyatlaridagi sabzavotchilik fermer xo‘jaliklarida jami 55,6 gektar maydonda joriy etilgan (Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 10.10.2016 yildagi №02/22-1219-son ma’lumotnomasi). Bunda pomidor hosili 7–10 kun oldin pishib etilgan, o‘suv davrida sug‘orishlar soni 2 martaga qisqargan, mineral o‘g‘itlar 25 foizga tejalgan, begona o‘tlar bilan zararlanish 54,5 foizga kamaygan, hosildorlik 15–20 foizga yuqori bo‘lishi aniqlangan.