Muxamedjanova Sakina Ismaildjanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Mustaqillik davri O‘zbekistonda tashqi reklama san’ati, 17.00.08 – San’at nazariyasi va tarixi (san’atshunoslik fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/San1. 
Ilmiy rahbar: Akilova Kamola Baltabaevna, san’atshunoslik fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Milliy rassomlik va dizayn instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Milliy rassomlik va dizayn instituti, PhD.38/09.07.2020.San.119.01. 
Rasmiy opponentlar: Xakimov Akbar Abdullaevich, san’atshunoslik fanlari doktori, professor, akademik; Abdullaeva Shaxlo Qurbonburievna, san’atshunoslik fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekistonda zamonaviy tashqi reklamasini ijtimoiy-madaniy funksiyalarini aniqlash hamda uning badiiy-estetik jihatlarini tasviriy san’at kesimida rivojlanishi va taraqqiyot tamoyillarini belgilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
VII–VIII asrlarda urf bo‘lgan targ‘ibotga oid jarchilik faoliyati, xalq ko‘ngilochar san’atining tomoshaviy xususiyatlari, o‘rta asrlarga doir  amaliy san’at asarlaridagi muallifga oid ma’lumotlar reklama san’atining shakllanishida muhim omil bo‘lganligi dalillangan;
XX asr jahon tasviriy san’atining op-art, minimalizm, pop-art, installyasiya, kinetizm kabi yo‘nalishlari uslubiy echimlarining zamonaviy mahalliy tashqi reklama dizaynidagi belgili, konstruktiv, koloristik, kompozision badiiy-estetik xususiyatlari aniqlangan;
tashqi reklamaning dizayniga badiiy obrazlarni transformatsiya qilish jarayonlaridagi vizual echimlar, muhit va emotsional holatlar, reklama mahsulotining mohiyati va o‘ziga xos xususiyatlari bilan bog‘lanishi birlamchi ahamiyatga ega ekanligi isbotlangan;
O‘zbekistonda tashqi reklama san’atidagi milliy o‘ziga xoslik, milliy obrazlar, halq amaliy san’ati namunalari, milliy me’morchilikdagi shakl va  naqshlarni tashqi reklamaning tasviriy echimida qo‘llanilganligi bilan dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Mustaqillik davri O‘zbekiston tashqi reklama san’ati bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
VII–VIII asrlarda urf bo‘lgan targ‘ibotga oid jarchilik faoliyati, halq ko‘ngilochar san’atining tomoshaviy xususiyatlari, o‘rta asrlarga doir  amaliy san’at asarlaridagi targ‘ibotga oid ma’lumotlar reklama san’atining shakllanishida muhim omil bo‘lganligi haqidagi ma’lumotlar, reklama genezisi va taraqqiyoti, uning asosiy tushunchalari, reklamada loyihalash jarayoni borasidagi tayanch nazariy materiallar “Reklama asoslari” darsligida aks etgan (O‘zbekiston Badiiy akademiyasining 2020 yil 26 martdagi 01-17/105-367-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalar tashqi reklama dizaynini yaratishda tasviriy san’at yo‘nalishlari va usullarining qo‘llanilishi haqida ma’lumotlarga ega bo‘lishiga xizmat qilgan;
tizimlashtirilgan materiallar, reklama ishini tashkil etish, uning badiiy-estetik echimi orqali omma e’tiborini reklama ob’ektiga jalb etish usullari bo‘yicha olingan ilmiy natijalardan O‘zbekiston davlat san’at muzeyida ko‘rgazmalar ekspozisiyasini targ‘ibotiga oid reklama afishalari konsepsiyalarini yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2020 yil 13 iyuldagi 01-12-10-2809-son ma’lumotnomasi). Natijada, muzey ekspozisiyasini zamonaviy san’atga oid faktalogik materiallar, manbalar va  ma’lumotlar bilan to‘ldirishga, mazmun mohiyatini ilmiy boyitishga hamda madaniy turizm sohasini yanada rivojlantirishga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish