Bimurzaev Gani Amirgalievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ohangaron daryosining yuqori oqimidagi texnogen ta’sir tufayli zamonaviy ko‘chkilarning shakllanishi va rivojlanish mexanizmi», 04.00.04 – Gidrogeologiya va muhandislik geologiyasi (geologiya-mineralogiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/GM76. 
Ilmiy rahbar: Niyazov Rustam Aminovich, geologiya-mineralogiya fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Seysmologiya instituti huzuridagi DSc.02/30.12.2019.GM/FM.97.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash. 
Rasmiy opponentlar: Kayumov Abdubaki Djalilovich, texnika fanlari doktori, professor; Tadjibaeva Nodira Ruzievna, geologiya-mineralogiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Geologiya va geofizika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Ohangaron daryosining yuqori oqimidagi texnogen ta’sir tufayli zamonaviy ko‘chkilarning shakllanishi va rivojlanish mexanizmining xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
temir yo‘l va avtomobil transportlari o‘zaro harakatidan yuzaga keladigan texnogen omillar aniqlangan;
ilk bor O‘zbekiston sharoitida suv ombori suvi sathining yuqori ko‘rsatkichining 2–3 oylik uzoq muddatli turg‘unligi ko‘chkilar shakllanishi va rivojlanishiga texnogen ta’siri aniqlangan; 
chuqur ko‘mir konining yon devorlarining uzoq vaqt turishi ularga bo‘ladigan texnogen ta’sirlarning oshishiga, hamda yirik ko‘chkilar shakllanishiga xizmat qilishi asoslangan;
seysmogen turdagi ochiq konlarning yon devorlarini graben shaklida buzilish xususiyatlari ko‘chkilar xarakatining kinematik ta’riflarini belgilashi asoslangan;
yirik ko‘chkilarda tiksotropik suyuqlanish jarayoni dastlabki kunlarda siljish tezligi 1350 mm/kun gacha sezilarli oshishi hamda keyingi 45 kun davomida tezlikning 30 mm/kun gacha pasayib borishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Ohangaron daryosining yuqori oqimidagi texnogen ta’sir tufayli zamonaviy ko‘chkilarning shakllanishi va rivojlanish mexanizmi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
zamonaviy ko‘chkilarni rivojlanish mexanizmining uzoq muddatli kuzatuvlari tahlili natijalari «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJning «O‘zbekko‘mir» AJ faoliyatiga joriy qilingan («O‘zbekiston temir yo‘llari» AJning 2020 yil 24 iyuldagi 06/2588-20-son ma’lumotnomasi). Natijada, Angren ko‘mir konining yon tomonlarida ko‘mir qazib olish va foydali qazilmalar yuzini ochish ishlari xavfsizligini ishonchli ta’minlash imkonini bergan;
1:5000 miqyosda tuzilgan xavfli geologik jarayonlarning tarqalish xaritasi «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJning «O‘zbekko‘mir» AJ faoliyatiga joriy qilingan («O‘zbekiston temir yo‘llari» AJning 2020 yil 24 iyuldagi 06/2588-20-son ma’lumotnomasi). Natijada, ko‘mir konida xavfsiz ishlash sharoitiga erishish uchun tezkor qarorlar qabul qilish imkonini bergan;
ko‘chkilar rivojlanishi dinamikasi bo‘yicha belgilangan miqdoriy baholar «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJning «Qamchiq temir yo‘l masofasi» korxonasi faoliyatiga joriy qilingan («O‘zbekiston temir yo‘llari» AJning 2020 yil 24 iyuldagi 06/2588-20-son ma’lumotnomasi). Natijada, Angren-Pop temir yo‘li atrofidagi yirik ko‘chkilardan himoyalanishning tezkor va samarali chora- tadbirlarini ishlab chiqish imkonini bergan;
ishlab chiqilgan Toshkent-O‘sh avtomagistrali yon bag‘irlarida yirik ko‘chkilardan himoya choralari Avtomobil` yo‘llari qo‘mitasining “Qamchiqavtoyo‘l” korxonasi faoliyatiga joriy qilingan («Avtomobil` yo‘llari» qo‘mitasining 2020 yil 8 oktyabrdagi 02-3209-son ma’lumotnomasi). Natijada, Toshkent-O‘sh avtomagistralining Ohangaron daryosi qismida shakllanayotgan yirik ko‘chkilardan himoyalashning tezkor chora-tadbirlarini amalga oshirishga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish