Yusupova Yulduz Nuritdinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Baydarka va kanoega ixtisoslashgan yuqori malakali sportchilarda qon-tomir tizimi trombotsitlarining funksional holatini faolligi», 03.00.01 – Biokimyo (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/V428.
Ilmiy rahbar: Kulmonova Munojat Usmonovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi huzuridagi DSc.04/30.12.2019.Tib.30.03 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Yuldashev Nosir Muxamedjanovna, biologiya fanlari doktori, professor; Allaeva Dilorom Alimovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat stomatologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatiga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: baydarka va kanoeda eshkak eshishga ixtisoslashgan sportchilar organizmining moslashuvchanlik imkoniyatlari va trombotsitlarning tomir ichi faolligini dinamikada baholashni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
baydarka va kanoeda eshkak eshish bilan shug‘ullanuvchi sportchilarda qonning reologik xususiyatlari qo‘llab quvvatlash uchun gemostazni moslashuvchanlik reaksiyasi sifatidagi tomir-trombotsitar gomeostaz faolligi, gemokaogulyasiya tizimlari omillarini iste’mol qilinishini ortishi, fibrinogen miqdorini ko‘payishi isbotlangan;
sportchilarda jadal jismoniy yuklamadan so‘ng tomirlarning endotelial hujayalarida disfunksini rivojlanishi va gemostazning qon tomir-trombotsitar bo‘g‘inini faollashtirilishida qonning antioksidant himoyasi va yog‘larning periksli oksidlanish tizimida muvozanatlashmaganlikning o‘rni asoslangan;
sportchilarda jadal jismoniy yuklamadan keyingi birinchi soatlarda qon zardobida seruloplazmin va uning allosterik modulyatori bo‘lgan gistamin darajasini ortishini kompensator tavsifi hamda gistamin sintezi fermentining allosterik faolashishi, qonni reologik xususiyatlarini yaxshilashga yo‘naltirilgan kompensator tavsif isbotlangan;
gomeostazni qo‘llab quvvatlashga qaratilgan, ularning namoyon bo‘lish darajasi bajarilgan ishning metabolik qiymati bilan bog‘liq bo‘lgan qonning biokimyoviy ko‘rsatkichlarini, kortizol va 17αON-progesteronning darajasining o‘zgarishi, sportchilardagi jismoniy yuklamalarga javob sifatida KFK va ASTning umumiy faolligini ortishi isbotlangan;
gistaminning biologik suyuqliklardagi miqdorini o‘zgarish darajasi va 3-metilgistidinning ekskresiyasi yuklamadan keyingi dam olish davomiyligiga bog‘liqligi, mushaklardagi oqsil almashinuvining jadalligini hamda mashg‘ulotdagi yuklamalarni shug‘ullanishga ko‘rsatadigan ta’sirining mezoni isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Baydarka va kanoeda eshkak eshishga ixtisoslashgan yuqori malakali sportchilarda trombotsitlarning tomir ichi faolligini baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Sportchilarda mushak faoliyatini zo‘riqishini metobolik moslashishining klinik va laborator ko‘rsatkichlarining tashxisiy ma’lumotligini baholash» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 12 martdagi 8n-d/487-son ma’lumotnomasi). Natijada, sportchilarning mashg‘ulotlarga tayyorgarlik davomida mushak faoliyatini zo‘riqishini metabolik moslashishining klinik va laborator ko‘rsatkichlarning tashxisiy ma’lumotligini baholash natijasida trombotsitlarning tomir ichi faolligi oshirish natijasida va organizmning charchashni oldini olish mushaklar faoliyatini oshirish tartibini tizimli tashkillashtirish imkonini bergan;
Baydarka va kanoeda eshkak eshishga ixtisoslashgan yuqori malakali sportchilarda trombotsitlarning tomir ichi faolligini baholashning o‘ziga xos xususiyatlarini biokimyoviy tashxislash va davolash tartibini takomillashtirish asosida olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Toshkent tibbiyot akademiyasi qoshidagi Oliy o‘quv yurtlariaro ilmiy tadqiqot laboratoriyasi va Toshkent pediatriya tibbiyot instituti markaziy tadqiqot labaratoriyasining fundamental tadqiqotlar laboratoriyasi amalaiyotiga tatbiq qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 12 noyabrdagi 8n-z/155-son ma’lumotnomasi). Natijada, baydarka va kanoeda eshkak eshishga ixtisoslashgan yuqori malakali sportchilarda trombotsitlarning tomir ichi faolligini erta tashxislash, bashoratlash va samarali davolash, sportchilar hayot sifatini yaxshilash, asoratlarni kamaytirish, mushaklarni zo‘riqishini oldini olish, sport jarohatlarni davolanish muddatlarini kamaytirish imkonini bergan.