Mavlanov Sabirjan Ibadullaevichning
doktorlik dissertatsiyasihimoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qishloq xo‘jaligi hayvonlarini ektoparazitlardan himoya qilishning yangi usullarini yaratish», 03.00.06–Zoologiya (veterinariya fanlari).
Talabgorning ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat olib borishga layoqati bo‘yicha test sinovidan o‘tgani haqida ma’lumot: /veterinariya fanlari nomzodi/.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 30.09.2014/b2014.5.v.18.
Ilmiy maslahatchi: Ro‘zimuradov Ahror Ro‘zimuradovich, veterinariya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand qishloq xo‘jalik instituti va Chorvachilik, parrandachilik va baliqchilik ilmiy-tadqiqot instituti, 14.07.2016.Qx/V.25 01.
Rasmiy opponentlar: Azimov Jalolidin Azimovich, biologiya fanlari doktori, professor, O‘zR Fanlar akademiyasi akademigi; Salimov Bo‘ri Salimovich, veterinariya fanlari doktori, professor; Izzatullaev Zubaydulla Izzatullaevich, biologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: M.Isaev nomidagi Tibbiy parazitologiya ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: chorvachilik xo‘jaliklarida ko‘p uchraydigan va soha rivojiga jiddiy zarar keltiradigan zoofil hasharotlar va ektoparazitlarga qarshi ekologiyaga, tabiiy floraga hamda hayvonlar organizmi uchun bezarar bo‘lgan yangi vosita va usullarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
zoofil hasharotlarga qarshi kurashishda qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan yangi entomofaglar turlari aniqlangan va ularning sonini 15 tadan 19 taga etkazishga erishilgan;
samarali entomofaglardan biomaterial olish texnologiyasi ishlab chiqilgan;
Bacillus thuringiensis var.thuringiensis «O‘zVITI M №1» mahalliy bakteriya shtammini ko‘paytirish usullari ishlab chiqilgan;
Bacillus thuringiensis guruhiga mansub bo‘lgan bakteriyalar mahsuloti (produsenti) – bitoksibatsillinning yuqori entomotsid xususiyatga egaligi aniqlangan;
«O‘zVITI M №1» bioinsektisidini qo‘ylarning ektoparazitlari va estroz kasalligiga qarshi samaradorligi aniqlangan;
eksperimental tadqiqotlar natijasida 25 foizli mahalliy sipermetrin preparatin preparatini qo‘llanish doirasi kengaytirilgan (zoofil hasharotlarga, ektoparazitlarga nisbatan);
25 foizli mahalliy sipermetrin preparatining chorva hayvonlarining ektoparazitlariga nisbatan insektisid faolligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Chorva hayvonlarining zoofil hasharotlari va ektoparazitlariga qarshi kurash bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari asosida:
qishloq xo‘jaligi hayvonlarining ektoparazitlariga qarshi qo‘llash uchun mahalliy shtamm Bac.thuringiensis var.thuringiensis «O‘zVITI M №1» bioinsektisidini yaratish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan (№IAP 02942, 2005);
chorva mollarining ektoparazitlariga qarshi kurashish va oldini olish bo‘yicha «Sipermetrinning 25 foizli konsentrat emul`siyasini chorvachilikda ekto va endoparazitlarga qarshi qo‘llash haqida» mavzusidagi chorvachilik fermer xo‘jaliklari uchun tavsiyanoma ishlab chiqilgan (Davlat veterinariya bosh boshqarmasining 16.11.2016 yildagi №48/4-1714-son ma’lumotnomasi). Bunda preparatning 0,015 foizli eritmasi ektoparazitlarga qarshi kurashishda 90–92 foizgacha samara berishi aniqlangan.
«O‘zVITI M №1» bakteriya shtammidan bioinsektisid olish texnologiyasi ishlab chiqilgan hamda bitoksibatsillin preparati Parkent tumanidagi «Boyqozon» xo‘jaligidagi chorvachilik fermasida 300 bosh, Sayxunobod tumanidagi «Muso-ota» va «Beshbuloq» fermer xo‘jaliklarida 25 bosh qo‘ylarda ektoparazitoz va estroz kasalliklarini davolashda joriy etilgan (Davlat veterinariya bosh boshqarmasining 09.11.2016 yildagi №18/1-1689-son ma’lumotnomasi). Bunda bitoksibatsillin preparatini qo‘llash natijasida qo‘ylarning ektoparazitoz va estroz kasalliklariga qarshi 90–95 foiz davolash samaradorligiga erishilgan va o‘sish ko‘rsatkichi 12–15 foizga oshganligi aniqlangan.