Haydarov O‘ral Axmadovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Milliy iqtisodiyot doirasida investisiya faoliyatini moliyalashtirish mexanizmini takomillashtirish», 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Iqt157.
Ilmiy rahbar: Almardanov Muxamadi Ibragimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Tashmuradova Bibisora Egamovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Islamkulov Alimnazar Xudjamuratovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent shahridagi filiali.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston Respublikasida investision faoliyatni moliyalashtirish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-uslubiy asoslangan taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
byudjet parametrlarini shakllantirishda innovatsion taraqqiyotning omili hisoblangan fan, ilmiy tadqiqot va tajriba konstruktorlik ishlariga investisiyalar YaIMga nisbatan 1,0 foizdan past bo‘lmagan ko‘rsatkichni ta’minlash bo‘yicha mezonlarga rioya qilinishini inobatga olish taklifi asoslangan;
investisiya takliflarini baholash, investisiya loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirish hamda boshqa qator funksional vazifalarni bajaruvchi maxsus jamg‘arma tashkil qilish va uning faoliyatini xorijiy mamlakatlar ilg‘or tajribalariga xos bo‘lgan trast boshqaruv (ishonchli boshqaruv) tizimi orqali tashkil qilish taklifi asoslangan;
investisiya faoliyatini moliyalashtirishda yirik korxonalar aksiyalarini mahalliy va xorijlik investorlarga xalqaro “bookrunner” kompaniyalari bilan sindikatlashgan holda ochiq bozorlarda ommaviy sotishni joriy etish orqali kengaytirish taklifi asoslangan;
aholi qo‘lida bo‘sh turgan pul mablag‘larini islom moliyasi instrumenti (mushoraka)ni qo‘llash orqali investisiyalarni moliyalashtirishga yo‘naltirish mexanizmini joriy etish taklifi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Milliy iqtisodiyot doirasida investisiya faoliyatini moliyalashtirish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
byudjet parametrlarini shakllantirishda innovatsion taraqqiyotning omili hisoblangan fan, ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlariga investisiyalar YaIMga nisbatan 1,0 foizdan past bo‘lmagan ko‘rsatkichni ta’minlash bo‘yicha mezonlarga rioya qilinishini inobatga olish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 21 sentyabrdagi PF-5544-son “2019-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini innovatsion rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”, 2017 yil 24 iyuldagi PF-5120-son “O‘zbekiston Respublikasida loyiha boshqaruvi tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonlari, Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 22 iyuldagi 616-son “Investisiya loyihalarini nazorat va monitoring qilish sohasida axborot tizimini joriy etish va undan foydalanish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorini ishlab chiqishda e’tiborga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 04/06-02-32/493-son ma’lumotnomasi). Natijada, 2019 yilda YaIM nominal miqdorining 0,2 foizi, ya’ni 5 trln. so‘m atrofida ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlariga ajratilishiga erishilgan;
investisiya takliflarini baholash, investisiya loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirish hamda boshqa qator funksional vazifalarni bajaruvchi maxsus jamg‘arma tashkil qilish va uning faoliyatini xorijiy mamlakatlar ilg‘or tajribalariga xos bo‘lgan trast boshqaruv (ishonchli boshqaruv) tizimi orqali tashkil qilish bo‘yicha taklifidan tegishli investisiya muassasalari faoliyatini yo‘lga qo‘yishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 04/06-02-32/493-son ma’lumotnomasi). Natijada, Respublikada 4 ta investisiya kompaniyasi, 1 ta venchur fondi va 1 ta boshqaruv kompaniyasi tashkil etilgan;
investisiya faoliyatini moliyalashtirishda yirik korxonalar aksiyalarini mahalliy va xorijlik investorlarga xalqaro “bookrunner” agentlari bilan sindikatlashgan holda ochiq bozorlarda ommaviy sotishni joriy etish orqali kengaytirish bo‘yicha berilgan taklif O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 2019 yil 13 fevralda ikki transhli obligatsiyalarni chiqarishda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 04/06-02-32/493-son ma’lumotnomasi). Natijada, Respublika amaliyotida ilk marotaba sindikatlashgan holda J.P.Morgan Global, Citigroup, Gazprombanklar Bookrunner agentlarining ishtirok etishi ta’minlangan;
aholi qo‘lida bo‘sh turgan pul mablag‘larini islom moliyasi instrumenti (mushoraka)ni qo‘llash orqali investisiyalarni moliyalashtirishga yo‘naltirish mexanizmini joriy etish bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan yangi moliyaviy instrumentlarni investisiya faoliyatini moliyalashtirishni joriy etishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 04/06-02-32/493-son ma’lumotnomasi). Bu taklifning amaliyotga tatbiq qilinishi natijasida mamlakat iqtisodiyotiga mushoraka instrumentini joriy etishning ijobiy jihatlari asoslangan.