Sultonov Usmon Ibragimovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Chuqurlashtirilgan ixtisoslik bosqichida uzoq masofaga yuguruvchilar mashg‘ulot jarayonini innovatsion texnologiyalar asosida boshqarish”,  13.00.04 – Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/Ped844.
Ilmiy rahbar: Umarov Abdusamad Abdumalikovich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, DSc.03/30.12.2019.Ped.28.01.
Rasmiy opponentlar: Boyboboev Bahodir G‘ulomovich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent; Saribaev Shuxrat Turdibekovich, pedagogika fanlar nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi chuqurlashtirilgan ixtisoslik bosqichida uzoq masofaga yuguruvchilarning mashg‘ulot jarayonini innovatsion texnologiyalar asosida boshqarish samaradorligini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
chuqurlashtirilgan ixtisoslik bosqichidagi uzoq masofaga yuguruvchi sportchilarning jismoniy rivojlanishi (bo‘yi, vazni, ko‘krak qafasi aylanasi, oyoqlarining uzunligi, kaft kuchi dinamometriyasi) ko‘rsatkichlari va maxsus jismoniy tayyorgarlik darajasi (masafani yugurib o‘tish tezligi va chidamliligi, portlovchi kuch) va funksional (o‘pkaning tiriklik sig‘imi, MKIQ ml/daq, MKIQ, yurak qisqarishlari chastotasi, sistolik qon bosimi, diastolik qon bosimi) imkoniyatlari Polar Team 2 texnologiyasidan foydalanib mashg‘ulot yuklamasini shiddat zonalari bo‘yicha taqsimoti funksional ko‘rsatkichlariga ta’sir etish yo‘nalishlari ilmiy asoslab berilgan;
chuqurlashtirilgan ixtisoslik bosqichidagi uzoq masofaga yuguruvchilarning mashg‘ulot o‘tkazish joyining geografik holatiga nisbatan (havo harorati, nisbiy namlik shamol tezligi, atmosferaning bosimi) Digital Thermo–Humidity Meter texnologiyasi yordamida o‘rganilgan va yillik tayyorgarlik rejasi organizmga ta’sir ko‘rsatish reaksiyasi bo‘yicha (kislorodga bo‘lgan talab, eritrotsitlar va gemoglabinning oshishi) sportchining yuklamaga moslashish imkoniyatlari kengaytirilgan;
uzoq masofaga yuguruvchi sportchilarning tayyorgarligidan kelib chiqib, yillik tayyorgarlik mashg‘ulotlarining mikro va mezotsikllari asosiy vazifalari bo‘yicha (aerob, aralash va anaerob zonalarida) yuklamalarni optimal rejalashtirish asosida mashg‘ulotlar takomillashtirilgan; 
chuqurlashtirilgan ixtisoslik bosqichida uzoq masofaga yuguruvchi sportchilar mashg‘ulotlarini boshqarishning yangi texnologiyasida mashg‘ulot maqsadi va vazifalarini belgilash, natijalarni bashorat qilish, saralash, modellashtirish, tahlil qilish asosida yillik tayyorgarlik mashg‘ulot jarayoni takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Chuqurlashtirilgan ixtisoslik bosqichida uzoq masofaga yuguruvchilar mashg‘ulot jarayonini innovatsion texnologiyalar asosida boshqarish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
chuqurlashtirilgan ixtisoslik bosqichidagi uzoq masofaga yuguruvchi sportchilarning jismoniy rivojlanishi ko‘rsatkichlari va maxsus jismoniy tayyorgarlik darajasi Polar Team 2 texnologiyasidan foydalanib, mashg‘ulot yuklama taqsimoti bo‘yicha funksional ko‘rsatkichlariga ta’sir etish yo‘nalishlari ilmiy asoslab berilgan va “Engil atletika nazariyasi va uslubiyati” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 28 iyundagi 434-son buyrug‘i, 434-279 raqamli  ruxsatnomasi). Natijada, talaba-sportchilarning sport natijalari 7.6% ga yaxshilandi; 
chuqurlashtirilgan ixtisoslik bosqichidagi uzoq masofaga yuguruvchilarning mashg‘ulot o‘tkazish joyining geografik holatiga nisbatan (havo harorati, nisbiy namlik shamol tezligi, atmosferaning bosimi) Digital Thermo–Humidity Meter asbobi yordamida o‘rganilgan va yillik tayyorgarlik rejasi organizmga ta’sir ko‘rsatish reaksiyasi bo‘yicha (kislorodga bo‘lgan talab, eritrotsitlar va gemoglabinning oshishi) sportchining yuklamaga moslashish imkoniyatlari kengaytirilgan hamda mashg‘ulot jarayonida sinovdan o‘tkazilib, uzoq masofaga yuguruvchilarning mashg‘ulot jarayoniga joriy etilgan (Jismoniy tarbiya va sport vazirligining 2019 yil 25 dekabrdagi 03-07-08-5431-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot yakunida talaba-sportchilarning jismoniy rivojlanishi va jismoniy tayyorgarligi 6,3% ga o‘sgan;
uzoq masofaga yuguruvchi sportchilarni yillik tayyorgarlik mashg‘ulotlarining mikro- va mezotsikllarida (aerob, aralash va anaerob zonalarida) yuklamalarni optimal rejalashtirish asosida mashg‘ulotlar takomillashtirilgan va “Engil atletika nazariyasi va uslubiyati” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 28 iyundagi 434-son buyrug‘i,  434-279 raqamli  ruxsatnomasi). Natijada, uzoq masofaga yuguruvchi sportchilarning musobaqa natijalari 8,1% ga yaxshilangan;
chuqurlashtirilgan ixtisoslik bosqichida uzoq masofaga yuguruvchi sportchilar mashg‘ulotlarini boshqarishning yangi texnologiyasida mashg‘ulot maqsadi va vazifalarini belgilash, natijalarni bashorat qilish, saralash, modellashtirish, tahlil qilish asosida yillik tayyorgarlik mashg‘ulot jarayoni takomillashtirilgan hamda tajriba davomida uzoq masofalarga yugurishga ixtisoslashgan milliy terma jamoaning o‘rinbosarlar tarkibi sportchilarning mashg‘ulot jarayoniga tatbiq etilgan (Jismoniy tarbiya va sport vazirligining 2019 yil 23 dekabrdagi 25 dekabrdagi 03-07-08-5431-son ma’lumotnomasi). Natijada, sport natijalari 7,9% ga yaxshilangan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish