Otajonov Jamshidbek Mashrabjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida refleksiv ko‘nikmalarni rivojlantirish”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogika ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Ped499.
Ilmiy rahbar: Xalikov A’zam Abdusalomovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSs.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Isakulova Nilufar Janikulovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Nurmanov Abdinazar Tashbaevich, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida refleksiv ko‘nikmalarni rivojlantirish texnologiyalarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
refleksiv ko‘nikmalarni baholash mezonlari (pedagogik-refleksiv qobiliyatga ega bo‘lish, refleksiv fikrlay olish, mustaqil fikrlay olish)ni aniqlashtirish orqali bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining motivatsion, hissiy-emotsional, kommunikativ rivojlanish darajalarini oshirishning didaktik imkoniyatlari takomillashtirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida refleksiv ko‘nikmalarni rivojlantirish texnologiyasi bosqichlari (aniqlash, tasniflash, tizimlashtirish, intensivlik, assimiliayasiya, natijaviy) metodologik yondashuvga ko‘ra sub’ekt-sub’ekt munosabatlarini diagnostik loyihalash asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida refleksiv ko‘nikmalarni rivojlantirishni modellashtirish jarayonida sub’ekt (ta’limiy muhitning tashkilotchisi, boshqaruvchisi va ishtirokchisi) refleksiv ko‘nikmalarining funksiyalari(boshqaruv, o‘qitish, nazoratni amalga oshirish, kommunikativ, axborot) didaktik maqsadlarini (motivatsion-qadriyatli, kognitiv-faoliyatli, shaxsiy-refleksiv) identiv xususiyatlarga ko‘ra integratsiyalash asosida takomillashtirilgan
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining adaptiv (mustaqil ishlashda talab, izlanish, ijodiy) va reproduktiv (ko‘rgazmali tushuntirish, tinglash, xotirada saqlash, xatosiz talaffuz qilish) ta’limi individual va differensial ta’lim texnologiyalarining integrativ xossalarini ijodiy, emotsional-rag‘batlovchi, variativ-didaktik topshiriqlarni aniqlashtirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida refleksiv ko‘nikmalarni rivojlantirishga oid olingan ilmiy natijalar asosida:
refleksiv ko‘nikmalarni rivojlanganligini baholash mezonlari (pedagogik-refleksiv qobiliyatga ega bo‘lish, refleksiv fikrlay olish, mustaqil fikrlay olish) va darajalari orqali takomillashtirilgan bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy faoliyat tuzilmasi elementlari mazmuniga oid takliflar 2015-2017 yillarda bajarilgan “Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun matematikadan mul`timediali dars ishlanmalar majmuasini yaratish” mavzusidagi amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxcuc ta’lim vazirligining 2020 yil 20 iyundagi 89-03-2188-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida refleksiv ko‘nikmalarning rivojlanganlik darajasini aniqlashga qaratilgan topshiriqlar to‘plami ishlab chiqilgan;
metodologik yondashuvga ko‘ra sub’ekt-sub’ekt munosabatlarini diagnostik loyihalash asosida takomillashtirilgan bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida refleksiv ko‘nikmalarni rivojlantirish texnologiyasi bosqichlariga oid taklif va xulosalari asosida “Umumiy pedagogika (Pedagogik mahorat)” darsligi ishlab chiqilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 30 iyundagi 359-son buyrug‘i, 359-130 raqamli guvohnoma). Natijada, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining mustaqil ta’limni tashkil etish ko‘nikmalarini rivojlantirish imkoniyati oshgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida refleksiv ko‘nikmalarni rivojlantirishni modellashtirish jarayonida sub’ekt refleksiv ko‘nikmalarining funksiyalari (boshqaruv, o‘qitish, nazoratni amalga oshirish, kommunikativ, axborot)ni tizimli-tipologik yondashuv orqali takomillashtirishga oid taklif va xulosalardan “O‘zstandart” agentligining 2014 yil 18 sentyabrdagi 4574-son qarori bilan tasdiqlangan bakalavriat yo‘nalishlari «Pedagogika sohasi» Davlat ta’lim standarti, Malaka talablari mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 18 sentyabrdagi 89-03-3400-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak o‘qituvchilar pedagogika oliy ta’lim muassasalari talabalarida refleksiv ko‘nikmalarni rivojlantirishning o‘quv-metodik ta’minoti takomillashtirilgan;
adaptiv va reproduktiv ta’lim sinergetik qoidalari orqali takomillashtirilgan bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kooperativ, intelektual, shaxsiy, kommunikativ, refleksiv ko‘nikmalarni rivojlantirish modeliga oid taklif va xulosalari asosida “Umumiy pedagogika (Pedagogik mahorat)” darsligi ishlab chiqilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 30 iyundagi 359-son buyrug‘i, 359-130 raqamli guvohnoma). Natijada, bu taklif bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida refleksiv ko‘nikmalarni rivojlantirish kundaligining yaratilishiga xizmat qilgan.