Mirdjalilova Dildora Shuxratovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ko‘chmas mulk bozorida serveying xizmatlarini boshqarish tizimini takomillashtirish», 08.00.13 - Menejment (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Iqt772.
Ilmiy rahbar: Ziyaev Muzafar Kutlukovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent arxitektura-qurilish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Gulyamov Saidaxror Saidaxmedovich, iqtisodiyot fanlari doktori, akademik; Maxmudov Nosir Maxmudovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ko‘chmas mulk ob’ektlarini boshqarish va ularga xizmat ko‘rsatish hamda ko‘chmas mulk bozorida serveying xizmatlarini joriy qilish bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
«serveying xizmatlari» tushunchasi tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan ko‘chmas mulk ob’ektining samarali ishlashiga erishish maqsadida amalga oshiriladigan va uni boshqarishga kompleks yondashuvini qo‘llashga asoslangan tadbirlar majmui sifatida takomillashtirilgan;
turar joy va tijorat ko‘chmas mulk ob’ektlarini professional boshqarish bo‘yicha serveying xizmatlarini joriy qilishning tashkiliy-huquqiy asoslari «Ko‘chmas mulk ob’ektlarini boshqarish bo‘yicha serveying xizmatlari to‘g‘risida»gi Muvaqqat Nizomni ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan;
talabalar turar joylari qurilishini davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etish va binolardan foydalanishda autsorsing shartnomasi yordamida serveying xizmatlarini tashkil etish asoslangan; 
O‘zbekistonda investisiya dasturlari doirasida talabalar turar joyini serveying tashkilotlari tomonidan boshqarish tizimi samaradorligining 2027 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Ko‘chmas mulk bozorida serveying xizmatlarini boshqarishni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan ko‘chmas mulk ob’ektining samarali ishlashiga erishish maqsadida amalga oshiriladigan va uni boshqarishga kompleks yondashuvini qo‘llashga asoslangan tadbirlar majmui sifatida takomillashtirilgan «serveying xizmatlari» tushunchasidan «Ko‘chmas mulk bozorida serveying asoslari» nomli o‘quv qo‘llanmasini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 4 maydagi 285-son buyrug‘i, 285-294 raqamli guvohnoma). Natijada, serveying xizmatlari, tarixi va ularning ko‘chmas mulk bozoridagi ahamiyatiga to‘liq ta’rif berilib, talabalarda serveying xizmatlari bo‘yicha chuqurlashtirilgan bilim va ko‘nikmalar hosil qilish imkoniyatini bergan;
turar joy va tijorat ko‘chmas mulk ob’ektlarini professional boshqarish bo‘yicha serveying xizmatlarini joriy qilishning tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi va Qurilish vazirligi tomonidan «Ko‘chmas mulk ob’ektlarini boshqarish bo‘yicha serveying xizmatlari to‘g‘risida»gi Muvaqqat Nizomni ishlab chiqishda foydalanilgan (Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining 2020 yil 2 dekabrdagi 02/04-4571-son hamda Qurilish vazirligining 2020 yil 13 fevraldagi 1324/16-03-son ma’lumotnomalari). «Ko‘chmas mulk ob’ektlarini boshqarish bo‘yicha serveying xizmatlari to‘g‘risida»gi Muvaqqat Nizom O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 7 fevraldagi 64-son «Toshkent shahrining Yakkasaroy tumani, Jizzax va Marg‘ilon shaharlarida O‘zbekiston Respublikasining «Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish to‘g‘risida»gi Qonuni normalarini aprobatsiya qilish yuzasidan huquqiy eksperiment o‘tkazish to‘g‘risida»gi Qarori loyihasini ishlab chiqishda qo‘llanilgan;
talabalar turar joylari qurilishini davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etish va binolardan foydalanishda autsorsing shartnomasi yordamida serveying xizmatlarini tashkil etish bo‘yicha taklif O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 5 martdagi 161-son «Tasarrufdagi oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida davlat-xususiy sheriklik munosabatlarini tizimli tashkil etish to‘g‘risida»gi buyrug‘i asosida amaliyotga joriy etilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 16 martdagi 89-04-1030-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalar turar joylari qurilishini davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etish va binolardan foydalanishni serveying asosida tashkil etish imkoniyati yaratilgan;
O‘zbekistonda investisiya dasturlari doirasida talabalar turar joyini serveying tashkilotlari tomonidan boshqarish tizimi samaradorligining 2027 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi faoliyatiga joriy etilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 16 martdagi 89-04-1030-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi talabalar turar joy binolari ekspluatatsiyasini serveying tashkilotiga topshirish evaziga tashkil etiladigan xizmatlar asosida qo‘shimcha daromad olish va jami ekspluatatsiya xarajatlarini 20% ga kamaytirish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish