Sirojiddinova Iroda Maxammadovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Oliy ta’lim muassasalari talabalarining kasbiy ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogika ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Ped1391.
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Barno Sayfutdinovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon mashinasozlik instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSs.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Hakimova Muhabbat Fayzievna, pedagogika fanlari doktori, professor; Isaqulova Nilufar Janikulovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi oliy ta’lim muassasalari talabalarining kasbiy-ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish bo‘yicha ilmiy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oliy ta’lim muassasalari talabalarining kasbiy-ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish texnologiyasi (tayyorgarlik, maslahat, yakuniy) kasbiy omillar (ijtimoiy, madaniy, motivatsion) va kasbiy-ijodiy qobiliyatlar integratsiyasi asosida takomillashtirilgan;
oliy ta’lim muassasasalari talabalarining kasbiy-ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishning akmeologik mezonlari (kasbiy motivatsiya, shaxsiy-kasbiy sifatlar, o‘zini o‘zi boshqarish, refleksivlik, kreativlik) kasbiy kompetensiyani shakllantirish strategiyalari (muammoli, interfaol, ijodiy, imitatsion, amaliy, refleksiv) kreativ yo‘l xaritasiga prakseologik (amaliy, ratsional, samarador) uzviyligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
talabalarning kasbiy-ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish mezonlari (reproduktiv, produktiv, kreativ)ni kasbiy bilimlarni o‘qitishning variativ va invariativ didaktik funksiyalari “Assesment” texnologiyasi bo‘yicha ijodiy layoqatini ifodalash asosida takomillashtirilgan;
talabalarning kasbiy-ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish bosqichlari rivojlanish motivatsiyasiga ta’sir etuvchi omillar va o‘zlashtirish darajasi ko‘rsatkichlarini pedagogik diagnostika qilish usullari (spesifik tahlil, intensiv trening, muammoli vaziyat, nostandart test) bilan uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Oliy ta’lim muassasalari talabalarining kasbiy-ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
kasbiy omillar (ijtimoiy, madaniy, motivatsion) va kasbiy ijodiy qobiliyatlar integratsiyasi orqali takomillashtirilgan oliy ta’lim muassasalari talabalarining kasbiy-ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish texnologiyasiga oid xulosa va tavsiyalardan “Pedagogika” ta’lim sohasi Davlat ta’lim standartining “5111100 – Kasb ta’limi” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi malaka talablarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 27 maydagi 89-03-3943-son ma’lumotnomasi). Natijada, umumkasbiy fanlar bo‘yicha interfaol amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etish samaradorligini oshirishga erishilgan;
kasbiy kompetensiyani shakllantirish strategiyalari kreativ yo‘l xaritasiga prakseologik uzviyligi bo‘yicha takomillashtirilgan oliy ta’lim muassasasalari talabalarining kasbiy-ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishning akmeologik modeliga oid xulosa va tavsiyalardan “Kasbiy pedagogika” o‘quv qo‘llanmasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 30 iyundagi 359-son buyrug‘i, 359-142 raqamli guvohnoma). Natijada, bu taklif talabalarning kasbiy-ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga xizmat qilgan;
“Assesment” texnologiyasi bo‘yicha kasbiy bilimlarni o‘qitishning variativ va invariativ didaktik funksiyalari orqali talabalarning kasbiy-ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish mezonlarini integrativ muvofiqlashtirishni takomillashtirishga oid xulosa va takliflardan “Pedagogika” ta’lim sohasi Davlat ta’lim standartining “5111100 – Kasb ta’limi” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi malaka talablarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 27 maydagi 89-03-3943-son ma’lumotnomasi). Natijada, “Kasbiy pedagogika” fanining elektron o‘quv-uslubiy majmuasi ishlab chiqilgan;
talabalarning kasbiy-ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish bosqichlari orqali rivojlanish motivatsiyasiga ta’sir etuvchi omillar va o‘zlashtirish darajasi ko‘rsatkichlarini pedagogik diagnostika qilish usullari (spesifik tahlil, intensiv trening, muammoli vaziyat, nostandart test)ni takomillashtirishga oid xulosa va takliflardan “Kasbiy pedagogika” o‘quv qo‘llanmasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 30 iyundagi 359-son buyrug‘i, 359-142 raqamli guvohnoma). Natijada, bu taklif pedagogika turkum fanlarining mazmunini boyitishga xizmat qilgan.