Mamadalieva Sadokat Valijanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Mahalliy xomashyolar asosida ishlab chiqilgan adsorbentlar kompozisiyalarida parafinlarni chuqur tozalash texnologiyasi», 02.00.11 – Kolloid va membrana kimyosi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/T1902.
Ilmiy rahbar: Abduraximov Saidakbar Abduraxmonovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona politexnika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Umumiy va noorganik kimyo instituti, DSc.02/30.12.2019.K/T.35.01.
Rasmiy opponentlar: Xamidov Bosit Nabievich, texnika fanlari doktori, professor; Muxtorov Nuriddin Shamsiddinovich, texnika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mahalliy xomashyodan yaratilgan adsorbentlar kompozisiyasida parafinlarni chuqur tozalash texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mahalliy gil minerallarini kislota bilan ishlov berish jarayonida mexanik-kimyoviy faollashtirishni qo‘llash zarurligi asoslangan;
parafinlar va serezinlarni chuqur tozalash uchun adsorbent kompozisiyalar yaratishning ilmiy prinsiplari ishlab chiqilgan;
mexanik-kimyoviy aktivator yordamida mahalliy gil minerallarni kislota bilan faollashtirishning maqbul shartlari aniqlangan;
yaratilgan adsorbentlar kompozisiyalarida parafinlar, serezinlar va ularning aralashmalarini chuqur tozalash uchun maqbul sharoitlar ishlab chiqilgan;
mahalliy gil minerallaridan va mexanik-kimyoviy faollashtiruvchidan foydalangan holda adsorbentlar kompozisiyasini olish, shuningdek parafinlar, serezinlar va ularning aralashmalarini birinchisidan foydalangan holda chuqur tozalash texnologiyalari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Mahalliy xomashyodan ishlab chiqilgan adsorbentlarning kompozisiyalarida parafinlarni chuqur tozalashda olingan ilmiy natijalar asosida:
mineral kislotalar eritmalarini qo‘llab gillarni mexanik-kimyoviy faollashtirish yordamida adsorbentlar olish texnologiyasi «Fargona NQIZ»da amaliyotga joriy etilgan («O‘zbekneftegaz» AJning 2020 yil 5 oktyabrdagi 04-24-13-son ma’lumotnomasi). Natijada, maxalliy gil minerallardan sorbsion faolligi yuqori adsorbentlar olindi va ularni faollashtirish jarayonini 2–3soatga qisqartirish imkonini bergan;
serezin va parafin aralashmasini gil adsorbentlarida tozalash texnologiyasi «Fargona NQIZ»da amaliyotga joriy etilgan («O‘zbekneftegaz» AJning 2020 yil 5 oktyabrdagi 04-24-13-son ma’lumotnomasi). Natijada, oziq ovqat sanoati va tibbiyotda qo‘llaniladigan yuqori tozalikka ega bo‘lgan parafin olish imkonini bergan;
parafinlarni ishlab chiqilgan adsorbentlar kompozisiyasi bilan tozalash texnologiyasi «Fargona NQIZ»da amaliyotga joriy etilgan («O‘zbekneftegaz» AJning 2020 yil 5 oktyabrdagi 04-24-13-son ma’lumotnomasi). Natijada, chet eldan keltirilayotgan qimmatbaho adsorbent o‘rniga maxalliy xom ashyolar asosida olingan arzon adsorbentlar kompozisiyasidan foydalanib, yuqori tozalikka ega bo‘lgan parafinlar olish imkonini bergan.