Bozorova Nayima Xudoyberdievnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Polimerlarni metall atsetatlari yordamida fizik-mexanik xossalarini modifikatsiyalash», 02.00.14 – Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/T1722.
Ilmiy rahbar: Turaev Erkin Rustamovich, texnika fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.16/30.12.2019.T.87.01.
Rasmiy opponentlar: Nurqulov Fayzulla Nurmo‘minovich, texnika fanlari doktori; Ataxanov Abdumutolib Abdupatto o‘g‘li, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tarkibida metallorganik birikmalar tutgan modifikatsiyalangan polimer kompozit materiallarni yaratish va olinish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
metall birikmalari bilan ishlov berilgan, turli tabiatli modifikatorlar polimerlarga qo‘shilganda ularning mexanik va fizik-kimyoviy hossalari yaxshilanishi isbotlangan;
turli xil metall birikmali modifikatorlar va polimerlarni (polietilen, polipropilen, poliamid), suyuq fazada aralashtirish usuli yordamida, mikro va nano kompozit materiallar olishning texnologik usullari ishlab chiqilgan;
mahalliy polimerlarga 1,0; 3,0; 5,0 % li metall birikmali reaksion faol modifikator (metall atsetatlar) bilan ishlov berilganda, olingan nanokompozitlarning issiq bardoshliligi polietilen bilan 12°S, polipropilen bilan esa 10°S ko‘tarilishi aniqlangan;
mahalliy polimerlar va metallatsetat modifikatorlar asosida yaratilgan kompozitlar chetdan keltirilayotganlar modifikatsiyalangan polimer materiallar o‘rnini bosishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Polimerlarni metall atsetatlari yordamida fizik-mexanik xossalarini modifikatsiyalash texnologiyasini yaratish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
turli metal atsetatlari yordamida modifikatsiyalangan polietilen va polipropilen olish texnologiyasi «INNOVATIVE CHEMICAL TECHNOLOGIYES» va «POLYMER PIGMENTS» MChJ korxonalarida mustahkam polimer buyumlar ishlab chiqarishda joriy qilingan («O’zkimyosanoat» AJning 2020 yil 21-iyuldagi 24-3125-son ma’lumotnomasi). Natijada, polimerga qo‘llanilgan modifikatorlar asosida ishlab chiqarilgan polimer mahsulotlarining mustahkamligini va issiqbardoshliligini oshirish imkonini bergan;
ishlab chiqilgan texnologiya bo‘yicha modifikatsiyalangan polietilen va polipropilenlardan «WOOD POLYMER» MChJ va «RUNO PLASTIK» MChJ korxonalarida termik barqaror polimer buyumlar olishda joriy qilingan («O’zkimyosanoat» AJning 2020 yil 21-iyuldagi 24-3125-son ma’lumotnomasi). Natijada, olingan modifikatorlardan foydalanib yangi turdagi modifikatsiyalangan termik barqaror polimerlar buyumlar olish imkonini bergan.