Axmedova Ozoda Baxronovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Poli(met)akrilatlar asosida dizel` yoqilg‘ilari uchun depressor-dispergirlovchi prisadkalar olish texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.08 – Neft` va gaz kimyosi va texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/T629.
Ilmiy rahbar: Fozilov Sadriddin Fayzullaevich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti, PhD.03/30.12.2019.T.101.01.
Rasmiy opponentlar: Ikromov Abduvaxob, texnika fanlari doktori, professor; Saydaxmedov Shamshiddinxuja Muxtorovich, texnika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat konchilik instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mahalliy xomashyo poli(met)akrilatlar hamda quyi molekulali polietilen asosida dizel` yoqilg‘ilari uchun depressor-dispergirlovchi prisadkalar olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
«ShGKM» quyi molekulali polietilen suyuq chiqindisini fraksion va kimyoviy tarkibi aniqlangan;
yuqori alkilmetakrilatlar sintez qilinib, ularning gomopolimerlanishiga turli omillar ta’siri va monomerlarni faollik darajasi LMA→PMA→OMA bo‘yicha ekanligi aniqlangan;
benztiazoltionilmetakrilat va sterilmetakrilat asosida depressor-dispegirlovchi prisadka xossalarni namoyon qiladigan sopolimerlar sintez qilingan;
polimetakrilatli prisadkalarning dizel` yoqilg‘isi qotish haroratini (-40 °S gacha), fil`trlash harorati quyi chegarasini (-20 °S gacha) kamaytirishi aniqlangan;
dizel` yoqilg‘isining quyi harorat xossalarini davlat standarti talablari darajasida yaxshilashdagi qo‘shiladigan prisadka miqdori (0,1 %) hamda loyqalanish holatiga ta’sir etmagan holatda qotish haroratini -12 °C dan -24 °S gacha, fil`trlash quyi harorat chegarasini -7 °S dan -18 °S gacha tushirishi aniqlangan;
ilk bor mahalliy xomashyolar polimetakrilatlar va quyi molekulali polietilen sopolimerlari asosida dizel` yoqilg‘isi uchun depressor-dispergirlovchi va moylovchi xossali prisadkalar olish texnologik sxemasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ishlab chiqilgan depressor-dispergirlovchi prisadkalarni qo‘llash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
sintez qilingan poli(met)akrilatli depressor-dispergirlovchi prisadkalar «Buxoro neftni qayta ishlash zavodi» MChJda dizel` yoqilg‘isini qotish va fil`trlanish xossalarini yaxshilashda joriy etilgan (“O‘zbekneftgaz” AJning 2020 yil 15 noyabrdagi 03-17-5/99-son ma’lumotnomasi). Natijada, dizel` yoqilg‘ilari uchun chet eldan valyuta hisobiga olib keltiriladigan depressor-dispergirlovchi prisadkalarni mahalliylariga almashtirish imkonini bergan;
mahalliy xomashyolar asosida ishlab chiqarilgan depressor-dispergirlovchi prisadkalar «Buxoro neftni qayta ishlash zavodi» MChJda ishlab chiqarishga joriy etilgan («Buxoro neftni qayta ishlash zavodi» MChJning 2020 yil 27 noyabrdagi 37-37/4225-son ma’lumotnomasi). Natijada, dizel` yoqilg‘ilari uchun chet eldan valyuta hisobiga olib keltiriladigan depressor-dispergirlovchi prisadkalarni mahalliylariga almashtirish hamda mahsulot tannarxini pasaytirib, iqtisodiy samaradorlikni yaxshilash imkonini bergan.