Qayumov Abdurasul Shonazarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Gorizontal neft` va gaz quduqlarini samarali yuvish nazariyasini ishlab chiqish», 04.00.11 – Quduqlarni burg‘ilash va o‘zlashtirish texnologiyasi (texnika fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/T267. 
Ilmiy rahbar: Shakirov Anvar Adilovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.03/05.06.2020.T.03.06.
Rasmiy opponentlar: Raximov Akbarxodja Komilovich, texnika fanlari doktori, professor; Nurmatov Usan Daurovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent. 
Yetakchi tashkilot: «O‘zbekneftgaz» AJ.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: gorizontal quduq stvolida bir jinsli bo‘lmagan (geterogen) muhitlar qonuniyatini aniqlash va maydalangan tog‘ jinslarini samarali transportirovka qilishning nazariy asosini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
model qurilmaning gorizontal qismidagi halqa bo‘shlig‘ida ko‘p fazali eritmaning oqimi va shlam gidrotransportining ilmiy va amaliy muammolari echimlari ishlab chiqilgan; 
gorizontal quduqlarni burg‘ilash jarayonida burg‘ilash eritmalari oqimining xarakteri va tog‘ jinslari tuzilishining gidrodinamik qonuniyatlari aniqlangan; 
aralashma oqim nazariyasi asosida aylanadigan quvurda qattiq zarrachalarning cho‘kmagan holatdagi oqim rejimi aniqlangan;
hisoblash yo‘li bilan yuvuvchi suyuqlik sarfi va halqasimon kanalning ko‘ndalang kesim yuzasi nisbatining  o‘zgarishida kanal bo‘ylab shlamlarni  samarali tashish  aniqlangan;
tog‘ jinsi zarrachasini burg‘ilovchi kuchning vujudga kelishi natijasida tog‘ jinsi bilan burg‘i tutash yuzasida hosil bo‘ladigan shlam qatlami qalinligini yuvish suyuqligi va fil`tratning reologik xususiyatlarini o‘zgartirish orqali kamaytirish mumkinligi aniqlangan;
qattiq muhitlar mexanikasi nazariyasi asosida tortishish kuchini inobatga olgan holda qattiq zarrachaning muallaq holatdagi kritik tezligi aniqlangan;
gorizontal quduqlarni burg‘ilashda gilli eritmaning texnologik xususiyatlariga gidrofob stabilizator reagenti va polimer kompozisiyalarning ta’siri aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Gorizontal neft va gaz quduqlarini samarali yuvishning nazariyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Gorizontal quduqlarni samarali yuvish jarayoni “Buxoroneftgazparmalash” AJning Janubiy Kemachi konini №156G qudug‘ida amaliyotga joriy etilgan («O‘zbekneftgaz» AJning 2020 yil 20 oktyabrdagi 24-3-127-son ma’lumotnomasi). Natijada, burg‘ilangan tog‘ jinsi zarrachalarining gorizontal quduq tubida cho‘kishi kamayganligi, burg‘ilash eritmasining gidrodinamik va fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlarinioshirish hamda gorizontal quduqlarni qurish jarayonining texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini 8÷10% ga oshirish imkonini bergan;
quduqlarni burg‘ilashdagi sirkulyasiya jarayonida eritmaning aniqlangan gidrodinamik parametr ko‘rsatkichlari “Qashqadaryoparmalash ishlari”AJning Sherkent konini №14 qudug‘ida amaliyotga joriy etilgan («O‘zbekneftgaz» AJning 2020 yil 20 oktyabrdagi 24-3-127-son ma’lumotnomasi). Natijada, eritmaning qovushqoqligi va siljishning statik kuchlanishi (2 marta) kamayganligi, gidrodinamik burg‘ilash tezligi oshganligini asoslash imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish