Xudayarov Oybek Odilovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tijorat banklarida balansdan tashqari operatsiyalarni takomillashtirish», 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/Iqt529.
Ilmiy rahbar: Oblamurodov Narzulla Naimovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Jumaev Nodir Xosiyatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Karaliev Sherbek Turaboevich, iqtisodiyot fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tijorat banklarida balansdan tashqari operatsiyalarni takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
to‘lovga layoqatli mijozlarning to‘lov majburiyatlari yuzasidan eksport qilinadigan tovarlar sifatiga va import qilinadigan tovarlar uchun to‘loviga beriladigan kafolatlar hajmini oshirish asoslangan;
tijorat banklari tomonidan mijozlarning to‘lov majburiyatlari uchun ochiladigan akkreditivlarning umumiy hajmida, hujjatlashtirilgan akkreditivlarning salmog‘ini ko‘paytirish orqali akkreditivlar qamrovini kengaytirish taklif etilgan;
daromad keltiradigan balansdan tashqari operatsiyalarning valyuta opsioni va f’yuchers turlari hajmini oshirish asosida tijorat banklarining foizsiz daromadlari hajmini ko‘paytirish asoslangan;
muddati o‘tgan kreditlarning yo‘l qo‘yish mumkin bo‘lgan chegaraviy darajaga kelgan qismini tijorat banklarining balansidan chiqarish orqali kredit portfelining sifat ko‘rsatkichi oshirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
tijorat banklarida balansdan tashqari operatsiyalarni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
to‘lovga layoqatli mijozlarning to‘lov majburiyatlari yuzasidan eksport qilinadigan tovarlar sifatiga va import qilinadigan tovarlar uchun to‘loviga beriladigan kafolatlar hajmini oshirish taklifi AT “Aloqabank”ning 2018 yil uchun “Biznes-rejasi mijozlar bazasini shakllantirish” bo‘limida foydalanilgan (AT “Aloqabank”ning 2019 yil 11 noyabrdagi 10-09/5321-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni qo‘llash natijasida AT “Aloqabank” mijozlarining to‘lov majburiyatlari yuzasidan beriladigan kafolatlar hajmi 2018 yilda 2017 yilga nisbatan 3,6 foizga oshishiga erishilgan;
tijorat banklari tomonidan mijozlarning to‘lov majburiyatlari uchun ochiladigan akkreditivlarning umumiy hajmida hujjatlashtirilgan akkreditivlarning salmog‘ini ko‘paytirish orqali akkreditivlar qamrovini kengaytirish taklifi AT “Aloqabank”ning Bank nazoratlari bo‘yicha hisobotlarining 0126BS-shakl 1-ilovasida o‘z aksini topgan (AT “Aloqabank”ning 2019 yil 11 noyabrdagi 10-09/5321-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni amaliyotga joriy etish natijasida AT “Aloqabank” tomonidan ochilgan akkreditivlar umumiy hajmi 2018 yilda 2017 yilga nisbatan 6,8 martaga oshishi ta’minlangan; daromad keltiradigan balansdan tashqari operatsiyalarning valyuta opsioni va f’yuchers turlari xajmini oshirish asosida tijorat banklarining foizsiz daromadlari hajmini ko‘paytirish taklifi AT “Aloqabank” “Bank nazoratlari bo‘yicha hisobotlarining 0204IS-shakl 1-ilovasini shakllantirishda foydalanilgan (AT “Aloqabank”ning 2019 yil 11 noyabrdagi 10-09/5321-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni amalga oshirish natijasida AT “Aloqabank”ning balansdan tashqari operatsiyalar bo‘yicha foizsiz daromadlari 2018 yilda 2017 yilga nisbatan 15,7 foizga oshgan;
muddati o‘tgan kreditlarning yo‘l qo‘yish mumkin bo‘lgan chegaraviy darajaga kelgan qismini tijorat banklarining balansidan chiqarish orqali kredit portfelining sifat ko‘rsatkichini oshirish taklifi AT “Aloqabank”ining 2018 yilga mo‘ljallangan “Kredit siyosati”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (AT “Aloqabank”ning 2019 yil 11 noyabrdagi 10-09/5321-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni amaliyotga joriy etish natijasida AT “Aloqabank”da hisobdan chiqarilgan kreditlarni boshqa ko‘zda tutilmagan holatlarining umumiy hajmidagi salmog‘i 2018 yilda 2017 yilga nisbatan 0,2 foizga o‘zgarishiga erishilgan.