Xazratkulova Lola Narmuminovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekiston Respublikasida byudjetlararo munosabatlarni takomillashtirish», 08.00.07 - Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Iqt725.
Ilmiy rahbar: Usmanov Anvar Saidmaxmudovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Toshmuradova Buvsara Egamovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Xamidulin Mixail Borisovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Byudjet-soliq tadqiqotlari instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston Respublikasi mahalliy byudjetlarining moliyaviy bazasi holatini tahlil qilish asosida byudjetlararo munosabatlar tizimini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mahalliy byudjetning tadbirkorlik faoliyati, byudjet xavfsizligi, moliyaviy mustaqillik va barqarorlik darajasini ifodalovchi ko‘rsatkichlarni kompleks baholash asosida hududiy byudjetlararo munosabatlar monitoringi takomillashtirilgan;
hududlarning real byudjet holatini baholashda miqdoriy ko‘rsatkichlar tizimidan foydalanish orqali mahalliy byudjetlarning moliyaviy barqarorligi va xarajatlarining ustuvorligini aniqlash uslubi takomillashtirilgan;
soliq salohiyati indeksi, byudjet xarajatlari, hududning byudjet xavfsizligi darajasi va aholi jon boshiga xarajatlarni farqlashga ta’sir qiluvchi omillarni baholash asosida fiskal tenglashtirish mablag‘larini ajratishning maqsadga muvofiqligi asoslangan;
hududlar iqtisodiy rivojlanishiga byudjet ko‘rsatkichlarining ta’sir kuchini belgilovchi omillarning ko‘p omilli ekonometrik modeli asosida Namangan viloyatida 2020-2023 yillar mobaynida aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan byudjet xavfsizligini baholash bo‘yicha prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Byudjetlararo munosabatlar tizimini takomillashtirish, mahalliy byudjetlarning samaradorligi va barqarorligini oshirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
mahalliy byudjetning tadbirkorlik faoliyati, byudjet xavfsizligi, moliyaviy mustaqillik va barqarorlik darajasini ifodalovchi ko‘rsatkichlarni kompleks baholash asosida hududiy byudjetlararo munosabatlar monitoringidan O‘zbekiston Respublikasi byudjetlararo munosabatlarning samaradorligini tahlil qilish taklifidan 2020 yil 25 avgustda qabul qilingan «2020-2024 yillarda O‘zbekiston Respublikasining davlat moliyasini boshqarish tizimini takomillashtirish Strategiyasi»da belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2020 yil 26 sentyabrdagi FN 6237-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida mahalliy byudjetlarning barqarorligini oshirish va O‘zbekistonda fiskal balanslashtirish tizimini optimallashtirish uchun mo‘ljallangan mahalliy byudjetning moliyaviy holati va byudjetlararo munosabatlar tizimi samaradorligini aniqlash metodologiyasini joriy etish imkoniyati yaratilgan;
hududlarning real byudjet holatini baholashda miqdoriy ko‘rsatkichlar tizimidan foydalanish orqali mahalliy byudjetlarning moliyaviy barqarorligi va xarajatlarining ustuvorligini aniqlash uslubidan 2020 yil 25 avgustda qabul qilingan «2020-2024 yillarda O‘zbekiston Respublikasining davlat moliyasini boshqarish tizimini takomillashtirish Strategiyasi»da belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2020 yil 26 sentyabrdagi FN 6237-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida byudjet mablag‘larining maqsadli sarflanishi ustidan moliyaviy nazoratni oshirish imkoniyati paydo bo‘lgan;
soliq salohiyati indeksi, byudjet xarajatlari, hududning byudjet xavfsizligi darajasini va aholi jon boshiga xarajatlarni farqlashga ta’sir qiluvchi omillarni baholash asosida fiskal tenglashtirish mablag‘larini ajratish bo‘yicha taklifidan 2020 yil 25 avgustda qabul qilingan «2020-2024 yillarda O‘zbekiston Respublikasining davlat moliyasini boshqarish tizimini takomillashtirish Strategiyasi»da belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2020 yil 26 sentyabrdagi FN 6237-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida farqlarni kamaytirish va O‘zbekistonda byudjetlararo transfertlar tizimi samaradorligini oshirish yo‘llarini aniqlash imkoniyati paydo bo‘lgan;
byudjet ko‘rsatkichlari hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga ta’sir kuchini belgilovchi omillarni miqdoriy va sifat jihatdan baholashning qurilgan ko‘p omilli ekonometrik modeli, shuningdek, 2020-2023 yillar mobaynida Namangan viloyatida aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan byudjet xavfsizligini o‘rtacha baholash bo‘yicha prognoz ko‘rsatkichlari, aholi turmush darajasining prognoz dinamikasini ishlab chiqish va hududiy rivojlanishning maqsadli ustuvor yo‘nalishlarini belgilash taklifidan 2020 yil 25 avgustda qabul qilingan «2020-2024 yillarda O‘zbekiston Respublikasining davlat moliyasini boshqarish tizimini takomillashtirish Strategiyasi»da belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2020 yil 26 sentyabrdagi FN 6237-son ma’lumotnomasi). Ushbu prognoz ko‘rsatkichlari asosida 2020-2023 yillar uchun Namangan viloyati byudjetining byudjet parametrlari samaradorligini oshirish strategiyasi ishlab chiqilgan.