Eshniyazova Ayimxan Sheripbaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Istiqlol davri o‘zbek qissachiligi va Xurshid Do‘stmuhammad ijodining qiyosiy-tipologik tadqiqi”, 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD /Fil.394.
Ilmiy maslahatchi: Karimov Naim Fotihovich, filologiya fanlari doktori, pofessor, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va fol`klori instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va fol`klori instituti, DSc.02/30.12.2019. Fil.46.01.
Rasmiy opponentlar: Quronov Dilmurod Haydaralievich, filologiya fanlari doktori, professor; Ulug‘ov Abdulla, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Xurshid Do‘stmuhammadning qissa yaratishdagi individual uslubi va badiiy mahoratini aniqlash, syujet va kompozisiya, qahramon kabi muhim poetik komponentlardan foydalanishdagi o‘ziga xosligi hamda inson shaxsi masalalarini tadqiq etish mahorati, uning o‘zbek qissachiligi taraqqiyotida tutgan o‘rnini ilmiy asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
istiqlol davri o‘zbek qissachiligida yangi tipdagi qahramonlar, hayotiy materialni tanlash va badiiy qayta gavdalantirishning o‘ziga xos poetik usullari, badiiy tasvir hamda talqindagi individual yondashuv ko‘rsatib berilgan;
adabiy ta’sir, tipologiya, komparativistika, qiyosiy-chog‘ishtiruvning muhim komponentlari, badiiy mohiyatni yoritishdagi imkoniyatlari o‘zbek va jahon adabiyotidagi mavjud an’analar asosida dalillangan;
X.Do‘stmuhammadning qissachilikdagi badiiy-uslubiy izlanishlariga jahon yozuvchilari ijodining ta’siri hamda ijodkor qissalarining badiiy konsepsiyasidagi betakrorlik ilmiy yoritilgan;
zamonaviy qissa strukturasida syujet va kompozisiyaning inson shaxsi talqinidagi imkoniyatlari X.Do‘stmuhammad va E.A’zam asarlari chog‘ishtiruvi asosida o‘rganilib, qissalarda shaxs va jamiyat muammosi hamda bu muammoni turli badiiy rakurslarda tasvirlash imkoniyati aniqlangan;
qissalarda ramziy-majoziy tasvirning yozuvchi mahoratini belgilashda muhim badiiylik moduslaridan biri ekanligi N.Eshonqul va X.Do‘stmuhammad qissalari qiyosi asosida dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Istiqlol davri qissachiligi va qissa janridagi badiiy-uslubiy yangilanishlarni qiyosiy tahlil qilish natijalari asosida:
istiqlol davri o‘zbek qissalarini qiyosiy-tarixiy metod, qiyosiy-chog‘ishtiruv, tipologiya hamda adabiy ta’sir usullarida tahlil va tadqiq qilish natijalaridan O‘zbek tili, adabiyoti va fol`klori institutida bajarilgan FA–F1-GO40 “O‘zbek adabiyoti qiyosiy adabiyotshunoslik aspektida: tipologiya va adabiy ta’sir” (2012–2016) fundamental loyihasida foydalanilgan (Fanlar akademiyasining 2020 yil 25 iyundagi 3/1255-1310-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijaning qo‘llanilishi jahon qissalari va istiqlol davri o‘zbek qissalarini qiyosiy tekshirish imkonini bergan;
qissa janrining paydo bo‘lishi maqaddas kitob, fol`klor va yozma adabiyot bilan bog‘lanishi, janr shakllanish bosqichida “xalq kitoblari”ning o‘rni, qissachilik rivojida payg‘ambarlar haqidagi qissalarning ta’siri natijalaridan Toshkent davlat pedagogika universitetida bajarilgan A-1-118 raqamli “Navoiy obrazining tasvir va talqinlariga oid o‘quv qo‘llanmasini tayyorlash va nashr etish” (2015 – 2017) mavzusidagi amaliy tadqiqot loyihasida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 27 oktyabrdagi 89-03-4233-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijaning qo‘llanilishi zamonaviy qissalarning tasvir ob’ekti, janr spesifikatsiyasi va janr kanonlari masalalarini mumtoz qissachilik bilan aloqadorlikda tekshirish imkonini bergan;
istiqlol davri o‘zbek qissachiligi, X.Do‘stmuhammad qissalarining qiyosiy-tipologik tahliliga oid ilmiy-nazariy xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Madaniyat va ma’rifat” telekanalining “Adabiy jarayon” adabiy, ilmiy-ma’rifiy ko‘rsatuvlarida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Madaniyat va ma’rifat” telekanali davlat unitar korxonasining 2019 yil 6 sentyabrdagi 01-14/379-son ma’lumotnomasi). Natijada ko‘rsatuvlarda ko‘tarilgan adabiy masalalarning ilmiy asosi ta’minlangan;
o‘zbek adabiyotida qissa janrining genezisi, taraqqiyot bosqichlari va zamonaviy qissalarning o‘ziga xos badiiy-g‘oyaviy xususiyatlariga oid tahliliy natijalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanalining “Bedorlik” nomli eshittirishining 2019 yil 11-21 may, 2020 yil 14 yanvar` kunlarida efirga uzatilgan sonlari ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan. (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali davlat unitar korxonasining 2020 yil 21 fevraldagi 04-25-418-son ma’lumotnomasi).