Sharipov Islamjan Mamatxanovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Asoratlanish xavfi yuqori bo‘lgan bemorlar guruhida ishlab turgan yurakda aorto-koronar shuntlash amaliyotlarining natijalari»: 14.00.06 – Kardiologiya, 14.00.34 – Yurak-qon tomir xirurgiyasi (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.DSc/Tib328.
Ilmiy maslaxatchi: Kurbanov Ravshanbek Davletovich, tibbiyot fanlari doktori, professor, akademik;  Sunnatov Ravshan Djalilovich, tibbiyot fanlari doktori. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi huzuridagi DSc.04/30.12.2019.Tib.64.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Alimov Doniyor Anvarovich, tibbiyot fanlari doktori; Xubulava Gennadiy Grigor`evich, tibbiyot fanlari doktori, professor, akademik (Rossiya Federatsiyasi); Fogt Paul` Robert, tibbiyot fanlari doktori, professor (Syurix, Shveysariya).
Yetakchi tashkilot: I.I.Mechnikov nomidagi shimoli-g‘arbiy davlat tibbiyot universiteti (Sankt-Peterburg, Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: yuqori xavfga ega bemorlarda ishlab turgan yurakda sun’iy qon aylanishisiz aorto-koronar shuntlash amaliyotlari natijalarini yaxshilash va bu turdagi jarrohlik aralashuvlariga ko‘rsatmalar hamda qarshi ko‘rsatmalarni optimallashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekistonda birinchi marta "Transit time" tamoyili bo‘yicha intraoperatsion ultratovushli oqim floumetriyasi usuli yordamida ishlab turgan yurakda AKSh amalitlarida yaratilgan yangi shuntlar qon oqimining miqdoriy va sifat xususiyatlari  aniqlangan;
jarrohlik xavfi yuqori bo‘lgan bemorlarda (shu jumladan, chap koronar arteriya ildizi shikastlangan, past chap qorincha qisqaruvchanligi, yuqori darajadagi qorincha aritmiyasi va boshqalar) ishlab turgan yurakda AKSh amaliyotlarining asoratlar va gospital letallik prediktorlari aniklangan;
AKSh amaliyotini o‘tkazadigan barcha bemorlarda 1 sutkalik Xolter EKG monitoringi yordamida ushbu bemorlarning aritmik profili aniqlandi, aritmiyalarning chastotasi va tuzilishi aniklangan;
jarrohlik paytida yangi yaratilgan shuntlarning "Transit time" prinsipi asosida intraoperatsion ultratovush floumetriya yordamida tekshirish orqali kompozision va sekvensial shuntlardan foydalanishning xavfsizligi va samaradorligi, shuningdek, "aorta-no-touch" texnikasi yordamida total arterial revaskulyarizatsiya texnikasidan foydalanish xavfsizligi va samaradorligi isbotlangan;
amiodaron bilan to‘yintiruvchi dozalarda dastlabki medikamentoz terapiyasidan so‘ng yuqori darajadagi qorincha aritmiyasi bo‘lgan bemorlarda AKSh amaliyotining xavfsizligi va samaradorligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Asoratlanish xavfi yuqori bo‘lgan bemorlarda ishlab turgan yurakda aorto-koronar shuntlash amaliyotlaring natijalarining optimallashtirishga qaratilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
«Jarrohlik xavfi yuqori bo‘lgan bemorlarda ishlab turgan yurakda aorto-koronar shuntlash» va «Jarrohlik revaskulyarizatsiyasini talab qiladigan yurak ishemik kasalligi bo‘lgan bemorlarda xatarlarni tabaqalash metodikasi» uslubiy tavsiyanomalar tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 27 noyabrdagi     8n-z/168-son ma’lumotnomasi). Taklif etilgan uslubiy tavsiyanomalarning joriy etilishi jarrohlik xavfi yuqori bo‘lgan, urayotgan yurakka koronar arteriya shunti payvand qilinadigan bemorlarning perioperativ boshqaruvini optimallashtirishga yordam bergan. 
Jarroxlik xavfi yukori bulgan YuIK bor bemorlarda klinik-angiografik prediktorlarini baxolash va ularni perioperativ davrda olib borishning optimallashtirish buyicha olingan tadkikot natijalari, soglikni saklash amaliyotiga, jumladan Respublika Ixtisoslashtirilgan Kardiologiya Ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Namangan, Jizzax va Qarshi filiallari va Toshkent viloyati kardiologik dispanseri amaliyotiga tatbiq qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 27 noyabrdagi     8n-z/168-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning amaliyotga tatbiq qilinishi YuIK bor bemorlarda jarrohlik intensiv terapiya bo‘limida sun’iy shamollatish vaqtini, qon yo‘qotish va plazma va qon quyish hajmini kamaytirish, asoratlar darajasi va kasalxonada o‘lim darajasini pasaytirish, bemorlarning kasalxonada va reabilitatsiya davrini qisqartirish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish