Chakkanova Mexruza Bobirovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Dissirkulyator ensefalopatiya fonida o‘tkir sensonevral eshitish zaifligi bilan bemorlarni davolashni takomillashtirish», 14.00.04 – Otorinolaringologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/Tib1067
Ilmiy rahbar: Maxkamova Nigora Ergashevna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat stomatologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat stomatologiya instituti DSc04/30.12.2019.Tib.59.01.
Rasmiy opponentlar: Grigor`eva Alla Aleksandrovna tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi); Arifov Sayfiddin Saidazimovich tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Ozarbayjon tibbiy universitet (Ozarbayjon)
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: o‘tkir sensonevral eshitish zaifligini dissirkulyator ensefalopatiya fonida kechishini klinik, audiologik va gemodinamik ko‘rsatkichlarni taxlil etish asosida bemorlarni majmuaviy davolashni muvofiqlashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
serebral gemodinamika buzilishi bilan namoyon bo‘lgan O‘SNEZda eshitish faoliyatining buzilishi, serebral gemodinamikaning buzilish darajasi va qon tomir patologiyasining davomiyligi o‘rtasida ishonchli korrelyasion bog‘liqlik mavjud ekanligi aniqlangan;
DE fonida O‘SNEZ bilan kasallangan bemorlarda ensefalopatiya bosqichiga qarab chiziqli qon oqimi tezligining pasayishi, venoz diskirkulyasiya darajasi va stenotik jarayonlar bilan ifodalangan engil va o‘rta darajali gemodinamik buzilishlar aniqlangan;
DE fonida O‘SNEZ bo‘lgan bemorlarda gemostaz parametrlarini o‘rganish asosida trombotsitlar agregatsiyasi vaqtining pasayishi aniqlangan;
MMSE va Spilberger-Xanin anketalaridan foydalanish dissirkulyator ensefalopatiya fonida rivojlangan O‘SNEZga chalingan bemorlarning psixoemotsional holati aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘tkir sensonevral eshitish zaifligini tashhislash va kompleks davolashning samaradorligini baholash bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalari asosida:
«O‘tkir sensonevral eshitish zaifligi bilan bemorlarni davolashni optimallashtirish» nomli uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 18 oktyabr` 8n-r/419-son ma’lumotnomasi). Bu uslubiy tavsiyanoma dissirkulyator ensefalopatiya fonida O‘SNEZni davolash samaradorligini oshirish imkonini bergan;
«O‘tkir sensonevral eshitish zaifligi bilan og‘rigan bemorlarda braxiotsefal arteriyalarni funksional baholash» nomli uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 18 oktyabr` 8n-r/420-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma dissirkulyator ensefalopatiya fonida O‘SNEZni kompleks tashhislash hamda bosh va bo‘yin magistral tomirlarining holatini baholash imkonini bergan;
Dissirkulyator ensefalopatiya fonida O‘SNEZni kompleks davolash samaradorligini oshirishga qaratilgan ilmiy natijalari va ilmiy asoslangan ishlanmalar Samarqand tibbiyot instituti 1-klinikasi va Toshkent tibbiyot akademiyasining 2-klinikasi otorinolaringologiya bo‘limlari amaliyotiga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 5 noyabrdagi 8n-d/255-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalar o‘tkir sensonevral eshitish zaifligi diagnostikasi va davolashni optimallashtirishga, asoratlar sonini kamaytirishga va statsionar davolanish muddatini qisqartirish imkonini bergan.