Abdurahimov Ahror Anvarovichning

doktorlik dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Paxta moyi missellasini rafinatsiyalash jarayonini elektrofizik jadallashtirishning ilmiy-texnikaviy asoslarini takomillashtirish», 02.00.17–Qishloq xo‘jalik va oziq-ovqat mahsulotlariga ishlov berish, saqlash hamda qayta ishlash texnologiyalari va biotexnologiyalari (texnika fanlari).

Talabgorning ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat olib borishga layoqati bo‘yicha test sinovidan o‘tgani haqida ma’lumot: /katta ilmiy xodim-izlanuvchi/.

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 18.11.2015/B2015.3-4.T555.

Ilmiy maslahatchi: Qodirov Yo‘ldoshxon Qodirovich, texnika fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti, 14.07.2016.T.08.01.

Rasmiy opponentlar: Qurbonov Jamshed Majidovich, texnika fanlari doktori, professor; Maxsumov Abduxamid Gafurovich, kimyo fanlari doktori, professor; Isabaev Ismoil Babadjonovich, texnika fanlari doktori, dotsent.

Yetakchi tashkilot: «Toshkent yog‘-moy kombinati» AJ

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: paxta moyi missellasini gidratatsiyalash va ishqoriy rafinatsiyalash texnologiyalarini elektrofizik jadallashtirishni ilmiy-texnikaviy asoslarini takomillashtirishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

gidratatsiyalash usuli bilan paxta moyi missellasidan fosfolipid cho‘kmasini ajratib olish natijasida, neytrallash jarayonida rafinatsiyalangan moyda sirt-faol moddalar, fosfolipidlar (lesitin, kefalin va boshqalar) miqdorini kamayishi aniqlangan.

paxta moyi missellasini gidratatsiyalash jarayonini jadallashtirish uchun 0,5–0,6 Tl 10–15 daqiqa elektromagnit ta’sirida ishlov berish etarli ekanligi isbotlangan;

elektromagnit ta’sir ettirish bilan bir qatorda paxta moyi missellasini ishqoriy neytrallash jarayonida ishlatiladigan an’anaviy natriy gidroksid eritmasi o‘rniga natriy silikat suvli eritmasini qo‘llash afzalligi aniqlangan;

paxta moyi missellasini silikat natriy eritmasi bilan rafinatsiyalash jarayonida hosil bo‘ladigan polikremniy geli gossipol va uning hosilalarini samarali sorbsiyalashi va shuning hisobiga moyning qizil rangi pasayishi aniqlangan;

presslash va ekstraksiyalash usuli bilan olinadigan xom paxta moyi trigliseridlariga yo‘ldosh bo‘lgan moddalarning assotsiatsiyalarini parchalashda o‘zgaruvchan elektromagnit kuchlarining ta’siri aniqlangan;

EMTni va silikat natriy eritmasini qo‘llash orqali yuqori intensivlikdagi paxta moyini missellada gidratatsiyalash va ishqoriy rafinatsiyalash texnologiyalari yaratilgan;

sanoat-sinov tajribalarida o‘z tasdig‘ini topgan paxta moyini missellada gidratatsiyalash va ishqoriy rafinatsiyalash jarayonlarini matematik modeli va optimal shart-sharoit rejimlari ishlab chiqilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:

paxta moyi missellasini gidratatsiyalash va ishqoriy neytrallash jarayonlari «O‘zpaxtasanoateksport» xolding kompaniyasining «Urganch yog‘-moy» va «Qo‘qon yog‘-moy» aksiyadorlik jamiyatlari korxonalarida ishlab chiqarishga joriy qilingan («O‘zpaxtasanoateksport» xolding kompaniyasining 2016 yil 14 noyabrdagi VD-Yo/1447-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning yog‘-moy sanoati korxonalarida joriy qilinishi rafinatsiyalangan paxta moyi ishlab chiqarish texnologik liniyalarini takomillashtirishga, amalda qo‘llanilayotgan jarayonlarni bir necha marta jadallashtirishga, yangi import o‘rnini bosuvchi fosfolipidli sirt-faol moddalarni mahalliy xomashyo asosida ishlab chiqarishga, ajratib olinadigan soapstokda qimmatli neytral moy miqdorini va uskunalardagi energiya sarflarini kamaytirishga hamda moyni neytrallash jarayonida yangi ishqoriy reagent va elektromagnit ishlovini birgalikda qo‘llash orqali olinayotgan moy sifatini va chiqish miqdorini oshirishga imkon beradi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish