Xalilova Alie Emirasanovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bolalarda simptomatik epilepsiyaning klinik-neyroimmunologik va bioximik xususiyatlari, va davolash samaradorligini oshirish masalalari», 14.00.13 – Nevrologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 2017.2.DSc/Tib159.
Ilmiy rahbar: Madjidova Yakutxon Nabievna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti, DSc.04/30.12.2019.Tib.31.01
Rasmiy opponentlar: Chutko Leonid Semenovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Shamansurov Shaanvar Shamuradovich, tibbiyot fanlari doktori, professor, Kilichev Ibodulla Abdullaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: X.A.Yassaviy nomli qozoq-turk xalqaro universtiteti (Qozog‘iston)
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: bolalarda simptomatik epilepsiyada klinik-neyroimmunologik, biokimyoviy va neyrofiziologik o‘zgarishlar xususiyatlarini aniqlash hamda tashhislash va davolash algoritmini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
simptomatik epilepsiyaning chastotasi va strukturasini uning etiologik omillari, klinik xususiyatlari va kechishiga bog‘liqligi aniqlangan;
ilk bor bolalarda simptomatik epilepsiyaning neyroimmunologik xususiyatlari sitokin profiliga (IL-1β, IL-2, IL-6 va o‘sma nekrozi faktori) bog‘liq holda baxolangan;
simptomatik epilepsiya bilan og‘rigan bolalarda IL-2 regulyativ sitokin miqdorining pasayishi barqaror epileptogenez va farmakorezistentlikning shakllanishiga ta’sir qiluvchi autoimmun jarayonning rivojlanishiga ta’siri aniqlangan;
bolaning rivojlanish bosqichlarining buzilishi va mikrostrukturali epilepsiya bilan og‘rigan bolalar guruhidagi epileptik hurujlarning chastotasi, og‘irligi va turlari bilan kognitiv o‘zgarishlarning o‘zaro bog‘liqligi aniqlangan;
simptomatik epilepsiya bilan og‘rigan bolalarda spesifik bo‘lmagan yallig‘lanish uchun javob beruvchi biokimyoviy parametr (NSE) darajasi bilan epileptik hurujlarning chastotasi orasida bevosita korrelyasion bog‘liqlik isbotlangan;
bolalarda simptomatik epilepsiya diagnostikasi va davolash ketma-ketligi optimallashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Simptomatik epilepsiyani tashhislash va davolashni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Paroksizmal holatlarni aniqlashning davo-diagnostik algoritmi» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 22 iyuldagi 8n-d/181-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma Paroksizmal holatlarni olib borish va davolash taktikasini optimallashtirish, tutqanoq xurujlar chastotasini va asoratlarini kamaytirish, remissiya davrini uzaytirish imkonini bergan;
«Bolalarda simptomatik epilepsiyani davosini optimallashtirish» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 22 iyuldagi 8n-d/181-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma Paroksizmal holatlarni olib borish va davolash taktikasini optimallashtirish, tutqanoq xurujlar chastotasini va asoratlarini kamaytirish, remissiya davrini uzaytirish imkonini bergan;
simptomatik epilepsiyani tashhislash va davolashni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash tizimiga, jumladan Buxoro, Namangan va Qashqadaryo viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlari amaliyotiga, hamda MChJ «Medlook medical center» davolash-diagnostika muassasasi amaliyotiga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 25 noyabrdagi 8n-z/160-son ma’lumotnomasi). Olingan tadqiqot natijalarining klinik amaliyotga joriy etilishi tutqanoq tashxisini aniqlashtirish va tezlashtirishga, diffirensiyalangan yondashuv xisobiga o‘tkaziladigan terapiya samaradorligini oshirishga, differensial va personalizatsiyalangan terapiyani takomillashtirishga imkon bergan.