Xadjimusaeva Nilufar Nematovna 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Orzigul» dostonining statistik, semantik-stilistik va lingvopoetik tadqiqi». 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.4.PhD/Fil361.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jizzax davlat pedagogika instituti.
Ilmiy rahbar: Karimov Suyun Amirovich, filologiya fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Jizzax davlat pedagogika instituti, PhD.03/04.06.2020.Fil.113.02.
Rasmiy opponentlar: Abdiev Murodqosim Bolbekovich, filologiya fanlari doktori, professor; Jo‘raeva Bibish Muhsinovna, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: «Orzigul» dostoni tilining fonetik, leksik,  grammatik birliklarini lingvostatistik, lingvostilistik va lingvopoetik nuqtai nazardan ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
«Orzigul» dostonidagi o‘z va o‘zlashma qatlam tavsifiy, qiyosiy-tarixiy tahlil usullari asosida aniqlangan; matnning fonetik, leksik, semantik-stilistik xususiyatlari ochib berilgan;
«Orzigul» dostonidagi til birliklarining qo‘llanish miqdori, troplar tizimi, poetik sintaksisi va stilistik formulalari o‘rganilgan;
so‘zlashuv nutqiga xos lingvistik va ekstralingvistik mezonlarning doston tiliga ta’siri, adabiy til me’yorlaridan chekinish holatlari lisoniy dalillar asosida yoritilgan;
Islom shoir Nazar o‘g‘lining poetik individualligi,  doston kuylash va tildan foydalanishdagi mahorati ilmiy asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
«Orzigul» dostonining statistik, semantik-stilistik va lingvopoetik tadqiqi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tadqiqotda asbob-anjom nomlari  (ayil,  bellik,  terlik,  uzangi,  quyushqon),  uy  va  yovvoyi hayvonlar  nomlari  (ayiq,  bo‘ri,  yo‘lbars,  tulki,  fil,  qashqir,  qulon), o‘zbek  adabiy  tiliga  ayrim fonetik, ma’noviy  o‘zgarishlar  bilan  kirgan  guno (gunoh),  jelvagay (elvagay), kamar (charm  belbog‘;  chuqur-o‘yiq  joy),  haykal (bezak  buyumi),  toziyona (qamchi),  jig‘a,  sachoq,  po‘pak kabi so‘zlar bilan bog‘liq tahlillardan hamda tuzilgan  alfavitli,  chastotali  lug‘atlardan  FA – F1 –  G 041  raqamli  «O‘zbek  tili leksikasi  va  terminologiyasining  mustaqillik  davri  taraqqiyotini tadqiq etish» mavzusidagi fundamental loyihada  foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 9 sentyabrdagi 89-03-3177-son ma’lumotnomasi, Fanlar akademiyasining 2020 yil 11 noyabrdagi 3/1255-2455-son ma’lumotnomasi). Natijada loyihadagi ayrim zoonimlar,  dialektizmlarning  leksikografik  izohlari mukammallashgan; 
«Orzigul»  dostoni tilining lug‘ati», «Islom shoirning «Orzigul» dostonining lisoniy tadqiqi» nomli kitoblarda ilgari surilgan ilmiy qarashlar va xulosalardan «O‘zbek xalq ijodi yodgorliklari» 100 jildligining yigirma to‘qqizinchi jildiga kirgan «Hasanxon», «Chambil qamali»,  «Go‘ro‘g‘li va Arab rayhon»,  «Go‘ro‘g‘li va Hasanxon»,  «Hasanxon» (Rahmatulla Yusuf o‘g‘li varianti), «Chambilga besh podshoning yov bo‘lib kelishi» dostonlarini nashrga tayyorlashda, bu dostonlardagi tarixiy so‘zlar, dialektizm hamda etnografizmlar ma’nosini izohlashda, ilmiy izohlar yozishda OT– F1–76 raqamli «O‘zbek  xalq ijodi yodgorliklari» 100 jildligini nashrga tayyorlash va uni tekstologik o‘rganish masalalari (36-65-jildlar) mavzusidagi fundamental loyihada  foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 9 sentyabrdagi 89-03-3177-son ma’lumotnomasi, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2020 yil 11 noyabrdagi 3/1255-2455-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha matnidagi tushunilishi qiyin tarixiy so‘z va dialektizmlarning leksikografik izohlarini boyitgan;
ko‘z, bosh, yurak, qon, aql, ko‘ngil uzvli iboralarning uslubiy ma’nolarini izohlashda MUZ-2015-0725140051 raqamli «Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari nutqini boyitishda inglizcha-ruscha-o‘zbekcha frazemalar lug‘atini yaratish va amaliyotga tatbiq etish» mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 9 sentyabrdagi 89-03-3177-son ma’lumotnomasi). Natijada inglizcha-ruscha-o‘zbekcha frazemalar lug‘atidagi so‘zliklarning o‘zbek tilidagi leksikografik izohlari mukammallashgan, lug‘at yangi illyustrativ misollar bilan kengaygan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish