Fayzullaeva Rayhon Abdullaevna
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Muhammad Rasul Mirzo va uning adabiy merosi”, 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/Fil 286.
Ilmiy rahbar: Shodmonov Nafas Namozovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Fil.70.01.
Rasmiy opponentlar: Jo‘raqulov Uzoq Haydarovich, filologiya fanlari doktori;  Alimuxamedov Rixsitilla Abdurashidovich, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Muhammad Rasul Mirzo ijodining o‘zbek mumtoz adabiyoti taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi hamda adabiy merosining g‘oyaviy-badiiy, poetik jihatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zbek adabiyotida Muhammad Rasul Mirzoning tarjimonlik, xattotlik, musiqashunoslik va shoirlik faoliyatlari bilan shug‘ullangan yuksak salohiyatli adabiy siymo bo‘lgani isbotlangan;
shoirning XIX asrning ikkinchi yarmi  XX asr boshlaridagi Xorazm adabiy muhitida tutgan yuksak mavqei “Devoni Mirzo” va “Marg‘ubu-n-nozirin” devonlari talqinlari asosida ochib berilgan;
Muhammad Rasul Mirzo ijodida mumtoz she’riyatga xos aruz vazni bilan bir qatorda xalq og‘zaki ijodi, xususan, Xorazm dostonchiligi ta’siridagi barmoq vaznida ham ijod qilgani aniqlangan;
shoir she’riyati tili va uslubi mumtoz an’analarning hamda badiiy tafakkurning g‘oyaviy-badiiy jihatdan yangilanishida muhim ijodiy tajribalardan biri bo‘lgani ilmiy dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Muhammad Rasul Mirzo va uning adabiy merosi tadqiqi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
shoirning XIX asrning ikkinchi yarmi  XX asr boshlaridagi Xorazm adabiy muhitida tutgan mavqeini belgilashda “Devoni Mirzo” va “Marg‘ubu-n-nozirin”devonlari talqinlari haqidagi ilmiy natijalaridan OF-F8-027 raqamli “Qo‘lyozma manbalarning milliy, ma’naviy va adabiy meros targ‘ibotidagi ahamiyati” mavzusidagi (2007-2011) fundamental loyihada foydalanilgan. (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil  17 iyuldagi №89-03-2579-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur manbalar milliy, ma’naviy va adabiy merosga doir ma’lumotlarning to‘ldirilishiga xizmat qilgan; 
Muhammad Rasul Mirzo devonining janriy, g‘oyaviy-badiiy xususiyatlari hamda shoirning obraz, qofiya va badiiy san’atlarni qo‘llash mahoratiga doir ilmiy ma’lumotlaridan OT-F8-002 “Hozirgi zamon sivilizatsiyasining inson ijtimoiy qiyofasiga ta’siri” (2007-2011) mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan. (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil  17 iyuldagi №89-03-2579-son ma’lumotnomasi). Natijada Muhammad Rasul Mirzo she’riyati millatning ma’naviy dunyoqarashini ochib beruvchi vosita ekanligi ilmiy jihatdan boyitilgan;
o‘zbek adabiyotida Muhammad Rasul Mirzoning tarjimonlik, xattotlik, musiqashunoslik va shoirlik faoliyatlari bilan shug‘ullangan yuksak salohiyatli adabiy siymo ekanligiga oid xulosalaridan Qashqadaryo viloyati teleradiokompaniyasi  “Oltin voha” radiosining “Ildizlar va yaproqlar” eshittirishi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (Qashqadaryo viloyati teleradiokompaniyasining 2020 yil 23 oktyabr` 854-son ma’lumotnomasi). Natijada eshittirishlar ma’rifiy va amaliy jihatdan boyigan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish