Tajiboev Botir Raximjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbek tili milliy-madaniy birliklarining assotsiativ tadqiqi”, 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Fil 789.
Ilmiy rahbar: Lutfullaeva Durdona Esonovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbek tili, adabiyoti va fol`klori instituti, DSc.02/30.12.2019.Fil.46.03.
Rasmiy opponentlar: Mamatov Abdi Eshonqulovich, filologiya fanlari doktori, professor;
Iskandarova Sharifa Madalievna, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: o‘zbek tilidagi milliy-madaniy birliklarning assotsiativ bog‘lanishini taxlil etish, ularning matn hosil qilishdagi o‘rnini belgilash va lingvistik xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zbek tilidagi milliy-madaniy semali birliklar orqali milliy ong va tafakkurning tilda namoyon bo‘lishi masalasi shharxlanib, bu tipdagi birliklarda xalq madaniyati, urf-odati va an’analari aks etishi dalillangan;
o‘zbek tilining milliy-madaniy semali birliklari ajratilib, mavzu jihatdan tasniflangan, assotsiativ tajriba materiallari asosida bunday birliklarning leksik-semantik xususiyatlari ochib berilgan;
milliy-madaniy birliklar bilan assotsiativ munosabatga kirishuvchi til birliklari aniqlangan, bu birliklarning assotsiativ aloqasini ta’minlovchi lisoniy va nolisoniy omillar aniqlangan;
milliy-madaniy birliklarning matn yaratilishidagi roli aniqlangan, ularning matnni hosil qiluvchi tayanch birliklar vazifasini bajarishi dalillangan;
milliy-madaniy birliklarning assotsiativ maydoni hosil qilinib, uning tarkibi, yadro va chegara qismlari aniqlangan, maydon birliklarining turtki so‘z bilan aloqasi va o‘zaro munosabati masalasi ochib berilgan;
“O‘zbek tili assotsiativ lug‘ati” materiallari tahlili asosida milliy-madaniy birliklar bilan assotsiativ bog‘langan til birliklarining lingvistik xususiyatlari ochib berilgan, assotsiativ lug‘atlarning tilning muayyan davrdagi holati, inson leksikoni, xotirasi imkoniyatlarini o‘rganishdagi ahamiyati yoritilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbek tili milliy-madaniy birliklarining assotsiativ tadqiqi yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida:
o‘zbek tilidagi milliy-madaniy birliklarning derivatsion xususiyatlari, matn yaratishdagi roliga doir xulosalardan FA-F1-GOOZ raqamli “Hozirgi qoraqalpoq tilida funksional so‘z yasalishi” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (O‘zRFA Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2020 yil 22 oktyabrdagi 17.01/112-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha yangi ilmiy-nazariy ma’lumotlar bilan boyitilgan;
milliy-madaniy birliklarning leksik-semantik, leksikografik xususiyatlari haqidagi nazariy qarashlardan OT-A1-018 raqamli “O‘zbek tili va uning tarjimasi bilan bog‘liq elektron va bank-moliya terminlarining ko‘p tilli lug‘atlarini yaratish” nomli amaliy loyihada foydalanilgan (O‘zR Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 25 fevraldagi 89-03-815-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha yangi ilmiy-nazariy ma’lumotlar bilan boyitilgan;
o‘zbek tilida faol qo‘llanishda bo‘lgan milliy-madaniy birliklarning semantik xususiyatlari, strukturasi haqidagi ma’lumotlardan O‘zbekiston teleradiokompaniyasida 2019-2020 yillar davomida “O‘zbekiston” kanali orqali efirga uzatilgan “Munosabat”, “Tilga e’tibor” ko‘rsatuvlarini tayyorlashda samarali foydalanilgan (O‘zbekiston teleradiokompaniya-sining 2020 yil 27 fevraldagi 01-35-458-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu teleko‘rsatuvlarning mazmuni ilmiy dalillar bilan boyitilgan.