Muratova Dildora Abdumanapovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Texnogen sivilizatsiya davrida inson ongi transformatsiyalashuvining falsafiy tahlili», 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/Fal366.
Ilmiy rahbar: Ramatov Jumaniyoz Sultanovich, falsafa fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat transport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.30.12.2019. F.01.05.
Rasmiy opponentlar: Aziz Egamberdiev Abdumalikovich falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori; Ismoil Saifnazarov Saifnazarovich falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: texnogen sivilizatsiya insonning pragmatik ehtiyojlariga javob sifatida paydo bo‘lganligini va uning jamiyat rivojiga ta’sirini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
texnogen sivilizatsiya, inson ongining transformatsiyalashuvi tushunchalari qiyosiy tahlil qilingan, umumfalsafiy va metodologik ahamiyati asoslangan;
texnogen sivilizatsiyada inson ongi transformatsiyalashuvi jarayonida kuzatilayotgan differensatsiyasi va integratsiya jarayonlarinig istiqbollari hamda ong haqidagi zamonaviy konsepsiyalar epistemologik mexanizmlari ochib berilgan;
inson ongini o‘rganish sohasidagi o‘zgarishlar sinergetik tahlili dalilangan;
inson ongi kongnitiv, evristik transformatsiyalashuvi falsafaning alohidalik, xususiylik, umumiylik kategoriyalari nuqtai nazaridan isbotlangan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Texnogen sivilizatsiya davrida inson ongi transformatsiyalashuvining falsafiy tahlili bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
texnogen sivilizatsiyaning oqibatlari yuzasidan o‘tkazilgan tadqqiqot natijalaridan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 20170930369 raqamli “Globallashuv sharoitida tinchlik va barqarorlikka tahdid soluvchi g‘oyaviy, mafkuraviy va axborot xurujlariga qarshi kurashishning zamonaviy mexanizm va texnologiyalarini yaratish” amaliy loyihasida foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2020 yil 5 martdagi 02/022-238-son ma’lumotnomasi). Natijalar yoshlar uchun tinchlik va barqarorlikka tahdid soluvchi turli g‘oyaviy, mafkuraviy va axborot xurujlariga qarshi zamonaviy yondashuvlar va texnologiyalar yaratishga xizmat qilgan;
texnogen sivilizatsiya davrida inson ongida turli xil o‘zgarishlar sodir bo‘lishi, uning jamiyat taraqqiyotiga ta’siri borasidagi xulosalardan ijtimoiy-falsafa yo‘nalishida “Falsafa” va “Temir yo‘l transportida fuqaro muhofazasi” nomli o‘quv qo‘llanma yaratishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 2 martdagi 89-03-914-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijacbda, texnogen sivilizatsiya va inson ongining transformatsiyalashuvi tushunchalariga doir umumfalsafiy va metodoligik tavsiyalar o‘quv qo‘llanmaning nazariy metodologik asoslar bilan boyitishga xizmat qilgan;
tadqiqot ishida ilgari surilgan texnogen sivilizatsiya davrida inson ongi transformatsiyalashuvida yuz beradigan ijtimoiy o‘zgarishlarga moslashuvchanlik va ratsional harakatlarni amalga oshirish bo‘yicha berilgan taklif va tavsiyalardan “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatining dasturlari va “Yo‘l xaritasi” va uni rivojlantirish bo‘yicha yo‘riqnomalarida aks etgan. (“O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatining 2020 yil 20 fevraldagi 01/749-20-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijasida, temir yo‘l tizimida ko‘plab yosh mutaxassislarni innovatsion texnologiyalardan foydalanishga jalb qilish faolligini oshirishga xizmat qilgan;
global taraqqiyotning mamlakatimiz ijtimoiy-madaniy va ma’naviy hayotiga ta’siri kabi masalalarga doir fikr-mulohazalar O‘zbekiston teleradiokampaniyasining “Munavvar soatlar” va “Bolalar davrasida” turkum ko‘rsatuvlar ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Mahalla” radiokanalining 2020 yil 9 martdagi 04/107-son ma’lumotnomasi). Natijada yoshlardagi texnika va texnologiyalardan foydalanishga doir ilmiy-ommabop ko‘rsatuvlar mazmuni boyitishga erishilgan.